Tashqi kuch ta’sirida jismning fazoda o‘z o‘rnini uzluksiz o‘zgartirishi mexanik harakat deb ataladi. Mexanik harakat fazo, vaqt, harakatlanuvchi jism, muhit va jismga beriladigan kuch yoki tezlikga bog‘liq. Jismning harakati boshqa biror jismga nisbatan belgilanadi. Mexanikada mexanik harakat qaysi jismga nisbatan tekshirilsa, koordinatalar sistemasi shu jism bilan bog‘lanadi.
Bir harakatning o‘zi turli jismlarga nisbatan qaralsa, turlicha bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Shuning uchun jismning harakatini tasvirlashda, ya’ni uning vaziyatining o‘zgarishini ko‘rsatishda, berilgan jismning harakati qaysi jismga yoki jismlar sistemasiga nisbatan qaralayotgan bo‘lsa, o‘sha jism yoki jismlar sistemasi sanoq sistemasi deb ataladi.
Y
Z
erda jismlarning harakatini tekshirganda sanoq sistemasi qilib odatda Yer yoki Yerga nisbatan harakatsiz bo‘lgan turli jismlar olinadi. Sanoq sistemasi qilib olingan jismga biror koordinatalar sistemasi bog‘lanadi va bunga nisbatan jismlar harakati o‘rganiladi. Odatda to‘g‘ri burchakli Dekart koordinatalar sistemasi qo‘llaniladi (1-rasm). Bu holda jism turgan A nuqtaning vaqtning istalgan paytidagi vaziyati XYZ koordinatalar bilan aniqlanadi.
A
Z
I II
F12
F21
X
Y
1-rasm. 2-rasm.
Olimlarning bir necha avlodini olamning Nyuton mexanikasi asosida tuzilgan manzarasi o‘zining ulug‘vorligi va to‘laqonliligi bilan hayratga solib keladi. Nyutonning fikriga ko‘ra, butun olam “qattiq, og‘ir, ichiga hech narsa singib kira olmaydigan, harakatchan zarralardan” iboratdir. Bu “birlamchi zarralar absolyut qattiq: ular o‘zlari tashkil qilgan jismlarga qaraganda haddan tashqari qattiq, shunchalik qattiqki, ular hech vaqt yeyilmaydi, mayda bo‘laklarga bo‘linib ketmaydi”. Ular asosan bir-birlaridan miqdoriy jihatdan, o‘zlarining massalari bilan farq qiladi. Olamning butun boyligi, sifat jihatidan turli-tumanligi – bu zarralar harakatidagi farqning natijasidir. Zarralarning ichki mohiyati e’tibordan chetda qoladi.
Olamning bunday yagona manzarasiga jismlarning Nyuton tomonidan kashf etilgan harakat qonunlarining umumiy harakteri asos bo‘ldi. Bu qonunlarga ulkan osmon jismlari ham, shamol uchirib yuboradigan kichik qum zarralari ham bo‘ysunadi. Hatto shamolning o‘zi ham shu qonunlarga bo‘ysunadi. Uzoq vaqt davomida olimlar Nyuton mexanikasining qonunlari tabiatning yagona asosiy qonunlari ekanligiga zarracha ham shubha qilmagan edilar. Masalan, fransuz olimi Lagranj “Nyutondan baxtliroq inson yo‘q; axir, olamning manzarasini yaratish bir insonga bir martagina nasib etadi-da”, deb hisoblar edi.
Klassik mexanikada jism mexanik harakat tizimining umumiy qonunlari I.Nyuton tomonidan ta’riflangan. Mexanik harakatning birinchi qonuni inersiya qonuni hisoblanadi va uni quyidagicha ta’riflandi:
Agar biror jismga boshqa jismlar yoki tashqi kuch ta’sir etmasa, u o‘zining nisbiy tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi. Nyutonning birinchi qonunini matematik nuqtai nazardan quyidagicha yozish mumkin:
bo‘lsa,
yoki bo‘ladi (1)
Jismlar o‘zlarining tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini saqlash qobiliyatiga inersiya (lotincha “qotib qolishlik”, “harakatsizlik” demakdir) deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |