Zamonaviy ta’lim-tarbiya texnologiyalarini rivojlantirish – zamon talabi. Norova Mohitobon Fayzulloevna Nemis va fransuz tillari kafedrasi o’qituvchisi, bdu umarqulova Barchinoy Sherali qizi


"o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi"



Yüklə 26,05 Kb.
səhifə2/2
tarix05.06.2023
ölçüsü26,05 Kb.
#124895
1   2
М.Norova

"o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi. Chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiyadan foydalangan holda ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi. Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish tajribasini ifodalaydi va "o’qituvchi - pedagogik jarayon o’quvchi (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Alohida qayt etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim texnologiyasi tushunchasiga 300 dan ortiq ta’riflar berilgan. Yuqorida qayd etilganidek, o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogik texnologiya nazariyasiga asos solindi, ammo aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan olimlar o’rtasida turlicha yondashuvlar va dunyoqarashlar mavjud. Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflab, asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratish kerakligini tushuntirib o’tadi. Pedagogik olim N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Norova M.F. Connotative meanings in phonetic variants of verbal root-stems (as an example of the English and Uzbek languages) // Research & Development. EPRA International Online Journal. – India, 2020. – №10(5). – P. 358-362. (Impact Factor SJIF 7.001).

  2. Норова Р.Ф. Problem solving in teaching foreign languages , Достижения науки и образования. №6 (47), ISSN 2413-2071, Москва, 2019.

  3. Норова Р.Ф. Современные методы активизации обучения. Достижения науки и образования. №5 (27), ISSN 2413-2071, Москва, 2018.

  4. Норова Р.Ф. Forming pedagogical innovation components in educational process. Достижения науки и образования. №5 (27), ISSN 2413-2071, Москва, 2018.

  5. 4. Норова Р.Ф., Зарипова Ш. Современные информационно-коммуникационные технологии в обучении. Достижения науки и образования. №5 (27), ISSN 2413-2071, Москва, 2018.

Yüklə 26,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin