Ishning maqsadi: Talabalarga modulli o'qitish usuli to`g`risida tushunchalar berish
Talaba seminar mashg`uloti davomida quyudagilarni o`rganadi: «Modulli o'qitish" termini xalqaro tushuncha — modul bilan bog'liq bo'lib. uning bitta ma'nosi - faoliyat ko'rsata oladigan, o'zaro chambarchas bog'liq elementlardan iborat bo'lgan tugunni bildiradi. Bu ma'noda u, modulli o'qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.
Modulfanining fundamental tushunchalari malum hodisa, qonun, bo'lim, ma'lumbir yirik mavzu yoki o'zaro bog'liq tushunchalarguruhini o'z ichiga oiadi.
Modul -bu o'quv materialining mantiqan tugallangan birligi bo'lib, o'quv fanining bir yoki bir necha fundamental tushunchalarini o'rganishga qaratilgandir.
Har bir modul ma'ruza mashg'ulotlari va shu bilan bog'liq boigan amaliy (seminar), laboratoriya mashg'ulotlaridan iborat bo'ladi.
Modulli o'qitishda, o'quv dasturlarini toia, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali o'qitish imkoniyati yaratiladi. Ya'ni, o'qitishm individuallashtirish mumkin bo'ladi.
Modulli o'qitish - o'qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u Talabalaming bilim olish imkoniyatlarini va ijodiy qobiiiyatlarini rivojlantirish tizimiga moslashgandir.
Modulli о 'qitish, kasbiy ta 'limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatini yaratadi.
Modul — faoliyat asosida o'qitish usulmi maqbullashtirish va tizimlash, dasturlarni o'zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta'minlaydi;
o'qitishni individuallashtirish;
amaliy faoliyatga o'rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida o'qitish samaradorligini nazorat qilish;
kasbga qiziqtirish asosida, faoliashtirish, mustaqillik va o'qitish imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarish.