Zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatish davr talabi



Yüklə 14,88 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü14,88 Kb.
#184925
Maqola Mirqurbonova M


Zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat
ko‘rsatish - davr talabi.
Asrlar davomida kutubxona bilimlarni egallash uchun asosiy makon bo‘lib kelgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi halq birinchi navbatda o‘zining intelektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti kitob va kutubxonalardir” degan edi. Davlatimiz rahbarining ana shu fikrlari isboti sifatida bugun mamlakatimizda foydalanuvchilarga Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish ishlari izchil ravishda rivojlanib kelmoqda.
Xozirgi kunda Qo‘qon Davlat Pedogogika institutning Axborot-resurs markazi zamon talablari darajasida jihozlangan bo‘lib, umumiy kitob fondi 39781 nomda 155191 nusxadan iborat. 2023 - yil davomida Axborot-resurs markazining fondi 486 nomda 4678 nusxadagi yangi adabiyotlar bilan ta’minlandi. Jami foydalanuvchilar soni: 7233 ta, shundan bakalavr: 6703 ta, Magistrantlar: 40 ta, O‘qituvchilar: 410 ta, Xodimlar 80 tani tashkil etadi. Axborot-resurs markazi o‘quv zallari 380 o‘rinni tashkil etadi. Jami qatnov 8365 tani tashkil etadi.
Axborot-resurs markazida 1 dona smart doska, 22 dona xodimlar uchun kompyiter; 80 dona xodimlar uchun kompyiter, 6 dona ko‘zi ojiz zaif ko‘ruvchilar uchun kompyuter, 1 dona ovoz yozuvchi maxsus kompyuter, 1 dona ma’lumotlarni saqlovchi va tarqatuvchi server, 4 dona zamonaviy CZUR raqamli skaner, 1 dona M-2170 EPSON raqamli skaneri va 4 dona WIFI qurilmalari internet tarmog‘iga ulangan barchasi ishchi holatda.
Yil davomida foydalanuvchilarni Axborot resurs markaziga jalb etish, kitob mutolaasini kuchaytirish maqsadida o‘zbek adiblaridan Abdulla Qodiriy, Toxir Malik, O‘tkir Xoshimov, P.Qodirovlarning asarlari yuzasidan ”Men sevgan asar”, ”Men sevgan yozuvchi”, “Bestseller asarlar sizlar uchun” ruknlari ostida adabiyotlarning ko‘rik ko‘rgazmasi namoyish etildi. Qabul qilish va to‘ldirish bo‘limiga 160 nomda 2064 nusxada kitoblar qabul qilindi.
Foydalanuvchilarga zamon talablari darajasida xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida 2023 yil Avgust oyida 2 dona telivizor, 2 dona INFOKIOSKA bilan ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim tizimiga Elektron kutubxona platformasini joriy etish va doimiy faoliyatini ta’minlash to‘g‘risida”gi 2022 - yil 13-iyuldagi 225 - sonli bo‘yrug‘iga asosan unilibrary. platformasiga elektron kitoblardan badiiy adabiyotlar: - 17500 ta, maqolalar: 87 ta, dissertasiyalar: - 163, ta monografiyalar: 601 ta kitoblar joylashtirildi. Elektron kutbxonaning elektron bazasi 59072 tani tashkil etadi. 373 nushadagi kitob skaner qilindi. Mustaqillik bayramining 32-yilligiga bag‘ishlab “Mustaqillik oliy ne’mat”, “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya - Yangi O‘zbekistonni barpo etishning huquqiy poydevori” nomli mavzularda burchaklar tashkil etdilar. Institutning 1-kurs talabalarini Axborot-resurs markaziga jalb etish va kitobxonlikka da’vat etish maqsadida guruh tuyoterlari bilan hamkorlikda ekskursiyalar uyshtirdilar. Ekskursiya davomida talabalarga Axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari va mavjud resurslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Hozirgi kunda ARMning 1,2,3-TTJ va Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakultetida kichik kutubxonalar faoliyat yiritmoqda. Hozirgi kunda ARMda zamon talablari darajasida foydalanuvchilarga xizmat qilish, xodimlar malakasini oshirib borish va ularni masofadan turib o‘qitish jarayonlari tashkil etilmoqda.

Mirqurbonova Movluda Mamatqulovna.


Oliy ma’lumotli kutubxonachi bibliograf.
Yüklə 14,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin