Zamonaviy tilshunoslikda lingvopoetika tadqiqi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 80,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix16.12.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#182200
1   2   3   4   5   6   7   8
zamonaviy-tilshunoslikda-lingvopoetika-tadqiqi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
464 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
Tilning turli qirralarini uzviy tarzda birlashtirib, uni yaxlit bir butunlik, bir 
sistema sifatida o`rganuvchi tilshunoslik asrimizning 20-yillarida shakllandi va 
sistem-struktur tilshunoslik nomi bilan mashhur bo`ldi. Shuni aytib o`tish kerakki, 
Ferdinant de Sossyur asos solgan XX asr sistem tilshunosligi bag`rida o`nlab yangi 
lingvistik oqim va maktablar vujudga keldi, ularda ulkan zamonaviy yutuqlar qo`lga 
kiritildi. 
Til ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida doimo qisqalik va osonlikka intiladi. 
Inson uchun qanday talaffuz qilish to’g’riligidan ko’ra, ko’proq qanday talaffuz qilish 
qulay va osonligi muhimroq. Tildagi fonetik va leksik so’zlarni qo’llash bir qancha 
osonlikni va ravonlikni ta’minlaydi.
Badiiy asarning bosh unsuri so’z, umuman, til ekan, ana shu asarning chinakam 
san’at darajasiga ko’tara olishida uning tili, muallifning til vositalarini qay darajada 
qo’llay olishi asosiy omildir. Adabiyotimizda iz qoldirgan har bir ijodkor asarlarining 
tilini o’rganish, birinchidan, adibning mahoratini o’rganish, shu bilan birga, tilimiz 
rivojiga uning asarlari tili ta’sirini, tadqiqotning esa tilshunosligimiz taraqqiyotiga 
qay darajada ta’sir ko’rsatayotganligini belgilash ehtiyojidan kelib chiqadi.
Tabiiyki, badiiy asarni lingvopoetik tahlil qilishning bir qator tamoyillari 
mavjud. Badiiy matn lingvopoetikasi muammosini o’zbek tili materiallari asosida 
mufassal tadqiq etgan M.Yo’ldoshev lingvopoetik tahlilning quyidagi asosiy 
tamoyillarini ko’rsatadi: 1) shakl va mazmun birligi asosida yondashuv; 2) makon va 
zamon birligidan kelib chiqish; 3) umumxalq tili va adabiy til munosbati asosida 
baholash; 4) badiiy matnga badiiy-estetik yaxlitlik sifatida yondashuv; 5) badiiy 
matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash; 6) badiiy matndagi eksplitsitlik 
va 
implitsitlik 
nisbatini 
aniqlash; 
7) 
badiiy 
matndagi 
intertekstuallik 
mexanizmlarining lisoniy va semantik xususiyatlarini aniqlash. Tadqiqotchi 
―lingvopoetik tahlilda badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash 
muhim tamoyillardan‖ ekanligini alohida ta’kidlaydi, chunki ―bunday vositalarning 
lingvistik va badiiy mohiyatini ochib berish orqali badiiy mazmunning shakllanishi 
va ifodalanishi mexanizmlarini aniq tasavvur qilish mumkin. Chindan ham, badiiy 
matnning estetik qimmatini bevosita belgilash va baholashda ayni shu tamoyil qulay 
va boshqa tamoyillar asosida ish ko’rishda ham zamin vazifasini bajarishi mumkin. 
Buning ustiga, mazkur tamoyil asosida lisoniy badiiyatni tasavvur qila olish 
boshlovchi tahlilchiga ham og’irlik tug’dirmaydi, chunki tahlilga tortiladigan ob’ekt 
matndagi konkret til birliklaridir.
Albatta, badiiy mazmunning ifodalanishida tilning fonetik-fonologik, morfemik, 
leksik, morfologik, sintaktik va hatto supersintaktik kabi barcha sathi birliklari 
ishtirok etadi. Ammo ta’kidlash joizki, bu birliklarning, hech bir istisnosiz, hammasi 



Yüklə 80,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin