Zamonaviy tilshunoslikda lingvopoetika tadqiqi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 80,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix16.12.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#182200
1   2   3   4   5   6   7   8
zamonaviy-tilshunoslikda-lingvopoetika-tadqiqi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
465 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
ham ijodkorning badiiy niyatiga bevosita va bir xilda xizmat qilmaydi. Ijodkor 
tomonidan uning mahorati darajasiga ko’ra yaratilgan muayyan qulay badiiy kontekst 
qurshovida mazkur birliklarning ayrimlari alohida badiiy-estetik ta’kid oladi.
Lingvopoetik tahlilning tamalida ayni shu tamoyil, ya’ni poetik aktuallashgan – 
poetik mazmun bilan yukungan til birliklarini aniqlash va ularni tegishli tarzda 
baholash tamoyili turmog’i maqsadga muvofiqdir. Bunday tahlil ijodkorning 
tilimizning tuganmas boyligi imkoniyatlaridan foydalanishdagi mahoratini ko’rsatish 
barobarida badiiy niyat xizmatidagi birliklarning butun mohiyatini ochishga, xolis 
baholashga ko’maklashadi. Ayniqsa, bunday tahlil ulkan so’z san’atkorlarining 
asarlari asosida olib borilsa, badiiy til mahoratidagi ibratli jihatlar baralla namoyon 
bo’ladi.
Yirik adabiyotshunos olim B.Sarimsoqov yozganiday: ―Badiiylik — 
san’atning, jumladan, so’z san’atining asosiy, doimiy xususiyati. Juda qadim 
zamonlardan buyon hozirga qadar ko’plab olimlar badiiylikni xilma-xil talqinlar, 
ta’rifu — tavsiflar etib kelishadi. Ammo biron-bir olim badiiylik haqidagi mening 
talqinim to’g’ri, deb da’vo qila olmaydi. Chunki san’atning qoni va joni bo’lmish bu 
hodisaning sir-sinoatlari beadad bo’lib, ular bir davr adabiyotida, uning turli yunalish 
va oqimlarida, har bir milliy adabiyot va uning ayricha olingan namoyandasida o’ziga 
xos tarzda, o’ziga xos miqyos va darajada namoyon bo’ladi. Badiiylikning barcha 
zamonlar va ijodkorlar uchun mos keladigan andozalari ta’rifu talqinlari yo’q, 
bo’lishi ham mumkin emas. Qolaversa, badiiylikni har bir shaxs o’z dunyoqarashi
g’oyaviy-estetik tamoyillari, missiy olami va bilim doirasida idrok etadi va tushunadi. 
Ammo bu degani — badiylik hodisasini o’rganishning umuman foydasi yo’k, degani 
emas. Aksincha, har bir san’at turida badiiylikning namoyon bo’lishi, miqyosi va 
darajalarini bevosita o’sha soha mutaxassislari tomonidan muntazam o’rganilib 
borishi zarur.
Badiiy asarning lingvopoetik tahlili tilning nazariy tomonlari, ijtimoiy 
funktsiyalari va inson ma’naviyatining in’ikosi ekanini bir butun holda tasavvur 
etishimizga imkon yaratadi. Chunki lingvopoetika o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra 
filologiya sohasi tarmoqlarini o’zida mujassamlashtirishga, uning bir butunligini 
ta’minlashga qaratilgandir. Lingvopoetik tahlil jarayoni faqat yozuvchining tili va 
uslubi haqida ma’lumot berish bilan chegaralanmaydi, balki asar yaratilgan davr 
tilining o’ziga xosligi, yozuvchining so’z boyligi. til vositalarining ifodalanish 
usullari, badiiy tasvir vositalarining til faktlari vositasida aks ettirilishi, umuman, tilni 
uning barcha sathlari yuzasidan tahlil qilishdan iborat bo’ladi.
O’zbek tilshunosligida «lingvopoetika» atamasi hali o’z o’rnini topmagan 
paytlarda ham masalaga aloqador juda ko’p ilmiy ishlar qilingan, lekin ularning 



Yüklə 80,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin