Darsning maqsad va vazifalari
a)Ta`limiy: o’quvchilarda yordamchi so’zlar haqida bilimlarini shakllantirish.
b)Tarbiyaviy: o’quvchilarni bilim olishlari uchun hukumatimiz tomonidan yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, Prezidentimizning bolalarga g’amxo’rligi, bilim olish barcha insonlar uchun zarurligi haqida tarbiyalash;
v)Rivojlantiruvchi: o’quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash va til hodisalarini qiyoslash asosida nazariy xulosalar chiqarish ko’nikmasini, og’zaki va yozma nutq malakasini rivojlantirish.
|
Ta`limiy savol: 1.Yordamchi so’zlar deganda nimani tushunasiz?
2. Yordamchi so’zlarning qanday turlari bor?
Tarbiyaviy savol: Yurtimizda hukumatimiz tomonidan sizlarning bilim olishlaringiz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?
Rivojlantiruvchi savol: Yordamchi so’zlarning turlari haqida nimalarni bilasiz?
|
Kutilayotgan natija
|
Dars yakunida o`quvchi biladi (Bilim) yordamchi so’zlar va uning turlari komakchi, bog’lovchi, yuklama haqidabilimlarni egallashi
|
Qaysi savollar beriladi:
1.Yordamchi so’zlar deb qanday so’zlarga aytiladi?
|
Dars yakunida o`quvchi tushunadi (Ko`nikma)O’quvchilar yordamchi so’zlar va uning turlari haqida o’z fikrlarini bildira olishlari kerak.
|
Qaysi savollar beriladi:
Umumlashtiruvchi so’z vazifasida qaysi so’z turkumidagi so’zlar kela oladi?
|
Dars yakunida o`quvchi bajara oladi (Malaka)O’quvchilar yordamchi so’zlarning mustaqil so’zlardan farqini va ko’makchi, bog’lovchi, yuklama haqidagi tushunchalarni egallashi, ta’riflab bera olishlari kerak..
|
|