II guruh
KO‘NGIL (Cho’lpon)
Ko’ngil, sen munchalar nega Haqorat dilni og’ritmas,
Kishanlar birla do’stlashding? Tubanlik mangu ketmasmi?
Na faryoding, na doding bor, Kishanlar parchalanmasmi?
Nechun sen muncha sustlashding? Qilichlar endi sinmasmi?
II guruh
. Salom berib sekingina poygakka tushib o'tirdim.
- Xo'sh?! - Shunday o'zim, sizni sog'inib, bir ko'rib kelay deb kelgan edim.
- Yaxshi, yaxshi, barakalla, juda ham quruq kelmagandursan, biror ishing bordur, xo'sh, nimaga kclding?
Shu paytda boyga xizmatkor yurishda qo'ygan shartim esimga tushib qoldi. «Shart qilgan yolg'onni endi gapirmasang, qachon gapirasan», dedim-da, gap boshladim:
- Anavi, haligi, dandon sopli pichog'ingiz sinib qolib edi. shuning xabarini bergani keldim.
Ana shu so'zdan keyin menga «innaykeyin» savoli yog'ila boshladi.
- Xo'sh, innaykeyin, qanday qilib sindi? Ro'zg'orda mening pichog'imdan boshqa pichoq qurib ketgan ekanmi?
-Tozi itingizning terisini shilayotgan edim, suyakka tegib sinib qoldi.
- Iyya?! - dedi boy. - Tozining terisini mening dandon sopli picho-g'imda shilasanlarmi, o'zing ayt-chi, nimaga shildilaring?
- Shoshib qoldik-da, o'lib qolgandan keyin, bekor ketmasin deb terisini shilib oldik.
-Nima qilib o'ldi?
- Harom o'lgan otning go'shtini ko'p yeb qo'ygan ekan, bo'kib o'ldi.
- Harom o'lgan ot go'shti qayoqda ekan?
- Ha, o'zimizning to'riq qashqaning go'shtini yeb o'ldi-da, begona ot emas.
157-mashq
Polvonning qo’li kuch bilan o’ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi. 2. Mehmonlar osh-suv taraddudiga yo’l qo’yolmasdan, sut-qatiq bilan quruq choy ichib, darhol o’tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar.
Savol-javob
V. Darsga yakun
Guruhlarni baholash.
Uyga vazifa: 158-mashq
Dostları ilə paylaş: |