Zanjabil o’simligining”covid-19”bilan zararlanganda foydalanish. Hasanboyeva Nafisaxon Abdullojonovna



Yüklə 287,62 Kb.
səhifə2/2
tarix19.02.2023
ölçüsü287,62 Kb.
#84929
1   2
MAQOLAM COVID

Uning shifobaxshlik xislatlari.
COVID-19 davrida, zanjabil, sarimsoq piyoz, rezavorlar, sut va sut mahsulotlari, dengiz o'simliklari, sabzavotlar, tuxum va dengiz baliq asosiy manba hisoblanadi.Virusli kasalliklar, jumladan, gripp va koronavirus kasalliklarida oshqozon ferment ishlab chiqarishining buzilishi va ko'p hollarda oshqozon-ichak tizimi ish faoliyati izdan chiqishi kuzatiladi.Bunday paytda hazmi oson va tarkibida barcha kerakli moddalar bo'lgan mahsulotlarni iste'mol qilish tavsiya etiladi. Bu esa o'z navbatida organizmdagi yo'qotishlar o'rnini qoplash va metabolik kasalliklar kelib chiqishining oldini olishdagi yagona yo'ldir.
Zanjabil — sarimsoq piyozdan farqli o'laroq yoqimli hidga ega bo'lgan zanjabil, tarkibida askorbin kislotasi, B6, A vitaminlari, rux, yod , kaliy, magniy, mis, kaltsiy oksidilari mavjud bo’lib inson jismi kundalik ehtiyojining 3 %ini qondiradi.tabiiy antibiotiklar va zamburug'larga qarshi elementlarning ko'pligi tufayli sarimsoq bilan birga qo'llaniladi.Zanjabilning faol moddasi — gingerol — yallig'lanish va surunkali og'riqni sezilarli darajada engillashtiradi. Shuningdek, zanjabil tanani deyarli barcha turdagi toksinlardan tozalashga yordam berishi ma'lum.Balg'am hamda me'daning ichki devoriga yopishgan quyuq rutubatlarni titib, tarqatib yuboradi. Tanadan hayvonlar zahrini haydaydi, chanqash balg'am ko'payishidan xosil bo'lgan bo'lsa, uni bartaraf etadi. Zanjabilni iste'mol qilgan kishining yodlash qobiliyati kuchayadi. Shuningdek, me'da, jigar, ichaklar va taloq kabi hazm a'zolari quvvatini ham oshirib, jinsiy quvvatni mustahkamlaydi.
Zanjabilni navvot va kundur elmi bilan iste'mol qilinsa, ho'l meva eyish paytida gazandalar chaqishidan o'tgan zaharni daf etadi.
Tovuq tuxumini sarig'i bilan birga eyilsa, magniyni ko'paytiradi va uning quyuqligini isloh qiladi.Quruq zanjabilni mayin tuyib, surmaga o'xshatib ko'zga tortilsa, ko'zga tushgan va uni xiralashtiradigan pardani, shuningdek, ko'zdagi qizil go'sht va qora hollarni yo'qotadi.
Zanjabilni og'izga solib so'rilsa, me'dada balg'am yig'ilishi oqibatida hosil bo'lgan tashnalikni bartaraf etadi. Agar uni tuyib bog'lansa, a'zolarni mustahkamlaydi. Zanjabil ildizining hamma qismida efir moyi bor. Qurigan ildizi xushbo'y hidli va mazali bo'lib, efir moyiga boy. Maydalanmagan zanjabilning xushbo'y hidi maydalanganiga nisbatan uzoq saqlanadi. Abu Ali ibn Sino zanjabilning xosiyatlari xususida to'xtalib, uning dilni xursand qiluvchi va unga quvvat berishini, qusishni to'xtatishini, ich ketishini qoldirishni aytib o'tgan.Zanjabilning tuyib elaklangan talqoni tabobatda jigar, yurak, me'da xastaligini davolashda ishlatilgan (choynakda asal bilan aralashtirib ichiladi).
. Miya qon aylanishini yaxshilashga yordam berib, xotiraga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
. Tomirlarni mustahkamlab, ularni egiluvchan qiladi.
.Qonni suyultiruvchiadi va xolesterin miqdorini kamaytiruvchi komponentlar saqlaydi.
. Et yoki pay cho`zilishlarida og’riqni kamaytirishga yordam beradi, revmatizmda tavsiya etiladi.
.Qalqonsimon bez ishini me`yorlashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
. Potentsiyani kuchayishiga ta’sir qilib, bepushtlikda ham tavsiya etiadi. .Bachadon tonusini va jinsiy moyillikni kuchaytiradi.. Shuningdek, terining holati yaxshilanadi, yuz terisining rangi tiniqlashadi
.Zanjabil ekstrakti asal bilan qollash usuli:1 sashe-paket 100ml qaynatilgan issiq yoki sovuq suvda eritilib ichiladi. Kuniga 2-3 mahal ichish tavsiya qilinadi.Shamollashda Zanjabil ekstrakti asal bilan qaynatilgan issiq suvda suyultirilib, kuniga 2-3 marotaba ichiladi.Sog`lom turmush tarzi kechiruvchilar va shamollash belgilarini oldini olish uchun Zanjabil ekstraktini kunning qulay vaqtida ichishlari mumkin.
Parhezdagilar uchun bir kunda bir nechta sashe-paket qo‘llaniladi: har bir taom iste’mol qilishdan 20-30 daqiqa oldin va ovqat o`rniga.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va nojo‘ya ta’sirlari:
Belgilangan me’yorlarga rioya etilsa hech qanday nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan. Homiladorlik va emizikli davrda, shuningdek zanjabil ekstraktining komponentlariga individual yuqori.

Yüklə 287,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin