Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron Zardusht izdoshlari jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat boʻlib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni oʻz ichiga oladi. A.da bayon etilgan gʻoyalarga koʻra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorugʻlik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik Xudosi Ahuramazda yer, oʻsimlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi toʻxtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa oʻzgarishlar qaysi kuchning gʻalaba qilishiga bogʻliq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning oʻzaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron boʻlgan abadiy yorugʻlik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron boʻlgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga koʻra, birinchi inson Govamard (hoʻkiz-odam; forscha Qayumars) boʻlib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda oʻlim boʻlmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima gʻururga berilib, man etilgan sigir goʻshtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh koʻtaradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qoʻrgʻon (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) oʻrtasidagi kurash davri boʻlgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda gʻalaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror boʻladi, oʻlganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" Muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topadi. Zardusht izdoshlarining ibodat oldidan aytiladigan niyati, soʻzlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. oʻzbek, umuman Oʻrta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam toʻgʻrisidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini oʻrganishda muhim va yagona manba.
Oʻzbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700-yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999-yil noyabr). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan oʻrnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000-yil 29-mart), "Avesto"ning 2700-yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga koʻra 2001-yilning oktabr oyida Oʻzbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirlari oʻtkaziladi.
"Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oraligʻida, mana shu zaminda umrgoʻzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Karimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39–40-betlar).