Zargarlik san‘ati tarixi, uning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 18,54 Kb.
səhifə4/8
tarix24.10.2023
ölçüsü18,54 Kb.
#160493
1   2   3   4   5   6   7   8
Zargarlik san‘ati tarixi, uning rivojlanish bosqichlari-fayllar.org

XIII—XIV asrlargacha zargarlik buyumlarida ko’pincha hayvonlar tasvirlangan bo’lsa, keyinchalik esa arab yozuvlari kompozisiyaga kirib o’ziga xos ko’rinish berdi. Bu yozuvlar bir tomondan naqsh bezagi va ikkinchi tomondan ma’no jihatdan farqlanar edi. XVIII asrda O’rta Osiyodagi o’zaro ichki urushlar zargarlik san’atining rivojlanishiga salbiy ta’sir etdi. Keyinchalik xonliklar paydo bo’lishi bilan zargarlik yanada rivojlana boshladi. XVIII asrda mo’g’ul bosqinchilaridan so’ng birinchi marta oltin tangalar ishlab chiqarila boshlandi. Zargarlik buyumlari oltindan, kumushdan va boshqalardan ishlandi. Qurolaslahalar ajoyib qimmatbaho toshlar, shisha, billur, oltin va boshqalar bilan bezatildi. Zargarlar juda yumshoq va yorqin bo’lmagan nefrit va kumushdan, juda yorqin oltin va nefrit kabilarni ishlatdilar.

XIX asr va XX asr boshlarida O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida badiiy hunarmandchilik ..rivojlandi, shular qatori zargarlik ham tez sur’atlar bilan rivojlandi. Ko’pgina shaharlarda masalan, Xiva, Buxoro, Qo’qon, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Toshkent, Andijon, Urgench, Nurota, Kitob, Chuyet, Asaka, G’ijduvon, Marg’ilon va boshqa joylarda usta zargarlar bo’lib, ular maxsus mahallamahalla bo’lib yashaganlar. Shuning uchun zargar (zargaron) mahalla deb yuritilgan. Xivada 1860 yilda 1 2 ta va XX asrning boshlarida Buxoroda 400 tacha, Toshkent da esa 100 dan ortiq, Samarqandda 1893 yili 20 dan ortiq zargarlar do’koni bo’lgan^Usha vaqtda katta shuhrat qozongan zargar ustalardan Qo’sonda usta Maxmud, usta Omon hoji, M. Raximov, X. Najmiddinov, Namanganda ugtd Siyoz Oxun, Andijonda usta Oybergan, X. Otaboyev, Toshkentda S. Bobojonov, Oxun Bobojonov, usta Samig’iddin, A. Shoislomov, usta Mirxalil, Urgenchda M. Abdullayev, Samarqandda X. Yuldoshev, I. Kolimboyev, V. Hafizov vy boshqalar bor edi. Sovet hokimiyati yillarida xalq amaliy badiiy san’atining barcha turlari singari zargarlik san’atida ham umumiy uslubga xos buyumlar ishlab chiqarish ko’paydi. Ulug’ Oktyabr inqilobidan so’ng zargarlik artellari tashkil etilib ular birlashtirildi.


Yüklə 18,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin