Zargarlik san‘ati tarixi, uning rivojlanish bosqichlari-fayllar.org
ZARGARLIK BUYuMLARINI TAYERLASh TEXNOLOGIYaSI
ZARGARLIK BUYuMLARINI TAYERLASh TEXNOLOGIYaSI
Zargarlik ishi ancha nozik va murakkab. Zargarlikda kumush, tilla, mis, qalay, jez va boshqalar asosiy xom ashyo hisoblanadi, Avvalombor zargarlik buyumini yasash uchun xom ashyo eritiladi va quyib olinadi. Uni goh qizdirib, goh sovutib ishlanadi. Zargarlar o’choq va bir ikki qasqonli damningbosma maklida ishlashadi. Kumush yoki tillani bo’taga solib, ustidan bir chimdim tanakkor sepib, qo’raga qo’yiladi. Dahandam bilan o’tni puflab bo’tadagi ma’dan eritiladi. Eritilgan metallni rejjaga qo’yib qotiriladi. Qotgan metall sandonda xoyis bolg’a bilan bolg’alanadi^Cho’zilgan metallni g’adirbudurlari durusht egov bilan qolgan izlari mayin egov bilan, undan so’ng qirg’i bilan ketkaziladi, silliqlab yaltiratiladi. Tayyorlanayotgan buyum tekislab bo’lingandan so’ng, o’tga qo’yib dam beriladi va tovlanadi. Tovlangan metall yapaloq yoki chorsi ombir bilan qisib sandonga olinadi. Shundan so’ng tayyorlanayotgan masalan, bilaguzuk korcho’p asbobida urib egiladi. Uni egovlab chizib bilaguzuk ko’rinishiga keltiriladi. Bilaguzuk kirini ketkazib, pardoz beriladi. Uni qora kislotada tozalanadi. Zargarlik buyumlarini o’yma va qolipi usulda yasaydilar.
Ularni turli qimmatbaho toshlar: marjon, shisha, sadaf va boshqalar o’rnatib bezatiladiu Hozir Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo’qon va boshqa zamonaviy zargarlik fabrikalarida ba’zi bir og’ir qo’l mehnatlarini avtomatlar bajaradi. Umuman aytganda mehnat boshqacha prinsipda bo’lingan bo’lib, bezak ashyolarining xillarini alohidaalox,ida ustalar yasaydilar. Shu jarayonlar ham sex a’zolariga taqsimlab berilgan. Bezak buyumlarini tayyorlash ham birmuncha mexanizasiyalashgan.