Zarmed universiteti



Yüklə 123,11 Kb.
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü123,11 Kb.
#114083
  1   2
2 mavzu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ZARMED UNIVERSITETI
SIRTQI TA`LIM FAKULTETI
4-14 MTS-22 GURUH TALABASI
Atoyeva Shaxlo
BADIIY TAFAKKURNI O’STIRISH ASOSLARI” FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI

MAVZU: MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA QAYTA HIKOYA QILISHNI O`RGATISH METODIKASI


ILMIY RAHBAR: _______________________________________

Kurs ishi kafedradan dastlabki himoyadan o’tdi


__________ sonli bayonnomasi “____” _______________ 2023 yil


BUXORO-2023

MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA QAYTA HIKOYA QILISHNI O`RGATISH METODIKASI

I.KIRISH.


I.bob Asosiy qism:
1.1. Bolalarga monologik nutqni o’rgatish
1.2. Hikoya qilishni o’rgatish. Hikoyalar turlari va ularning izchilligi. Hikoya to’kishni o’rgatish
1.3.. Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi
II.bob. MAKTABGACHA YOSHDAGI KICHIK BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR VAZIFALAR
2.1. MAKTABGACHA YOSHDAGI KICHIK BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR VAZIFALAR.
2.2. Nutqiy rivojlanishda til qobiliyatini ahamiyati
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Mustaqil taraqqiyot yo'lidan dadil borayotgan, huquqiy demokratik jamiyat qurishga intilayotgan Respublikamizda har bir insonning ozod va erkin, farovon yashashini ta'minlovchi jamiyat barpo etilmoqda, yoshlarning ilm - ma'rifatli bo’lishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tilining asosiy o’quv predmeti ekanligini, fanlarni egallash uchun avvalo, ona tilida to’g’ri, ifodali, tartibli va ijodiy fikrlash zarurligini aniq namoyon etmoqda. Chunki bizning ertangi kunimiz O’zbekiston Respublikasining Prezident Sh.Mirziyoyev aytganlaridek: “Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy mutaxassislarni talab etadi”.
Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat Korsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o’stirish fanining o’rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o’zaro aloqa vositasi bo'lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat taraqqiyotidagi o’zgarishlar, yangilanishlar tilda o’z aksini topadi.
Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o’z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish metodikasi fanining o'qitilishi, nutq o’stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o’stirish vazifalarini to’g’ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o’zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda.
Respublikamiz mustaqilligi o’zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili ta'limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirish ularga ona tilini amaliy o'rganish demakdir.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika fani tarkibida taraqqiy etdi, so’ng mustaqil fan sifatida shakllandi.Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, ilmiy izlanishlar asosida yaratilgan “Ilk qadam” tayanch dasturini o’quv jarayoniga joriy etish, nutq o’stirish metodikasi bo'yicha bilim va malakalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatdan mutanosibligini ta'minlaydi, nutq o’stirish usullarini ishlab beradi.Uni takomillashtirish, eng qulay usulni qo'llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o’rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish, o’zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni to’g’ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush, so’z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o'rganib borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi.
I-BOB. BOLALARGA MONOLOGIK NUTQNI O’RGATISH
1.1. Bolalarga monologik nutqni o’rgatish

Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o’kitish ishining mazmuni va uning vazifalari. Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi.Hikoya qilib berishni o’rgatish. Hikoyalar turlari va ularni o’rgatishning izchilligi.Hikoya to’kishni o’rgatish.Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o’kitish ishining mazmuni va uning vazifalari


Bolalarga monologik nutqni muntazam o’kitish taxminan besh yoshdan boshlanadi. Lekin bunga tayyorgarlik bola hayotining ikkinchi yilida - bolalarning o’kish va sanok she’rlarni yodlash jarayonida boshlanadi. To’rt yoshdan boshlab bolalar monologning tavsiflash va bayon qilish turlarini ko’llashga, yetti yoshdan boshlab esa – kiska mulohaza yuritishga kodir bo’ladilar.
Monologning kiyinligi shundaki, u dikkat-e’tiborini o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan vokea yoki badiiy asarga karatgan boladan bir vaktning o’zida nafakat narsalar, hodisalarni paykash, balki ular o’rtasidagi bog’liqlikni ham sezishni talab kiladi. Bu bir vaktning o’zida fikrlash va nutqni rivojlantirish vositasi hisoblangan xotirani ham ishga solishga olib keladi. Kattalar bolaga ђamxo’rlik ko’rsatib, monologlar uchun mavzu kidirish, bolalarni tinglash orkali bu mushkulotlarni yengib o’tishda ularga yordam beradilar.
Bolalarga monologik nutqni to’g’ri o’rgatish uchun pedagog maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bolalarning yosh imkoniyatlarini yaxshi bilishi zarur. Ular nutqiy sohada nimasi bilan ajralib turadilar?Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishdagi asosiy natijalar muloqot sohasidagi chukur o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o’ringa o’tadi. Bola o’z tengdoshini kattalardan afzal ko’ra boshlaydi. O’yin jarayonidagi o’rtog’iga karatilgan nutq kattalar bilan bo’lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunlirok bo’la boshlaydi. SHerik bilan dialog - muvofiklashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo’ladi. Bolalar endi ko’shnilari e’tiborini jalb kila oladilar, o’zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan kizikadilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqi vazifalar turlicha. Nutqdan atrofdagilar bilan aloka o’rnatishda, o’ziga, o’z ishlariga va kechinmalariga dikkatni jalb qilishda, bir-birini o’zaro tushunishda, sherik xulkiga, uning fikri va hissiyotlariga ta’sir ko’rsatishda, o’z faoliyatini tashkil etishda, o’yindagi o’z o’rtoђining harakatlarini muvofiklashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlarni kayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo’lib xizmat kiladi.
Maktabgacha yoshdagi katta bola uchun nutq ob’ektiv alokalarning o’ziga xos sohasi sifatida namoyon bo’ladi, u bularni so’z, tovush, kofiyalar va fikrlar bilan anglaydi. O’zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini kondirish uchun bola mavjud barcha vositalardan, vaziyatdan kelib chikib beixtiyor bildirilgan fikrlardan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralar, yuz ifodasi, harakat) va matnli nutqdan (foydalanilgan vositalar asosida tushunarli bo’lgan) foydalanadi. Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual kiyofasini yaratgan holda o’zaro hamjihatlikda mavjud bo’ladi.
Dialogni rivojlantirish nafakat shunchaki nutqning muayyan kompozitsion shaklini o’zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs jihatdan shakllanishining muhim tarkibiy kismi hisoblanadi. Dialogik muloqot nafakat aloka (intellektual axborot) va o’z manfaatlariga yo’nalishni, balki sherikning nuktai-nazarini, uning kizikishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko’zda tutadi. Dialogda nutqiy harakatlarni muvofiklashtirish bevosita o’z tengdoshini tushuna olish va uning nuktai-nazarini kabul qilishga bog’liq bo’ladi.Bolalar bunday tajribani birgalikdagi faoliyatda: yasash, chizish, jamoa o’yinlarini o’ynash natijasida to’playdilar. Tengdoshlari bilan muloqot qilishda bola nutqi mazmundorlikdek (muloqot vaziyatidan kat’iy nazar mazmun fakat til vositalaridan foydalanish orkaligina tushunarli) sifatga ega bo’ladi.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik muloqoti negizida nutqning yangi shakli – monolog tuђiladi va shakllanadi.U bolaning o’z fikrlari, his-tuyђulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini o’rtoklashish istagi okibatida vujudga keladi. Bunda nutq kiska hikoya shakliga ega bo’ladi. Hikoyada albatta, bolani lol koldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir kizik hodisa (tabiat ko’ynidagi kizikarli uchrashuv, ukasning kulgili harakatlari va h.) aks etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni, multfilmlar mazmunini aytib berishni, o’kiganlarini so’zlab berishni xush ko’radilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning eng muhim yutuђi – jaranglayotgan nutqka kizikishning shidda bilan rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir. So’zga nisbatan lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, kofiya, mazmun bilan o’tkaziladigan o’yinlarda, so’z ahamiyati haqidagi savollarda, ularning jarangdorligi va mazmunida ko’rinadi.
Til vokeligini anglash uning barcha tomonlarini – fonetik, leksik, grammatik tomonlarini kamrab oladi. So’zga nisbatan ongli munosabat lug’at takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko’p ma’noli so’zlarni tushunish), nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga (tovush talaffuzi, tinglash kobiliyati, intonatsiya ifodaviyligi), nutqning grammatik to’g’riligini shakllantirishga (morfologiya, so’z yasash, sintaksis), ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi. Lug’at rivojlantirishda uning sifat jihatidan takomillashtirilishi oldingi o’ringa chikadi. Bu antonimiya (o’tkir-o’tmas, achchik-chuchuk), sinonimiya (o’tkir, uchkir, charxlangan), ko’p ma’nolilik (o’tkir pichok, achchik kalampir, o’tkir til) kabi hodisalarni tushunish va ulardan nutqda faol foydalanishga taalluklidir. Bolalar tabiat hodisalari, narsalar, insonlarning hatti- harakatlarini takkoslashda turlicha va umumiy xususiyatlarni ajratishni hamda aksil va yakin ma’noli so’zlar, kiyoslashlar, anik fe’llar, o’xshatishlar yordamida ularni nutqka olib kirishni o’rganadilar.
So’z yasashda sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarni ko’p ma’noli so’zlar bilan tanishtiradi. Buyumlar funktsiyalarini takkoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar shakllanadi (hayvonlar, mebel, transport va h.).Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til vokeligini eng oddiy tarzda anglashni shakllantirish bilan o’zaro bog’liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar so’zlar, tovushlar, kofiyalar (pomidor-koridor) faol o’ynaydilar. Ular so’z jaranglashidagi umumiy va turlicha tovushlarni belgilay oladilar, artikulyatsiya yoki akustik jihatdan yakin tovushlarni (S-SH, S-Z, S-S) farklashga kodirlar, she’r, makol yoki tez aytishdagi 4-5 ta so’zda uchragan tovushlarni belgilay oladilar. Bolalar aralash tovushlardan iborat bo’lgan tez aytishlarni anik talaffuz qilishni mashk qilishni, ularni turli tezlikda, turli ohanglarda aytishni yoktiradilar.Maktabgacha davrdagi katta yoshda nutqning grammatik jihatdan to’g’riligini shakllantirish nutqka nisbatan tankidiy munosabatning paydo bo’lganligi va rivojlanganligi, anik va to’g’ri gapirishga intilish bilan bog’liqdir. To’g’rilikka intilish grammatikaning barcha sohalarida, ya’ni – morfologiyada (shaklning anik shakllanishida, ko’p turdagi shakllarni o’zlashtirishda), so’z yasashda (non uchun - nondon, tuz uchun - tuzdon), sintaksisda (og’zaki nutq tuzilmasini bartaraf etish: «va» boђlovchisini ko’p marta ko’llash orkali gapni «cho’zish» hamda bir gapda to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish) paydo bo’la boshlaydi. Nutqning grammatik to’g’riligiga intilish bola hayotining yettinchi yilida ro’y beradi.
Besh yoshli bola hali ham ishtiyok bilan grammatik shakllarni o’ynaydi va aynan so’z bilan amalga oshirilayotgan ana shu sinovgina nutqning grammatik to’g’riligini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi.Lug’at rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik to’g’rilikni shakllantirish ravon nutq tuzish usullarini o’zlashtirish (boђlovchilar, o’rin-hol, leksik takrorlashlar, sinonimlar yordamida gaplarni boђlash vositalari; tavsiflash, bayon qilish tuzilmasi) bilan uzviy bog’liqdir. Ko’p turdagi vazifalarni bajarish munosabati bilan dialogik nutq negizida rivojlangani holda nutqning barcha jihatlari tilni anglashni shakllantirishga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq holda bo’ladi hamda buning uchun bolaning katta bilan muayyan shakldagi muloqot turiga muhtoj bo’ladi. Bu nafakat tashki dunyo va boshka odamni anglashga, balki tilning o’zini, uning tuzilishi va faoliyat yuritishni anglashga ham yo’naltirilgandir.
Nutqiy rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlari kirishuvchanlik ko’rinishlarida hamda ayni paytda til va ravon nutqni egallash sur’atida ifodalanadi.Ko’pchilik bolalar o’z harakatlarini sharhlashni, atrofdagilar e’tiborini o’ziga jalb qilishni xush ko’radilar. Bunda ayrim bolalarda nutqiy muloqot amaliy faoliyat bilan zid keladi va buning natijasida bunday ko’p gapiruvchi bolakay ish bajarishda guruhdagi boshka bolalardan ortda kola boshlaydi. Unchalik kirishimli bo’lmagan bolalar kap so’zlaydilar, lekin odatda ular amaliy vazifalarni tez va to’g’ri hal etadilar. Ravon nutqning paydo bo’lish muddati va mahsuldorligi ham fark qilishi mumkin. Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish 4-5 yoshdan boshlanadi.
Bolalar sehrli ertaklarni, bo’lgan vokealarni bir-birlariga so’zlab beradilar, o’yinchoqlardan foydalangan holda o’ziga xos hikoyalar to’kiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy ertakni («Zumrad va Kimmat») mustaqil hikoya qilib bera olsa, o’yinchoqlar, suratlar asosida kichik og’zaki insho to’kiy olsa - bu hammasi me’yoridaligidan dalolatdir.
Ravon nutqni o’kitish vazifalari quyidagilardan iborat: Bolalarning o’z tashabbusiga ko’ra yoki kattalarning taklifiga ko’ra hikoya qilib berishga kizikishini ko’llab-kuvvatlash; ertaklar, suratlar va o’z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlarning so’zdagi mazmunini kiska hikoya, mulohaza, tavsiflar yordamida ifodalashni o’rgatish.
1.2. Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi
Qayta hikoya qilib berish va hikoya to’kish monologga o’kitish metodi hisoblanadi. Bolalar monologik matnlarni qayta hikoya qilib beradilar, real va xayoliy vokealar haqida hikoya kiladilar, hikoyalar to’kiydilar. Monologik nutqni o’kitish metodini o’zlashtirib olish pedagog uchun quyidagilarni anglatadi: bolalarni tinglashni o’rganish; qayta hikoya qilish va hikoya qilish, shuningdek hikoya to’kishda bolalarga yordamlashishni o’rganish.Monologik nutq ustidagi ishlar har bir yosh guruhida eng avvalo matn hajmi va uning mazmunining murakkabligi bilan farklanadi (har ikkalasi ham bolalar bog’chasida tarbiyalash dasturi bilan belgilanadi).
So’zli obrazlarga tayanish barcha yosh guruhlarida monologni o’kitishning asosiy usuli hisoblanadi. Real narsalar va suratlarga tayanish - ko’shimcha usullardir.Hikoya qilishni o’rgatishning vazifasi bolalarning og’zaki monologik nutqning qayta hikoya qilish, hikoya qilish, hikoya to’kish kabi turlarini o’zlashtirishlarini ta’minlashdan iboratdir.
Qayta hikoya qilish – eshitilgan badiiy asarni ravon, ifodali aytib berish.Qayta hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki, bola tayyor mazmunni qayta aytib beradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy shakllaridan (lug’at, so’z oborotlari, tuzilish), uni o’kiyotgan tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu mexanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungani holda erkin va emotsional aytib berishdir.
Qayta hikoya qilib berishni o’rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sekin kiyinlashtirilib boriladi –yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib berish, yangi o’qib chikilgan asarlarni aytib berish, hikoyachi shaxsini o’zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib berish, tarbiyachi rejasi asosida aytib berish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan reja asosida aytib berish, o’xshashlik asosida (analogiya bo’yicha) aytib berish (kahramonni, mavsumni o’zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib berish (o’yinchoqlar siluetlar), bolalar tanlovi bo’yicha aytib berish. Hikoya qilib berish uchun quyidagilar matn sifatida xizmat qilishi mumkin:
 Maishiy tusdagi axborot, uni tarbiyachi har kuni erkin muloqot choђida bolalarga beradi, so’ngra bolalar uni bir-birlariga va oila a’zolariga so’zlab beradilar;
 Badiiy adabiyot matnlarini aytib berish, uni bolalar monologik nutqni o’rgatishga oid maxsus Mashg’ulotlarda aytib beradilar;
 Tarbiyachi bilan ishga kelishda yo’lda, do’konda, sayrda yuz bergan (yoki yuz berishi mumkin bo’lgan) turli xil vokealar uning axboroti mavzusi bo’lib xizmat qilishi mumkin. SHuningdek, bu insonni o’rab turgan jonzotlar, gullar, o’simliklar va hashorotlarga oid har kanday ko’rinishdagi bayonlar bo’lishi ham mumkin. Ushbu hikoyalar bayon qilish monologi, tavsiflash monologi shaklida bo’lishi lozim.
Maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bolalarga mo’ljallangan axborotlar esa mulohaza-monologlar bo’lishi lozim.
Har bir axborot o’zining didaktik vazifalariga ega:
-sof bilish tusidagi hikoyalar bolalarning dikkat e’tiborini biron-bir hodisaga jalb qilish va ayni paytda ularning leksikasini boyitish, ularga yangi grammatik, sintaktik shakllar berishga mo’ljallangan;
-axborot – bolalarga hikoya qilishni o’rgatish uchun maxsus didaktik material, ya’ni, monologik nutq namunasi bo’lib, u bolalarda nutqdan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish, ularning leksik va grammatik ko’nikmalarini faollashtirishga mo’ljallangan.
Ushbu toifadagi monologlarga tarbiyachi fakat bolalarga tanish bo’lgan leksik va grammatik shakllarni kiritishi, ya’ni bolalar bilan fakat ularga tanish bo’lgan narsalar va hodisalar haqida so’zlashishi mumkin.
SHunday qilib, bolalar o’zlari uchun ancha kiyin bo’lgan monolog-nutq shaklini o’zlashtirib olmagunlaricha ana shunday qilish zarur.
Borlikning so’zli tasvirlari, hayotda ro’y bergan vokealarni pedagog do’stlar bilan so’zlashgandagi kabi ishonchli ohangda yoki aksincha, kuvnok, yumor bilan aytib berishi lozim, fakat shundagina tarbiyachining nutqi (axboroti) bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatadi, va ular uni boshka bolalarga ham ishtiyok bilan so’zlab beradilar va shu bilan o’z nutqlarini yanada rivojlantiradilar. Pedagog ota-onalarga o’z farzandlarini bolalar bog’chalaridan olib ketayotganlarida yo’lda uning so’zlarini dikkat bilan tinglashni va bola aytib berayotgan hikoya mazmuni juda kizikarli ekanini ko’rsatishlarini tavsiya qilishi zarur. SHu tarika barcha bolalarning hikoya qilishlari natijasida nutqiy mashklar ham bajariladi.
Badiiy asarlarni hikoya qilib berishda bolalarga yordamlashish so’zli kabul qilish vositalari va asosan, turli xil savollar orkali amalga oshiriladi.
Savollarning quyidagi turlari mavjud. Monologik matnni hikoya qilib berishga yordam beruvchi savollar:
-birgalikda hikoya qilishga yo’naltiruvchi savol (iboradagi so’nggi so’zga ko’yilgan savol);
-aytib turuvchi savol;
-yo’naltiruvchi savol;
-to’g’ridan-to’g’ri savol;
-to’g’ridan-to’g’ri savollar zanjiri (reja);
-kidiruv savollari;
-ko’rsatma savollari.
Qayta hikoya qilib berishdan oldin bolalarga ushbu asar matni o’qib beriladi. Hayotining ikkinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalar bilan o’tkazilayotgan Mashg’ulotlarda pedagogga birgalikda hikoya qilishga yo’naltiruvchi savollarni ko’llash, ya’ni iboradagi so’nggi so’zga savol ko’yish tavsiya etiladi: - Bir bor ekan, bir …. Bir… nima ekan? – yo’k ekan.
Ko’pincha pedagogga o’z savoliga o’zi javob berishga va bolaning ushbu javobni qaytarishiga erishishga to’g’ri keladi. Bolaning tarbiyachi aytayotgan iborani oxiriga yetkaza olishi uchun unga badiiy asarni necha marta o’kish kerakligi uning nutqiy rivojlanganligiga bog’liq bo’ladi.
Birinchi sanok she’rni bola taniy boshlashi, undagi ayrim so’zlarni yodda saklab kolishi uchun u sanok she’rni besh yoki o’n marta eshitishi mumkin. Birok bola bilan anik maksadni ko’zlagan holda ish olib borilsa, uning yoshiga mo’ljallangan ikkinchi sanok she’rni u birinchisidan ancha tez o’zlashtirib oladi.
Uch yoshli bolalarga hikoya qilishda yordamlashar ekan, tarbiyachi aytib turuvchi savollardan foydalanadi (Boђda mo’ylovli mushukcha yuribdi. Boђda nima yuribdi? Muylovli mushukcha boђda yuribdimi?).
Aytib turuvchi savollar asosida hikoya qilishni yana aks ettirilgan hikoya qilish deb ham atashadi. Ushbu usulning maksadi – bolalarning alohida so’zlarni takrorlashiga emas, balki badiiy asarning butun iboralarini takrorlashlariga erishish, ularga matnni erkin yodlab olishda ko’maklashishdan iborat.
Hayotining to’rtinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalarga hikoya qilishda tarbiyachi hikoyani yo’naltiruvchi savollar, ba’zida esa aytib turuvchi savollar bilan osonlashtirgani holda to’g’ridan-to’g’ri savollar bilan yordam berib turadi.
Agarda she’r qayta aytib berilayotgan bo’lsa, bolalarning uning tez-tez ko’llaniladigan, oson esda saklab kolinadigan ayrim kismlarini yoddan bilganlari ma’kul. SHunda ular tarbiyachining savollariga she’rdan tsitatalar bilan javob berishlari mumkin, lekin bularni ular bilan oldindan kelishib olish lozim.
Nasriy asarlarni qayta aytib berishda ham bolalarning javoblari iloji boricha badiiy matnga yakin bo’lgani yaxshi. SHuning uchun tarbiyachining to’g’ridan-to’g’ri savollari bolalarga nafakat lug’atdan, balki matn sintaksisidan ham iloji boricha to’larok foydalanishda yordam berishi lozim. Agarda bolalar matnni unutib ko’ygan bo’lsalar, tarbiyachi uni aytib turadi.
To’rt yoshli bolalar tomonidan bayon qilish va tavsiflash tusidagi asarlarni hikoya qilishda ularga so’zli usullar orkali yordam ko’rsatish zarur. Bu yoshdagi bolalarga tavsiflash uchun mulohaza yuritishni bilish talab etiladigan asarlarni tanishtirish tavsiya kilinadi. Ular bilan tanishtirish, keyinrok esa qayta hikoya qilish uchun mustaqil mulohaza yuritishga tayyorgarlanish hisoblanadi. Bunday asarlarni hikoya qilishga o’rgatishda real obrazlarga tayanish lozim: so’zli usullarni didaktik o’yin yoki real narsalarni ko’rsatish bilan birgalikda amalga oshirish mumkin.
Besh yoshli bolalarga ham tarbiyachi to’g’ridan-to’g’ri savollar berish orkali qayta hikoya qilishda yordamlashishi lozim, ammo ayni paytda u mavzuni rivojlantiruvchi savollar turkumi (zanjiri)ni berishi, ya’ni hikoya qilishning oddiy rejasini tuzishi darkor. Dastlab reja bor-yo’ђi 2-3 ta savoldan iborat bo’lishi mumkin. Keyinchalik esa, bolalarning vokealarni vakt bo’yicha izchillikda bayon qilish zaruratini o’zlashtirishlari(bayoniy matnlar), tavsifiy matnlarni hikoya qilib berishni o’rganishlariga karab, bayon mavzusi murakkablashtirilib borilishi lozim.
Birincha marta pedagog bolalar asar mohiyatini kabul qilishlari, undan estetik zavk olishlari uchun butun matnni o’qib beradi. Uni kismlari bo’yicha qayta aytib berish mumkin:
tarbiyachi asarning tugallangan bir kismini o’qib beradi, so’ngra uning butun mazmunini kamrab olgan savollar turkumini beradi va bolalar ushbu parchani hikoya qilib beradilar. Ayni paytda tarbiyachi bolalarning nafakat so’zlarning to’g’ri aytishlari va gap tuzishlari, balki asarda ishtirok etayotgan shaxslarning suhbatlarini ifodali qilib aytishlarini nazorat qilib boradi.
Ushbu yoshdagi bolalarga asta-sekin kidiruv savollarini, ya’ni mulohaza yuritishga yordam beruvchi savollarni o’rgatish zarur. Odatda bu savollar so’rok so’zlaridan iborat bo’ladi, ya’ni: Nima uchun? Nega? Kanday? Kay tarzda? Nega endi? Hayotning oltinchi va yettinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalarga badiiy asarlarni hikoya qilib berishda pedagog yordamlashishi zarur, bunda u savolllarni nima uchun va nimani so’zlash zarurligi; narsalarni kanday tartibda tavsiflash va vokealarni kay tartibda bayon qilishni belgilab beruvchi ko’rsatma tusida berishi zarur.
Hikoya qilishni o’rgatishda pedagog bolalarning dialogik nutq bilan birgalikda asar kahramonlarining kechinmalariga mos ravishda ovoz ohangini o’zgartirishni o’rganishlari zarurligini unutmasligi lozim.
Bolalarning katta badiiy asarlarni butunlay hikoya qilib berishlari shart emas: hikoya qilib berish uchun ayrim lavhalarni, narsalar yoki vokealar tavsifini ajratib olish mumkin.
Agarda tarbiyachi maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarga ahyon-ahyonda kidiruv savollarini bersa, yetti yoshli bolalar bilan ishlashda va ularga badiiy asarni nafakat aytib berishni, balki uning mazmunini tushungan holda mulohaza yuritishni o’rgatishda u bolalarga ko’proq shunday toifadagi savollarni berishi zarur, ayni paytda tarbiyachi to’g’ridan-to’g’ri, yo’naltiruvchi va hatto aytib turuvchi savollardan ham voz kechmasligi lozim.

1.3 Hikoya qilishni o’rgatish. Hikoyalar turlari va ularning izchilligi. Hikoya to’kishni o’rgatish


Hikoya – biron-bir fakt, vokeaning mustaqil tuzilgan keng kamrovli bayonidir.
Hikoya tuzish – hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning o’zi ushbu mavzu bo’yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, uni ketma-ket (tarbiyachi yoki o’z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur.
Hikoyalar shakliga ko’ra tavsifiy va syujetli bo’lishi mumkin.
Tavsiflash – narsa yoki hodisaning o’ziga xos belgilarini bayon qilishdir. Tavsiflash kiska bo’lishi va muayyan tuzilma asosida tuzilishi lozim: dastlab narsaning nomi aytiladi, so’ngra uning o’ziga xos belgilari, uning kismlarining nimaga mo’ljallanganligi va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamda narsaning vazifasi bayon kilinadi. Tavsifiy hikoyalar kiyosiy (karama-karshi belgili hamda hajmi, rangi, materiali, kismlari, shakliga karab bosqichma-bosqich takkoslanadigan ikki narsani tavsiflash) va izohlovchi (mulohaza yuritish, isbotlash bilan birgalikda hikoya qilish va aytilayotgan harakatlarni bajarib ko’rsatish) bo’lishi mumkin.
Syujetli (bayoniy) hikoya – vokealarni biron-bir kahramon bilan birgalikda vakt bo’yicha ketma-ketlikda aytishdir. Bolalarga uni odatdagi tuzilma asosida tuzishga o’rgatish zarur – dastlab kahramonning nomi aytiladi, ba’zan uning tashki ko’rinishi tavsiflanadi, birinchi vokea bayon kilinadi, u kachon va kaerda yuz berganligi tushuntiriladi, so’ngra ikki-uch lavha keltiriladi va hikoya yakunlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko’rsatish mumkin:
-kabul kilinishiga karab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko’rayotganligi haqida hikoya);
-xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni kabul kilganligi haqida hikoya);
-tasavvur asosida hikoya qilish (o’ylab topilgan hikoya).
Kabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo’lib, bolalar faktlarni bayon kiladilar.
Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo’lib, unda hikoyachi bola mavzuga karab o’z tajribasining shaklini o’zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi.
Bitta mashђulotda bitta fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo’l ko’yish mumkin: bola o’yinchokni tavsiflab (kabul qilish asosidagi hikoya) bo’lganidan so’ng uni kaerda sotib olganligi yoki uni kanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maksadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin.
Bolalarni hikoya qilishga xuddi suhbatga tayyorlagandek tayyorlash lozim: bolalar hikoya predmetini butun hayotiy to’liklikda, sezgilari bilan birgalikda (hajmi, shakli, rangi, hidi, ta’mi, ovozi, harakat tusi va boshk.) o’ziga tasavvur qilishi zarur; narsaning barcha belgilarini, harakatlarini va ularning munosabatlarini aytish uchun bolalarda zahirada so’zlar, grammatik shakllar bo’lishi lozim. Hikoya qilishni mashk qilishdan oldin leksik, grammatik (zarur hollarda - fonetik) mashklar bajarilishi, shuningdek, suhbatlashishni mashk qilish zarur.
Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) – monologik nutqni rivojlantirishdan iborat.
Tarbiyachi hikoya qilishni o’rgatishni savollar zanjiri yordamida, ya’ni bolaning bayon qilish, tavsiflash yoki mulohaza yuritishda mantikka amal qilishini ko’zda tutuvchi reja yordamida amalga oshiradi.
Hikoya rejasi oddiy bo’lishi, ya’ni bir chizikdagi savollar zanjiri shaklida yoki murakkab, ya’ni keng tarmoklangan ko’shimcha (aytib turuvchi yoki fakat yo’naltiruvchi) savollar zanjiri shaklida bo’lishi mumkin.
Turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan Mashg’ulotlar turlicha o’tkaziladi va ushbu Mashg’ulotlarda bolalarga ko’yiladigan talablar ham turlicha bo’ladi.
Hikoyaga oid Mashg’ulotlarda doimo tanikli she’rlar, ertaklar, makollar, topishmoklarni esga olish maksadga muvofikdir: bu bolalarning emotsional kayfiyatini ko’taradi va ularning hikoyalarini yanada ifodali kiladi.
Monologik nutqka oid Mashg’ulotlarni real ob’ektlarga (kuyoncha) tayanish usullari yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mehnati haqida hikoya) asosida o’tkazish maksadga muvofikdir.
Bolalar suratlarga karab hikoya qilishni tegishli suratlarni (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) ko’rib chikish jarayonida o’rganadilar.
Statik suratlar – bu tavsiflash uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar haqida hikoya qilish bir vakt rejimida olib boriladi.
Harakatlanadigan suratlar – (bosmaxonada chop etilgan turkum suratlar, diafilmlar, diapozitivlar va boshk.) – bayon qilish uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar bir-biridan keyin keladigan vaziyatlardan iboratdir.
Mulohaza yuritish uchun materialni har kanday surat berishi mumkin, fakat buning uchun «nima uchun?» ( u yoki bu vokea, harakat yuz berdi) yoki «kanday vaziyatda?» (narsa u yoki bu belgiga ega bo’ladimi-yo’kmi?) degan savol to’g’ri ko’yilsa bo’ldi.
Bolalar tarbiyasi mavzusiga oid statik suratlardan didaktik material sifatida foydalaniladi:
ular oson kompozitsiyaga ega bo’lib, ularda ayrim ob’ektlarni ajratib ko’rsatish, ularning o’zaro munosabatini aniklash ham osondir («Biz o’ynayapmiz», «Uy hayvonlari», «YOvvoyi hayvonlar», «Yil fasllari» va boshk.).
Harakatlanadigan suratlar bilan ishlash metodikasi kitobning o’z shakli bilan belgilanadi.
Bolalarga yaxshi tanish bo’lgan ertaklar va hikoyalarga ishlangan diafilmlar va diapozitivlar bolalarga monologik nutqni o’rgatish uchun ayniksa, juda kulaydir. Dastlab bolalar ularni ko’p marta tomosha kiladilar, uning titrlari o’qib chikiladi (pedagog yoki ota-ona tomonidan), so’ngra titrlarni o’kishdan bolalarning kadrlarda tasvirlangan lavhalarni hikoya qilib berishiga o’tiladi.
Monologni o’kitish jarayoni (bayon qilish, tavsiflash, mulohaza yuritish) shundan iboratki, tarbiyachi o’z rejasi (savollar zanjiri) asosida birinchidan, bolaga mavzudan chikib ketmaslikka, vokealarni mantikiy ketma-ketlikda bayon qilishga yordam beradi, ikkinchidan, hikoyachi nutqining emotsional ifodaliligi haqida kayђuradi va ushbu mavzu uchun mos keladigan she’rlar, ertaklar, topishmoklar, yozuvchilar hikoyalari parchalarini taklif kiladi.
Bolalarning tasavvur asosidagi og’zaki to’kima hikoyalari monologik nutq turlaridan biri hisoblanadi. Xayolparast bolalar suratlarning boshlanishi yoki nihoyasini ishtiyok bilan o’ylab topadilar, ya’ni suratlarda tasvirlangan vokealardan oldin yuz berishi mumkin bo’lgan vokealarni yoki suratda tasvirlangan vokealardan keyin yuz berishi mumkin bo’lgan vokealarni o’zlari to’kiydilar; tanish ertaklar yoki hikoyalar mavzusida kontaminatsiya tuzadilar, kahramon nomidan (1-shaxs nomidan hikoya qilish) hikoya kiladilar, unda yil faslini o’zgartiradilar va h.k.;
o’zlari ertak hamda hikoyalar to’kiydilar.
Bolalar ijodlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:
-suratlar asosida ijodiy to’kima;
-badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar;
-ertaklar hikoyalarni erkin to’kish.
Surat asosida ijodiy to’kishni maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bolalar bilan amalga oshirish tavsiya etiladi. Hikoya suratda tasvirlangan har kanday narsa haqida bo’lishi mumkin.
Badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar. Bolalar katta ishtiyok bilan o’zlarini o’z sevimli kahramoni (kahramonlari) tushib kolgan vaziyatlarga ko’yib ko’radilar, uning harakatlarini o’zlashtiradilar, muallifni «tuzatadilar», asar kahramonlarining muayyan vaziyatlardagi sarguzashtlarini ijodiy jihatdan qayta hazm kiladilar. Bolalarning ushbu xususiyatidan eng avvalo, ularda olijanob xarakter kirralarini tarbiyalashda foydalanish zarur.
Nutqni rivojlantirish uchun – monologni o’rgatish: tarbiyachi yoki ota-onalardan birontasining iltimosi bilan raђbatlantirilgan bolalar ishtiyok bilan xayol sura boshlaydilar, o’zlarini badiiy asarning biron-bir kahramoni (ijobiy yoki salbiy) sifatida tasavvur kiladilar.
YAxshilik va go’zallikka karama-karshi ko’yilgan ertakdagi hamda real hayotdagi yomonlik va badbasharalik obrazlari ham tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
Hikoya to’kish – kombinatsiyani o’rgatish metodikasi quyidagicha: bolaga ertak yoki hikoyaning muayyan lavhasini bu xuddi uning o’zi bilan yuz bergani kabi o’z nomidan aytib berish taklif kilinadi. Pedagog «to’kish»ning borishini hamdardlik bilan kuzatib boradi, o’zini bolaning har bir so’ziga ishonayotgandek qilib ko’rsatadi, ayni paytda bolaning nutqini kuzatib boradi, uning nutqidagi kamchiliklarni unga xalakit bermasdan tuzatib boradi. Asarni tanlashda pedagog uning bola asar kahramonlarining ijobiy xususiyatlaridan namuna oladigan darajada munosib bo’lishiga alohida e’tibor karatishi lozim. Zero, ushbu yoshda bolaning o’rganganlari butun umrga muhrlanib koladi.
Erkin to’kish shundan iboratki, bunda bolaga ertak yoki «bo’lishi mumkin bo’lmagan» iloflarni to’kish uchun to’lik erkinlik beriladi. To’kishga ataylab o’rgatilmaydi, ammo erkin u(mustaqil) ijod qilish kobiliyati bolalar bog’chasida va uyda bola nutqini rivojlantirish ishlarining butun tizimi doirasida tarbiyalab boriladi. Bola nutqiy jihatdan qanchalik yaxshi tayyorlangan

bo’lsa, undagi tasavvur va ijodiy kobiliyat shunchalik yaxshi rivojlanadi.


qaLeksikasi boy, grammatik to’g’ri bo’lgan, eng asosiysi – mantikiy va ifodali mustaqil ijod qilish olti-etti yoshli bolalarning ko’lidan keladi. Bungacha ularning to’kimalari – o’zlariga tanish bo’lgan badiiy asarlarning mantikiy jihatdan bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan so’zlar to’plamidan iborat bo’ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning hikoya to’kishga kodir emasliklarini me’yordan chekinish, deb hisoblamaslik lozim. Bu tabiiy bo’lib, bolalarning nutqi va fikrlash darajasi hali hikoya to’kish uchun yetarli emasligi bilan izohlanadi.
Qayta hikoya qilishni mashk qilish hikoya to’kish borasidagi tayyorgarlik ishi hisoblanadi.
Ravon nutqni (hikoya qilishni) rivojlantirishning asosiy sharti kattalar va bolaning birgalikdagi so’z ijodkorligi hisoblanadi. Yuqorida kayd etilganidek, hatto besh yoshli bolalar ham tanish ertaklarni, to’kima vokealarni hikoya qilishga, o’z shaxsiy tajribasidan kelib chikib hikoya qilishga kizika boshlaydilar. Katta odam yo’naltiruvchi va aniklashtiruvchi savollar berish, o’zining kizikayotganligini bildirish, o’yin vaziyatlarini hosil qilish (o’yinchoqlar, rasmlar to’plami, ko’ђirchok teatrli kahramonlari yordamida) bola tashabbusini ko’llab-kuvvatlashi zarur. Pedagogning hikoya mavzusini, vokealar rivojini, vokelarning ehtimoliy yakunini, so’z shaklini aytib berishi birgalikdagi so’z ijodkorligi uchun katta ahamiyatga egadir.
Birgalikda hikoya qilib berish dastlab dialog ko’rinishiga ega bo’ladi, bunda katta odam savol beradi, bola javob beradi, katta odam gapni boshlaydi, bola esa uni nihoyasiga yetkazadi.
Bunday dialogdan nutq – monolog tuђiladi. Keyinchalik bola monologi asosida bolalarning birgalikdagi ijodkorligi boshlanadi, u kattaning bolaning bilan dialogi shaklini takrorlaydi.
Birgalikda hikoya qilish uchun yaxshi asos rasmlar turkumi bilan ishlashda, rollarga bo’linib hikoya qilib berishda, o’yin-sahnalashtirishlarda yaratiladi.
Maktabgacha davrdagi katta yosh – bolaning nutqni o’rganishga kizђin kirishish, til vokeligini eng oddiy tarzda anglash davridir. Maktabgacha yoshdagi bolaning til sohasidagi boy tajribasi, anik, obrazli so’zda ifodalangan yorkin taassurotlari, kechinmalari uning til va nutq sohasidagi mustaqil faoliyatining muhim shartidir.
Muammoli nutq holatlari fonetik, lekski va grammatik mazmundagi turli so’zli didaktik o’yinlarda modellashtiriladi. SHuning uchun bolalar bog’chasida didaktik o’yinlarni tashkil qilishni bolalarda so’zga nisbatan lingvistik munosabatni rivojlantirishning asosiy sharti sifatida ko’rib chikish mumkin.
Leksik mazmundagi o’yinlar va mashklar nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli buyumlar va ob’ektlarni kiyoslash, ularning turli umumiy xususiyatlari va vazifalarini ajratish muhim ahamiyatga egadir.
Real ob’ektlar (o’yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebellar va h.) ham va tasavvur kilinadigan vaziyatlar (kuvnok va ma’yus ayikcha, ertagi va kechki ob-havo, kahramonning vokea boshidagi va uning yakunidagi kayfiyati) ham takkoslanishi mumkin. Hikoyani boshlashdan oldingi lug’at mashklari bolalar ravon nutqining anik va obrazli so’zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi.
Turli toifadagi so’zli o’yinlar, mashklar, muammoli vaziyatlarning o’zaro bog’liqligi, ularning asta-sekin murakkablashuvi, muammoli nutq vazifalarini muntazam ravishda ko’yib borish -to’lakonli nutqiy rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar tili va ularning ravon nutqini rivojlantirishga doir doimiy ishlarning makbul shakli maxsus nutq Mashg’ulotlari hisoblanadi, unda nutqni rivojlantirishga oid vazifalar yalpi tarzda va o’zaro bog’liqlikda hal etiladi.
II-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI KICHIK BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR VAZIFALAR
2.1 Maktabgacha yoshdagi kichik bolalar nutqini rivojlantirishga doir vazifalar
Nutq vazifasi va shakli. Kattalar bilan ko’rgazmali vaziyatdan chetga chiqadigan mavzular bo’yicha muloqot qilishni yo’lga qo’yish. Tengdoshlar bilan jamoaviy o’yinlarda o’yinga kirishib ketish uchun sharoitlar yaratish. O’z nutq faolligi paydo bo’lishini rag’batlantirish: muloqotdagi sheriklarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilish; o’yin vaziyatlari, o’rin bosuvchi buyumlar, rollarni belgilashda nutqdan foydalanish.Buyumlar xususiyatlari va ularning qanday maqsadda ishlatilishiga, turmushdagi sababli aloqalar va munosabatlarga qiziqishni, qiziqtirayotgan masalaga oid savollarni va qisqa matn shaklidagi (34 ta gap) mulohaza va fikrlashlarni rag’batlantirish.
Lug’at. Bolalarni buyumlarning yangi nomlari, ularning sifati, umumlashtiruvchi nomlari bilan tanishtirish, qiyoslashda qarama-qarshi ma'noli (antonimlar) so’zlardan foydalanishga, ko’rgazmali vaziyatga tayanmasdan lug’atdan foydalanishga undash.
Grammatik qurilish. Yangi so’zlarni grammatik jihatdan o’zgartirishga va gapdagi so’zlar bilan kelishtirishga undash. So’zlar va ularning shakllarini mustaqil ravishda hosil qilish, nomlar o’rtasidagi rasmiy-semantik aloqalarni tadqiq qilishning o’ziga xos bolalarcha usuli sifatida so’z ijodkorligidan foydalanish. Narsalar va hodisalar o’rtasidagi aloqalarga oid o’z tushunchalarini murakkablashtirilgan gap tuzilmasi (yoyilmagan oddiy, bog’langan qo’shma gap va ergashgan qo’shma gap) orqali aks ettirish.
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni rivojlantirish (berilgan u yoki bu tovushni talaffuzda ajratish va so’zda eshitish qobiliyati). Artikulyatsiyani, unlilarni va oddiy undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish, shovqin bilan chiquvchi va sonor tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni o’zlashtirish qobiliyatini takomillashtirish. Nutqning ifoda jihatini, nutq sur'atini, ovoz kuchini, nutqiy nafasni erkin tartibga solish qobiliyatini rivojlantirish.
Maktabgacha davrdagi katta yosh (5-7 yosh)
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o’ringa o’tadi. Bola o’z tengdoshini kattalardan afzal ko’ra boshlaydi. O’yin jarayonidagi o’rtog’iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo’lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunliroq bo’la boshlaydi. Sherik bilan dialog - muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo’ladi. Bolalar endi qo’shnilari e'tiborini jalb qila oladilar, o’zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqining vazifalari turlichadir. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o’rnatishda, o’ziga, o’z ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o’zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga ta'sir ko’rsatishda, o’z faoliyatini tashkil etishda, o’yindagi o’z o’rtog’ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo’lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning nutqi shuningdek, ob'yektiv aloqalarning o’ziga xos sohasi sifatida namoyon bo’ladi, u bularni so’z, tovush, qofiyalar va fikrlar bilan o’ynab turib anglaydi.
2.2. Nutqiy rivojlanishga til qobiliyat
Nutqiy rivojlanishga til qobiliyatlarini - til elementlari va ular bilan operatsiyalar o’tkazish qoidalarini o’z ichiga oluvchi harakatchan, funksional tizimlarni shakllantirish sifatida qaraladi. Bu til umumlashtirmalari negizida yaratiladigan individual til tizimidir. Turli yosh bosqichlarida turli til vositalarini, ya'ni: nutq tovushlari, leksik-grammatik materiallar va boshqalarni o’zlashtirishda bolalar nutqida individual farqlar kuzatiladi. Shuningdek, bolalar nutqi shakllanishining asosiy bosqichlarida ham individual farqlar kuzatiladi.
Bolalar tili nafaqat kattalar tilining dastlabki bosqichi, balki o’z xususiy qonunlariga bo’ysunadigan to’la mustaqil tuzilmalar hamdir.
Bola nutqi - bolaga oid bo’lgan o’ziga xos submadaniyatning qimmatli ovozidir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog’liqdir. «^Tilni egallash jarayoni - bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko’nikmalarni berish jarayoni emas. Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir» (K.D.Ushinskiy).
Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta'sirlar bilan belgilanishi, ikkinchi tomondan esa uning to’satdan yuz berishi, «o’z-o’zidan harakatga kelishi» bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko’rib chiqishni talab qiladi.
Qayd etish lozimki, olimlar fikriga ko’ra, o’z-o’zini rivojlantirish jarayonlari nafaqat nutqda, balki mutlaqo bolalar faoliyati bo’lmish o’yinlar va bolalar qiziquvchanligi jarayonida ham yorqin namoyon bo’ladi (N.N.Podyakov) hamda u kattalar rolini inkor etmaydi: kattalar bolalarning faolligiga javob beradi, bolaga e'tiborini qaratgani holda uni faoliyatga, muloqotga chorlaydi.
So’nggi yillarda nutq rivojlanishidagi ayrim bosqichlarni o’rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumki, har bir inson butun umri mobaynida til boyliklarini egallagani holda o’z nutqini takomillashtirib boradi. Har bir yosh bosqichi uning nutqiy rivojlanishiga biron-bir yangilik olib kiradi. Nutqni egallashdagi eng muhim bosqich maktabgacha yoshga to’g’ri keladi.
Verbal bosqichgacha bo’lgan davrni (yoki tayyorgarlik bosqichini) psixologik tahlil qilish tadqiqotchilarni nutqning muhim omillari aynan ushbu davrda shakllanadi, degan xulosaga olib kelmoqda. Zero, mazkur davrda muloqotga ehtiyoj shakllanadi, atrofdagi kattalar bilan emotsional aloqa o’rnatiladi, ovoz munosabatlari, nutq-harakat apparati, fonematik tinglash qobiliyati, kattalar nutqini faol qabul qilish va tushunish rivojlanadi. Ushbu omillarning shakllanishi - rivojlanishning nutq bosqichiga o’z vaqtida o’tishning muhim shartidir.
So’nggi yillarda olingan faktlar bolaning o’z vaqtida va to’g’ri tashkil etilgan kattalar bilan bevosita-emotsional muloqotining bolaning kattalar nutqini qanday tushuna boshlashini, uning qachon faol so’zlay boshlashini va kelgusida uning nutqi qanday sur'atda rivojlanishini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko’rsatish mumkin:

qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko’rayotganligi haqida hikoya);


xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul qilganligi haqida hikoya);
tasavvur asosida hikoya qilish (o’ylab topilgan hikoya).
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo’lib, bolalar faktlarni bayon qiladilar.
Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod maxsuli bo’lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o’z tajribasining shaklini o’zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi.
Bitta mashg’ulotda bitta fikrdagi hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo’l qo’yish mumkin: bola o’yinchoqni tavsiflab (qabul qilish asosida hikoya) bo’lganidan so’ng uni qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin.
YUqorida sanab o’tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin.
egadir.
Hikoyalar shakli bo’yicha tasviriy va syujetli bo’lishi mumkin. Tasviriy hikoya – bu biror premet, masalan, o’yinchoq, kiyim yoki hodisaning tug’ilgan kun, bayram va boshqalarning xarakterli belgilarini gapirib berishdir. Syujetli hikoya – bu qandaydir bir voqeani ijodiy gapirib berishdir. Masalan, «A’zam kuchukchani qanday qilib topib oladi?» va boshqalar. MUHOKAMA VA NATIJALAR Bolalarni hikoya qilishga o’rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Hikoya qilishga o’rgatish usullari turli-tumandir. Ularning eng asosiylari – tarbiyachining hikoya qilish namunasini aytib berishi, hikoyaning rejasini tuzib berishi, hikoyani qismlar bo’yicha tuzish, uning rejasini jamoa bo’lib muhokama qilish tarbiyachining savollar berishi, aytib turishi va bolalarning hikoyalarini baholash usullaridir. Tarbiyachi har bir mashg’ulot uchun aniq bitta yoki ikkita usulni asosiy usul qilib tanlaydi. Masalan, hikoya qilish namunasini aytib berish va hikoyaning rejasini tuzib berish yoki hikoya qilish rejasini tuzib berish va rejani jamoa bo’lib muhokama qilishni tanlashi mumkin. Tarbiyachining hikoya qilish namunasi – bu didaktik usul bo’lib, uning yordamida tarbiyachi bolalarni boshqalardan o’rnak olib hikoya qilishga o’rgatadi. Hikoya qilish namunasi qimmatli tarbiyaviy mazmunga ega bo’lishi, bolalarni o’z hikoyalarida yaxshi xatti-harakatlarni do’stlik tuyg’ularini tasvirlashga undashi lozim. Hikoya qilish namunasini berish usuli eng yengil usul bo’lib hisoblanadi, chunki bolalar tarbiyachining surat, predmet, voqealar haqidagi savollarini yoki ko’rsatmalarini emas, balki tayyor hikoyasini eshitadilar. Shuning uchun hikoya namunasi berish usulidan hikoya qilib berishga o’rgatishning birinchi bosqichlarida yoki tarbiyachi bolalar oldiga yangi vazifalar qo’yganda foydalaniladi. Hikoyaning rejasini berish – bu hikoya tuzishda amal qilish lozim bo’lgan ikkiuchta asosiy savollardir. Namuna bo’yicha ikki-uchta mashg’ulot o’tkazilgach, (masalan, o’yinchoqlarni tasvirlash), hikoyaning rejasini berish hikoya qilishga o’rgatishning mustaqil, asosiy usuli bo’lib qoladi. Tarbiyachi mashg’ulotgacha rejaning asosiy va qo’shimcha savollarini tayyorlaydi. Chunki bir mashg’ulotda reja savollarining o’zgarib turishi bolalarni faollashtiradi. Hikoyani turli-tuman qiladi. Masalan, maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari bilan ular yashaydigan ko’chalarini tasvirlash mashg’ulotida quyidagicha reja tavsiya qilish mumkin (bu savollar bittadan berilmay birdaniga beriladi): 1. Sening ko’changni nomi nima? 2. Sening ko’changda qanday binolar bor? 3. Sening ko’changda qanday transportlar o’tadi? Uch-to’rt bola yuqoridagi reja savollari bo’yicha hikoya qilgach, quyidagi yangi savollarni berish mumkin: 1. Sening ko’changni nomi nima? 2. Sening ko’changda qanday daraxtlar bor? 3. Nima uchun sening ko’chang toza va chiroyli? Maktabga tayyorlov guruhida dasturda yanada yuqoriroq talablarni qo’yadi. Bolalarni rejadagi savollarga quloq solishga unga rioya qilishga o’rgatiladi (ayniqsa suratga qarab hikoya qilishda va jamoa tajribasidan olib to’qilgan hikoyalarda). Bu guruhda bolalar o’rtoqlarining hikoyalarini nazorat qilishga ko’proq jalb etiladi (hozir nima haqida gapirish kerak? Hammaga tushunarli bo’lishi uchun hikoyani nimadan boshlashi yaxshirok?). Reja tuzib berish hikoyaning namunasini berish usuliga qaraganda eng qiyin usul bo’lib undan bolalarni hikoya qilishga o’rgatishda keng foydalaniladi. Rejani jamoa bo’lib muhokama qilish – bu usul bolalarni ijodiy hikoya qilishga o’rgatishning birinchi bosqichlarida ko’proq qo’llaniladi. Bolalar hikoyaning qiyin turi, ya’ni tarbiyachi taklif etgan mavzu bo’yicha hikoyalar tuza olishlari va bu hikoyalar va bu hikoyalar turli-tuman bo’lishi uchun tarbiyachi bu usuldan foydalanishi mumkin. Tarbiyachi bolalarga mavzu va rejani beradi. Mavzu: Qizcha mushukchani qanday topdi? 1. Qizcha mushukchani qanday topdi . 2 Mushukcha qanday edi? 3. Qizcha u bilan nima qiladi? Bolalarning joyida turib bergan javoblari hikoya bo’lmaydi, u bir necha yoki bitta jumladir. Maqsad – hikoyalarning turli-tuman bo’lishi mumkinligini ko’rsatishdir. Tarbiyachi reja tuzayotganda jamoa bo’lib muhokama qilish uchun eng qiyin savollarni oldindan aniqlashi lozim. Qismlar bo’yicha hikoya tuzish. Odatda bu usul mazmuni qismlarga oson bo’linadigan suratlar bilan ishlashda foydalaniladi. Suratlar bilan ishlashda tarbiyachi oldindan uni shartli ravishda qismlarga bo’ladi va bola biror qism haqida so’zlab berishi lozim. Umumiy jamoa tajriba asosida hikoya qilishda tarbiyachi oldindan mavzuni juda mayda qismlarga bo’ladi, Masalan, «Bizning tipratikon» mavzusidagi tasviriy hikoyani tuzishda tarbiyachi bolalarni tipratikon haqida hamma narsani birdan so’zlamasdan, hammasini esga olish uchun tartib bilan so’zlaymiz deb ogohlantiradi. So’ngra tarbiyachi har bir qismga reja beradi. Hozir bolalar eslang tipratikonning usti nima bilan qoplangan? Uning tumshug’i qanday? U qanday yuradi? Bu reja bolalarning ikkita-uchta hikoyalaridan keyin boshqa qismga o’tiladi. Bizda tipratikon qayerda yashaydi, uning qafasida nima bor, u nima uchun kerak aytib bering. Bolalarning javobidan keyin hikoyaning uchinchi qismiga o’tiladi. Ayting-chi biz tipratikonni nima bilan boqdik. Kim uni parvarish qiladi, qanday parvarish qildi va hikoyaning oxirida bolalardan biz o’z tipratikonimizni kimga sovg’a qildik, o’rta guruh bolalari bizga nima dedilar? deb so’rash mumkin. Jamoa hikoya uchun «Bolalar bog’chasida», «Yangi yil archasi», «Hayvonot bog’iga ekskursiya», «Shahar atrofiga sayohat» va boshqa mavzularni tanlab olish mumkin. Mashg’ulotning oxirida tarbiyachi mavzuning hamma qismlari bo’yicha bitta umumiy reja beradi va yaxshi hikoya qiladigan 1-2 bola hammasi haqida birdan gapirib beradi. Masalan, «Bizning tipratikon» hikoyasida har bir qism rejalari bo’yicha bolalar hikoya qilganlaridan keyin mashg’ulotning oxirida tarbiyachi bunday reja beradi: 1. Bizning tipratikonimiz qanday edi? 2. Biz uni qanday parvarish qildik? 3. Biz uni kimga sovg’a qildik? Savollar berish – bu keng tarqalgan usul. Lekin hikoya qilishda u ikkinchi darajali rol o’ynaydi. Savollar odatda javob berayotgan bolaga yoki butun guruhga hikoya tugagandan keyin uni aniqlash yoki to’ldirish uchun beriladi. Savollar metodik jihatdan to’g’ri bo’lishi lozim. Baland ovoz bilan hamma bolalarga qarata javob berish uchun bolani chaqirishdan oldin pauzaga rioya qilish kerak. Aytib turish – hikoya qilish jarayonida bola yanglishib qolgan vaqtda savol berishdan ko’ra, so’zni yoki gapni aytib turishdan foydalanish yaxshiroqdir. Aytib turish yoki to’g’rilash yetarli darajada baland ovozda hayrixohlik ruhida bo’lishi lozim. To’g’rilangan so’z yoki jumlani bolaga takrorlash shart emas. Chunki bola hikoyaning davomini esdan chiqarib qo’yishi mumkin. Bolalar hikoyasini baholash – o’rgatuvchi usuldir. Shuning uchun u mashg’ulotning oxirida emas, balki mashg’ulot jarayonida qo’llaniladi. Baholash faqatgina hikoyasi baholanayotgan bolagagina ta’sir etib qolmay, qolgan bolalarga, ular tuzishi lozim bo’lgan hikoyalarga ham ta’sir etadi. Bolalar bahoni tinglab tarbiyachi maqtaganlarga taqlid qiladilar Har bir bolaning hikoyasi mufassal baho berish shart emas. Lekin ba’zi hikoyalarning qimmatli tomoni, ya’ni mustaqilligi, izchilligi ovoz kuchi, javob berganda turishi va hokazalar ajratib ko’rsatishi tavsiya etiladi. Kichik guruh bolalarida boshlang’ich monolog tarzidagi nutqiy o’stirishda suratdan keng foydalanishadi. Bolalar suratlarni mashg’ulotlarda ko’radilar. Kundalik turmushda ham kitobdagi rasmlarni, suratlarni, taklifnomalarni ko’zdan kechiradilar. Yilning boshida birinchi kichik guruhda bolalar tarbiyachining savoliga xor bilan javob bera oladilar. Tarbiyachi o’z vaqtida bolalarga yordam berishi, ya’ni aytib turishi yoki birga javob berishi lozim. O’rta guruhda tarbiya dasturi asosida bolalarni hikoya qilishga o’rgatishning mazmuni bir muncha murakkablashadi. O’rta guruh bolalari faqatgina yaxshi tanish ertak va hikoyalarni kayta hikoya qilibgina qolmay, mashg’ulotda birinchi marta o’qib berilgan asarlarni ham qayta-qayta hikoya qilishga, predmetlar, o’yinchoq, o’simlik, kiyimlarning ko’prok xarakterli belgilarini tasvirlab berishga o’rganishlari lozim. Agar bolalarga yaxshi tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilish malakasi kichkina guruhdan tarkib topa boshlasa, birinchi marta o’qib berilgan adabiy asarni qkayta hikoya qilish malakasi esa faqat o’rta guruhda tarkib topa boshlaydi. Qayta hikoya qilish uchun asarlar tanlashda quyidagi talablarni hisobga olish tavsiya etiladi: a) adabiy asar bolalarni ruhan tarbiyalash ishiga xizmat qilishi; b) adabiy asarlar o’zining mazmuniga ko’ra bolalarga tushunarli va ularning tajribasiga yaqin bo’lishi; d) adabiy asarlar badiiy bezatilgan bo’lishi lozim. Agar mazmunan aniq tuzilgan, tushunarli, ifodali tilda qisqa, aniq jumlalar bilan yozilgan bo’lishi kerak. Tarbiyachi bu talablarga asoslanib qayta hikoya qilish uchun asarlarni to’g’ri tanlashi hamda bolalarning so’zlab berish malakalarini ham hisobga olishi kerak. Asarni tanlab olgandan so’ng tarbiyachi uni ifodali o’qishga o’rganish unda bolalar uchun noaniq bo’lgan so’zlarni ajratishi va ularni yaxshiroq tushuntirish yo’llarini o’ylab ko’rishi lozim. Mashg’ulotning tuzilishini belgilashda tarbiyachi unga quyidagi qismlar kirishi mumkinligini esda saqlashi kerak:
1. Kirish suhbati.
2. Matnni birinchi o’qib berish.
3. Asar yuzasidan suhbat o’tkazish.
4. Matnni ikkinchi marta o’qib berish.
5. Bolalarning qayta hikoya qilishlari.
Katta guruh bolalarini hikoya qilishga o’rgatishda qayta hikoya qilish muhim o’rin egallaydi. Bolalar bog’chasining tarbiyachilari bolalarni adabiy asarlarni qayta hikoya qilishga o’rgatishga alohida e’tibor berishlari lozim. Chunki maktabda o’qishning birinchi kunidan boshlab ular qayta hikoya qilishga duch keladilar Katta guruhda tarbiyachi bu malakalarni mustahkamlashi va taraqqiy etishi lozim. Yilning boshida qayta hikoya qilish bo’yicha o’tkaziladigan bir necha mashg’ulotning tuzilishi o’rta guruhdagidek bo’lishi kerak. Maktabgacha tayyorlov guruhining dasturi ham katta guruhdagi hikoya turlari ko’rsatilgan. Lekin bu yoshdagi bolalarni hali jamoa tajribalaridan hikoya tuzishga tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mazmun bo’yicha hikoyalar to’qishga o’rgatishi kerak bo’ladi. Birinchi mashg’ulotlarda tarbiyachi hikoyaning boshlanishida o’zi gapirib beradi. Gapni suratda tasvirlangandan oldin bo’lib o’tgan voqealardan boshlaydi. Masalan, qishki ko’ngilochar tadbirlar surati bo’yicha hikoyani boshlash namunasini beradi. U sayrgacha bolalar nima qilganliklari, nima bilan shug’ullanganliklari, kim ularga ko’chaga chiqishlarini taklif qilganliklari, bolalar qanday to’planganliklari, o’zlari bilan nimalar olib chiqqanliklari haqida hikoya qilib beradi. Nutqni o’stirish mashg’ulotlari, ayniqsa hikoya qilish mashg’ulotlari har kuni o’tkaziladigan ikki mashg’ulotning birinchisi qilib o’tkaziladi. Hikoya qilish mashg’ulotlari muntazam o’tkaziladi. Haftada to’rt marta o’tkaziladigan ona tili mashg’ulotining bittasi hikoya qilishga bag’ishlangan bo’lishi zarur. Hamma dastur vazifalarini kiritish uchun oy davomida mashg’ulot turlarini xilma-xil qilish kerak. Masalan, katta guruhda bunday bo’ladi. Birinchi oy.
I hafta – predmetni tasvirlash,
II hafta – qayta hikoya qilish,
III hafta – suratli tasvirlash,
IV hafta – o’z tajribalaridan hikoya qilish. Ikkinchi oy. I hafta – tasvirlash bo’yicha didaktik o’yin, II hafta – qayta hikoya qilish, III hafta – mayda suratlarni tasvirlash, IV hafta – esga tushirib gapiradigan tasviriy hikoya. Hikoya qilish bo’yicha dastur materiallarini, nutqni o’stirish bo’yicha mazmunan bir-biriga yaqin boshqa mashg’ulotlarga qo’shib amalga oshirish mumkin. Masalan, mashg’ulotning ikkinchi qismi bolalarga hayvonlar haqida topishmoq, hikoya tuzdirish Bir oyda har bir bola kamida bir martadan hikoya qilishga chaqirilgan bo’lishi lozim. Har bir mashg’ulotda 6-7 kishidan so’rash kerak. Hikoya qilish mashg’ulotlarida tarbiyachi to’g’ri sur’atni saqlashi kerak. Bolalarni javob berishga shoshiltirmasligi, javobini o’ylashga vaqt berishi, har bir bolani aqliy ish jarayoniga tortishi lozim. “Sher va Durroj” hikoyati Bir o’rmonda zo’r Sher va Durroj yashar ekan. Sherning kichkinagina bolasi bo’lib, u hali yurishni bilmas ekan. Onasi uni juda yaxshi ko’rar va qumursqa halok qilmasin deb, doimo tishida tishlab yurar ekan. Kunlardan bir kuni Sher bolasini tishlab olib yurganida Durroj pirr etib, sherning boshi ustidan uchib o’tibdi. Sher cho’chib ketibdi va bolasini qattiq tishlab olibdi. Bolasining joni og’rib, yig’lab yuboribdi. Sher bu ishdan juda xafa bo’libdi. U bolasining yara bo’lgan joyini tili bilan yalab-yalab qo’yibdi. Bolasi tinchlanibdi. Durroj Sherni doim shunday cho’chitib yurishni odat qilibdi. Nihoyat, Sher Durroj bilan do’stlashmoqchi bo’libdi va unga: ”Kel, o’rmonda birga do’st bo’lib,tinchgina yashaylik. Sen ashulalar aytib meni xursand qil. Biror kimsa seni xafa qilsa, men hamma vaqt senga yordam beray”, - debdi Durroj ham. Kunlardan bir kuni Durroj:- “Men tuzoqqa tushdim, yordam ber!”-deb qichqiribdi. Sher yordam berish uchun yuguribdi. Qarasa Durroj uni aldabdi. U hech qanaqa tuzoqqa tushmagan ekan. Sher do’stidan xafa bo’libdi. Unga qarab: ”Yolg’on so’zlamagin,yolg’onchi el oldida uyalib qoladi”,-debdi. Ammo Durroj Sherning gapiga quloq solmabdi, yolg’onchiligini aldashini qo’ymabdi. Kunlardan bir kuni Durroj rostdan ovchi qo’ygan tuzoqqa tushib qolibdi. ”Dod! Meni tutib oldilar! Yordam ber!”-deb jon-jahdi bilan chaqiribdi. Sher uni eshitibdi. Yordamga bormoqchi bo’libdi-yu, keyin o’ylab qolibdi: ”Har doimgidek bu gal ham meni aldayotgandir. Bormayman” - debdi. Shunday qilib, Durroj o’z yolg’onchiligi tufayli do’stidan ayrilibdi va ovchi tuzog’iga tushibdi. Masal bo’yicha savollar: 1.Kimlar do’st tutinishibdi? 2.Durroj Sherni nima deb aldabdi? 3.Durrojga kim qasd qasd qilibdi? 4.Sher nima uchun Durrojga yordamga kelmabdi? XULOSA Xulosa qilib aytganda, bolalar hikoyasini baholash – o’rgatuvchi usuldir. Shuning uchun u mashg’ulotning oxirida emas, balki mashg’ulot jarayonida qo’llaniladi. Baholash faqatgina hikoyasi baholanayotgan bolagagina ta’sir etib qolmay, qolgan bolalarga, ular tuzishi lozim bo’lgan hikoyalarga ham ta’sir etadi. Bolalar bahoni tinglab tarbiyachi maqtaganlarga taqlid qiladilar Har bir bolaning hikoyasi mufassal baho berish shart emas.
XULOSA
Demak, Mustaqil Respublikamizda yoshlarga ta'lim berish, fanlarni o’rgatish bilan birga ularni mo’staqil fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash vazifasi belgalandi. Chunki fikrlash til va nutq, 1 tafakkur bilan bohlik bo'lib, fikrlash jarayonida faraz, mo’shoxada, isbotlash, tahlil qilish paydo bo'ladi, aqliy faoliyat, ongli harakat, aql-zakovat, maqsad sari intilish, tafakkur shakllanadi, fikr esa nutq orqali ifoda etiladi.
Maktabgacha ta'limdan boshlab bolalar og’zaki nutqini o’stirish, ularni ko'rgan, eshitgan voqea hodisalari haqida eslab qolganlarini erkin fikrlash orqali bayon qilish, o’z fikrini tushunarli, tartibli ifodalash bilan birga ijodiy fikr yuritishga ham o’rgatiladi, chunki nutq tufayli inson o’zaro fikrlasgadi, muloqot qiladi.
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirish, ularni fikrlashga, uni boshqalarga tushunarli bayon etishga o’rgatish, bolalarning “obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt” fikrlashini shakllantirish va maktabga tayyorlashda nutq o’stirish usullarining o’rni, mohiyati muhimdir. Shuning uchun har bir tarbiyachi pedagogning ta'lim usullarini puxta bilishi, bolalar nutqini rivojlantirishning eng qulay usullarini tanlashi va qo'llay olishi, uni takomillashtirishi lozim.
Bu esa tarbiyachi pedagogdan bolalarni yoshlikdan u yoki bu narsa, buyum, o’yinchoq, voqea-hodisa haqida fikr yuritish, fikrni bayon qilish uchun mos so’z tanlashi, fikrni nutq orqali ifodalashi kabi murakkab jarayonni boshqarishning eng qulay yo'li, usulini tanlay bilishni talab etadi.
Demak, ta'lim usuli va usullarining mazmuni tarbiyachi-pedagog va tarbiyalanuvchilarning tartibga keltirilgan o’zaro munosabati, nutqiy faoliyati shakli bo'lib, ta'limda maqsadga erishish yo'lini ifodalaydi.

Yüklə 123,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin