‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti


  Kurs ishi (loyihasi)ning asosiy qismi



Yüklə 268,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix06.04.2023
ölçüsü268,77 Kb.
#93889
1   2   3   4   5   6   7
Yo\'riqnoma Kurs Ishi QDPI1

4. 
Kurs ishi (loyihasi)ning asosiy qismi rejadagi asosiy punktlami o‘z ichiga oladi. 
Unda tekshirilayotgan masalaning tarixi va nazariyasi ko‘rsatiladi, mavjud adabiyotlaming 
taxlili beriladi, muallifning o ‘z nuqtayi nazari bayon qilinadi. So‘ngra mustaqil ravishda 
o ‘tkazilgan tadqiqotning metodlari,tashkil etilishi va natijalari bayon qilinadi.
Ishni mavzuga doir adabiyotlar bilan ishlashdan boshlash zarur. Bibliografik 
m a’lumotlaming 3 xil manbasi ajratiladi:
a) birinchi (maqolalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va boshqalar);
b) ikkinchi (bibliografiya, referativjumallar,ilmiy axborot jum allar va boshqalar);
d) uchinchi (lug‘atlar va boshqalar).
Bibliografik (qayerda,qanday manbalarda zaruriy m a’lumotlar bor) va sof ilmiy- 
m a’lum bo‘lgan bilimlar mazmunini bildiruvchi m a’lumotlami farqlash kerak.
Kurs ishi (loyihasi)ni yozish jarayonida sohaga oid ilmiy, ilmiy-pedagogik 
jurnallami ko‘rib chiqish zarur. Bunda jumallarning yil uchun oxirgi sonida maqolalaming 
mavzular bo‘yicha ko‘rsatkichi nashr qilinadi. Muayyan mavzular bo‘yicha adabiyotlar 
tafsilotlari bilan tanishish ham foydadan xoli bo‘lmaydi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha m a’lumotlar yig‘ish natijasida quyidagilarga ega bo‘lish
lozim:
a) kim va qayerda (qaysi ilmiy muassasa, markazlarda) tadqiqot mavzusi yuzasidan 
ishlagan va ishlamoqda?
b) ushbu ishlaming natijalari qaysi manbalarda e ’lon qilingan?
d) mazkur natijalar nimalardan iborat?
Talaba tomonidan qo‘lga kiritilgan m a’lumotlar yozma ravishda qayd qilinadi. 
Ularning uch turi mavjud:
Birinchi 
materiallarda 
bibliografik 
kartochkalardagi 
yozuvlar 
sitatalar, 
mikrofilmlar, tadqiqot muammosiga doir alfavit katalog kiradi;
Ikkinchi materiallar ilmiy yoki metodik manbadagi m a’lumotlarni analitik-sintetik 
qayta ishlash natijasi bo‘lgan yozuvlar,rejalar (sodda va murakkab), grafik-sxemalar, 
mustaqil ravishda tuzilgan predmet ko‘rsatkichlar, annotatsiya, tezis, konspekt va 
boshqalardan iborat bo‘ladi;
Uchinchi materiallarda birinchi va ikkinchi materiallar umumlashtiriladi. lining 
mazmuni qisqa tafsilot ko‘rinishida bo‘lib, unda mavzuga doir oldindan m a’lum bo‘lgan 
ilmiy dalillar, qonuniyatlar, nazariyalar, tushunchalar umumlashtiriladi.
Tafsilotni tuzishdan avval mavzuga doir asosiy tushunchalami aniqlashtirish lozim. 
Chunki adabiyotlarda turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinayotgan atama va


tushunchalar kurs ishining boshidan oxirigacha bir m a’noda tushunilishi zarur. Tushuncha 
va atamalar belgilanganidan so‘ng ulaming izohi quyidagi manbalardan aniqlashtiriladi:
a) ensiklopediyalar (masalan, pedagogik, psixologik, filosofik va boshqalar);
b) izohli lug‘atlar: umumiy (“0 ‘zbek tilining izohli lug‘ati” 3-tom) va maxsus 
(masalan, pedagogik, psixologik, sotsiologik);
d) tadqiqot mavzusiga doir asosiy darsliklar va monografiyalarning mundarijasi 
hamda fani.
Tushunchalaming izohi topilganidan so‘ng alohida varaqalarda qayd qilinadi va 
tahlil, qiyoslash, tasniflash, umumlashtirish usullari yordamida mazmunan qayta ishlanadi.
Tadqiqot mavzu bo‘yicha tafsilot yozishda kamida 20 ta manbadan foydalanish 
tavsiya etiladi.
Keyingi bosqichda tajriba-sinov ishining tavsifi beriladi. Bunda ilmiy-metodik 
m a’lumotlar bilan birga, dars ishlanmalari berilishi shait. Tajriba ishida foydalanilgan 
material ham izohlanadi. Agar ushbu material predmetlar tasviridan iborat b o ‘lsa, u matnga 
yoki ilovalarga kiritiladi. Shuningdek, bu yerda qanday asbob, apparat, uskunalardan 
foydalanilganligi k o ‘rsatiladi: ishning barcha bosqichlari tavsiflanadi, tajriba-sinov ishida 
qatnashchilarga berilgan k o ‘rsatmalar ham keltiriladi. Sinov natijalarida aniqlangan 
m a’lumotlar qaysi usulda qayta ishlanganligini alohida ko‘rsatish yaxshi natija beradi.
Tajriba-sinov ishining natijalari jadval, grafik, diagramma ko‘rinishlarida taqdim 
qilinadi. Jadval, rasmlar ostiga qisqa tarzda izohlar keltirilishi lozim. Barcha ko‘rgazmalar 
tartib bilan beriladi. Shu joyda, shuningdek, og‘zaki hisobotlardan ham namunalar berish 
mumkin.
Ishdagi eng muhim nuqtalardan biri xulosalami muhokama qilish jarayoni 
hisoblanadi. Bunda quyidagi savollarga javob topish zarur: Nima uchun shunday bo‘ldi? 
Bunining sabablari riimada? U yoki bu dalilni nima bilan izohlash mumkin? Ishning bu 
bosqichida boshqa mualliflar tomonidan olingan nazariy va amaliy xulosalami jalb qilish, 
ya’ni ular bilan o ‘z shaxsiy xulosalarini qiyoslab ko‘rish, olingan m a’lumotlami 
tushuntirish, izohlash zarur bo‘ladi. Natijalar asosiy matnda qanday tartibda berilgan boMsa 
ulami shu tartibda xulosalab ko‘rsatish lozim.
Kurs ishi (loyihasi)ning hajmi A 4 formatdagi 15-20 varaqdan iborat bo‘ladi. Har bir 
sahifada 30 ta satr, har bir satrda 60 ta belgi (so‘zlar orasidagi o ‘tishlar va tinish belgilarini 
hisoblagan holda) bo‘lishi kerak. 0 ‘ngdan - 3sm, chapdan - 1 sm, yuqoridan - 2,5 sm, 
pastdan - 2,5 sm joy qoldiriladi. Sarlavha va sarlavhachalar asosiy materialdan 3 interval 
hajmda ajratiladi va bosma harflar bilan yoziladi.
Ish mantiqiy izchillikda, adabiy tilda yoziladi. Unda murakkab qo‘shma gaplardan, 
shuningdek, o ‘ta sodda gaplami ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Mening kuzatishimcha, men hisoblaymanki, mening fikrim cha tarzida 1-shaxs birlik 
nomidan gapirish o ‘miga bizning kuzatishimizcha, biz hisoblaymizki, bizning fikrimizcha 
kabi iboralardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Kurs ishi (loyihasi)ni yozishda yagona uslub saqlanishi, hozirgi o ‘zbek (ms) adabiy 
tilining orfografik, sintaktik va stilistik m e’yorlariga amal qilinishi lozim.

Yüklə 268,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin