II. Tadqiqot mavziisini tanlash 2.1. Kurs ishi (loyihasi) mavzulari o ‘quv yili boshlanishiga qadar tegishli kafedra
majlisida muhokama qilinadi, tasdiqlanadi va o ‘quv yilining boshida talabalarga m a’lum
qilinadi. Kurs ishi asosan 3-4 blok fanlari bo‘yicha yoziladi.
2.2. Kurs ishi mavzularining to ‘plami quyidagi talablarga javob berishi zarur:
a) bo‘lajak o ‘qituvchini tayyorlash vazifalariga mos kelishi;
b) zamonaviy ilmiy-pedagogik tadqiqotlar yo‘nahshlari va muammolarini hisobga
olishi;
v) psixologik-pedagogik nazariya va amaliyot sohasiga nisbatan talabalaming xilma-
xil qiziqishlarini hisobga oHshi;
d) maktabgacha ta ’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari umumiy o ‘rta va o ‘rta maxsus
kasb-hunar ta ’Hmi muassasalari o ‘quvchilariga ta ’lim va tarbiya berishning dolzarb
muammolarini ishlab chiqishi zarur.
2.3. Kurs ishi mavzulari turli usullar yordamida belgilanishi mumkin:
1. Talaba o ‘z amaliy faoliyatida fandan duch kelayotgan qiyinchiliklarini bartaraf
qilish uchun yordam beruvchi mavzu bo‘yicha ishlash ham mumkin. Bu yo‘nalishdagi
mavzulami odatda OTMga kirguniga qadar pedagogik faoliyat olib borgan yoki ish bilan
o ‘qishni birgalikda olib borayotgan talabalar tanlab oladilar.
2. Talaba o ‘z qiziqishlariga mos keluvchi mavzular bo‘yicha ish olib boradi. Talabaga
mustaqil ravishda tadqiqot mavzusini tanlashida quyidagi usullar yordam beradi:
a) yetakchi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan ilm-fan yutuqlarining qisqa
taxliliy tafsilotlarini o ‘rganish (chunki ushbu tafsilotlaming oxirida hal qilinishi lozim
bo‘lgan muammolar albatta ko‘rsatiladi);
b) oldin bajarilgan tadqiqotlarda o ‘rganilgan muammolarga yaqin mavzulami tanlash,
bunda yangi, yana ham mukammalroq metodlardan foydalanish;
d) tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilgan, ammo o ‘rganilmagan gipotezalarni
tekshirish;
e) maxsus adabiyotlar va davriy psixologik-pedagogik nashrlar bilan muntazam
tanishib borish:
f) dolzarb ahamiyatga ega, kam o ‘rganilgan muammo va masalalami aniqlash
maqsadida yetakchi olimlar bilan maslahatlashish.
2.4. Kurs ishi mavzusi aniqlanib, ilmiy rahbar bilan kelishilganidan so‘ng kurs ishini
bajarish bosqichlari aniqlashtirilgan taqvim-reja ishlab chiqiladi. Mazkur reja tadqiqot
ishining borishini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi va talabaga kurs ishini mustaqil
hamda ongli ravishda bajarishiga yordam beradi.