5.8. Funksional qiym at tahlili
Funksional qiymatli tahlil - ishlab chiqarish sikli davomida sodir
b oiadigan xarajatlar to‘g ‘risida m aium otlam i jamlab, sodir b o ig a n
sarflami kamaytirish yoki uni maqbul darajalarini ko‘rsatishdan iborat.
Ushbu tahlilning obyekti muayyan mahsulot, uning ishlab chiqarish
jarayoni hamda texnik-texnologik tizimi hisoblanadi. Misol uchun,
korxona traktor ishlab chiqarish uchun moijallangan. Demak, traktor
uning obyekti b o iib hisoblanadi.
Funksional qiymatli tahlil o‘z icluga x o ‘jalik faoliyatini amalga
oshirishning dastlabki faoliyatlarini ham qamrab oladi, y a ’ni kerak bo‘-
ladigan m ablagiar, llmiy-metodik ishlar, texnik-iqtisodiy usullar, qurol-
lanish bazasi, oshiqcha xarajatlami kamaytirish yoki ular uchun qo‘-
shimcha m ablagiam i ajratish va hokazolar. Bu ishlaming am alga oshi-
rilishi faoliyat funksiyasini har tomonlama o ‘rganib ulaming sarflash
kerak b o ig a n xarajatlari bilan birga belgilanib olinishidan boshlanadi.
Mazkur tahlil turining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ishlab chiqarish
jarayonini amalga oshirish uchun kerak b o ig a n barcha omillami
xarajatlar bilan birga b o g iiq holda tahlil qilishni ta’minlaydi.
Funksional qiymatli tahlil eng ilg‘or tahlil turi b oiib, obyektlami
tizimli o‘rganish metodiga asoslanib bajariladi. Uning asosiy tamoyillari
quyidagilardan iborat:
- funksional yondashish, ya'ni o‘rganiladigan jarayonlar asosiy,
qo‘shimcha va yordamchi, keraksiz guruhlarga ajratilib o‘rganiladi;
- mulk egalarining manfaati nuqtayi nazaridan yondashish;
- tizimli va kompleks yondashish;
- ijodiy yondashish;
- istiqbolli tahlil metodlarini qoilash.
Ushbu tahlilning eng ijobiy tomoni o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa
va jarayonlami qanday natija bilan tugashini avvaldan aniq ко rsata
biladi.
Funksional qiymatli tahlil odatdayetti bosqichdan iborat bo‘lib, ular
quyidagilardan iborat:
• birinchi bosqich - tayyorgarlik bosqichi b o iib , bunda tahlil ob-
yekti tanlab olinadi, tahlil dasturi va rejasi tuziladi hamda tahlil о t-
kazilishi to‘g‘risidagi qaror rasmiylashtiriladi;
• ikkinchi bosqich - m a’lumotlar to‘plash bosqichi bo‘lib, bunda
m a’ lumotlar yig‘iladi va tizimlashtiriladi. 0 ‘rganilayotgan obyektning
texnik holati va qiymat ko‘rsatkichlari o‘rganiladi, patentli axborotlar va
ixtirochilik ishlari ko‘rib chiqiladi;
• uchinchi bosqich - analitik bosqich bo‘lib, bunda to ‘plangan ma -
lumotlar keraklilik darajasiga qarab guruhlashtiriladi (eng asosiy, asosiy,
yordamchi, keraksiz) hamda m a’lumotlarga baho beriladi;
• to‘rtinchi bosqich —
ijodiy bosqich bo‘lib, bunda vazifalar yechimi
bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi, oldingi bosqichlarga moslashtirilishi,
keraksiz funksiyalami likvidlash, bir qancha funksiyalar va obyekt
bo‘y ich a xarajatlami qisqartirishdan iborat,
• beshinchi bosqich - izlanuvchanlik bosqichi bo‘lib, bunda m a’lu-
motlami muhokama qilish, izlanish, kompleks baholash ham da ijodiy
bosqichda qayta ishlangan takliflami saralash, eng maqbul variantlami
ishlab chiqarishga joriy qilishdan iborat;
• oltinchi bosqich - tavsiyalar berish bosqichi bo‘lib, bunda funk
sional qiymatli tahlil o‘tkazayotganlar oldingi bosqich natijalari va tak-
liflaridan kelib chiqib yakuniy qaror qabul qilinishi lozim bo‘ladi. Funk
sional qiymatli tahlil natijalarini muhokama qilish va rasmiylashtirish
ham da tavsiyalaming reja grafiklarini to‘g ‘rilashlardan iborat bo‘ladi;
• yettinchi bosqichda reja-grafik loyihalarini tasdiqlash to‘g ‘risidagi
tavsiyalami kiritish hamda uni bajarish ishlarini olib borish.
Funksional qiymatli tahlilning asosiy maqsadi - mahsulotning (ish,
xizm at) iste’mol qiymati va qiymati bo‘yicha maqbul aloqadorlilik
ham da moslikni aniqlashdan iborat.
Funksional qiymatli tahlil quyidagi maqsadlami amalga oshirishda
Toy dal anil adi:
- korxonaning fovdasini oshirish;
- mahsulot tannarxini pasaytirish va foydalanishdagi xarajatlami
kamaytirish;
- ishlab chiqarilgan mahsulotni standart talablari darajasida bo‘li-
shini ta’minlash;
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish uchun esa quyidagi
ishlami tartibga soladi:
1. Mahsulot ishlab chiqarishda material sig‘imi, mehnat sig‘imi,
fond sig‘imini kamaytirish.
2. Transport va undan foydalanish xarajatlarini kamaytirish..
3. Qimmatbaho va import orqali olib kelinadigan xomashyolarni
boshqa o ‘rinbosar mahalliy materiallar bilan almashtirish.
4. Sifatli mahsulot ishlab chiqarish salm og‘ini oshirib, sifatsiz
mahsulotlar yaratishni kamaytirish yoki to‘xtatish.
5. Mehnat unumdorligini oshirish va hokazolar.
Sifat darajasini oshirishda esa quyidagi vazifalami bajarish.i lozim:
A) talab qilingan sifat ko‘rsatkichini belgilab olish;
B) talab qilingan texnik ko‘rsatkichlar bilan ta ’minlash;
D) talab qilingan darajada mahsulot ishlab chiqarish.
Yakuniy natija ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini maqbul
darajada kamaytirish bo‘lib, u quyidagicha amalga oshadi:
- mahsulot uchun sarflanadigan xarajatni mazkur mahsulotga bo‘l-
gan talabni oshirish bilan bir vaqtda kamaytirilishini ta’minlash;
- xarajatlami maqbul darajada saqlagan holda mahsulotning sifat
darajasini oshirish;
- xarajatlami kamaytirgan holda sifat darajasini saqlab qolish va
boshqalar.
Tahlilning asosiy vazifalaridan yana biri - ishlab chiqarishni texno-
logik jarayonida sodir bo‘layotgan barcha salbiy xarajatlar t o ‘g‘risida
m a’lumotlami jamlab, ulami bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishdir.
Funksional qiymatli tahlilning natijalarini baholashda uch xil yon-
dashish bo‘ladi. Bundan birinchisi muammoli yondashish. bunda milliy
iqtisodiyot yoki tarmoq miqyosida ayrim muammolaming yechilishini
k o ‘riladi. Misol uchun, quyosh energiyasidan foydalanishning y o ig a
qo‘yilishi natijasi da bu sohada mamlakatda qanday muammolar hal qili
nadi. Bu bilan tarmoqda, joylarda energiyaning yetishmaslik muammosi
tugatildimi, kabi savollarga javob topiladi.
Ikkinchi yondashish - bu kreditli yondashishdir. Bu funksional
qiymatli tahlil yordamida aniqlangan obyektning amaldagi faoliyati
maqsad darajasidami, iqtisodiyotdagi ortiqcha xarajatlami karnaytirdimi,
kabi savollami ko‘rib chiqadi.
Uchinchi yondashish - bu izlanuvchanlikdir. Bu yondashuvda funk-
sional qiymatli tahlilning obyektida ilgari ko‘rilmagan kamchiliklami
qayta o‘rganib ainaliyotga qo‘llaydi yoki qo‘shimcha fikrlar beriladi.
Funksional qiymatli tahlil asosiy kriteriylarga ega bo‘lib, ular quyi-
dagilardan iborat:
- iqtisodiy ko‘rsatkichlar, y a ’ni ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar, tannarx, rentabellik va boshqalar.
- texnik-konstruktorlik ko‘rsatkichlar, ya'ni yaratilgan obyektning
tuzilishi va uning iqtisodiyotda kerakligi, ishlab chiqarish texnologiyasi
yoki foydalanish ko‘rsatmalari, asosiy sarflanuvchi materiallar va ma
terial sig im i, detail ami sotib olish hajmi vahokazo.
- ishlab chiqarish jarayonidagi keraksiz texnologik ko‘rsatkichlar -
ishlab chiqarish yoki texnikani ishga solish jarayonida atrof-muhitning
ifloslanishi, qiyin ishga tushirilishi yoki katta hajmdagi mehnatni talab
qilishi, katta koiam ni egallashi va boshqalar.
- ishlab chiqarish obyektida resurslar sarfi chegarasini belgilovchi
ko‘rsatkichlar. Bunda fizik-texnik resurslar zaxirasi, foydalanishdagi re
surslar zaxiralari, texnologiyani qoilab-quvvatlash va obvektni loyiha-
lashdagi, obyekt hujjatida talab qilgan m e’yordagi resurslar sarfini kafo-
latlash kabi ma'lumotlar o‘rganiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlari to‘g ‘risida m aiu m o t barcha boshqaruv
organlariga uning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rsatilgan holda taqdim
etilishi lozim.
Funksional qiymatli tahlil yordamida ko‘rsatilgan reja ijobiy deb
topilsa uni amalda ko‘rsatib, tashviqot ishlari olib boriladi.
Tashviqot ishlari aniq dalillar orqali, isbotli olib borilishi lozim.
Iqtisodiy tomondan obyektni to‘g ‘ri moliyalashtirish va ishni olib
borish tartibi belgilanadi. Shu bilan birga iqtisodiy shartlari, uning uzoq
muddatga moijallanganligi, bajaradigan ishining bir qancha yil davom
etishi kabi qirralari ko‘rsatildi. Agarda funksional qiymatli tahlilda ко r-
satilgan reja davrlar o‘tishi bilan o‘zgartirish ishlariga muhtoj bo Isa.
buni avvaldan ko‘rsatish va ko‘rsatilgan davrda amalga oshirishni ta -
mini ash lozim. Bu o‘zgartirishlarga m e’yony xarajatlari, ishchilaming
qisqarishi va hokazolar kiradi.
Asosiy vazifalar amalga oshirilgach, tavyor bo‘lgan obyektga shart-
sharoit yaratilishi zarur. Obyekt tayyor bo‘lgach, uni iste molchilar to-
monidan tezlik bilan sotib olinishiga harakat qilinishi kerak. Bunda ob
yektning bajaradigan vazifalari iste’molchilarga to iiq yetkazilishini ta -
minlanhdan iborat.
Funksional qiymatli tahlil injenerlik, iqtisodiy, huquqiy, texnologik
masalalaming barchasini mujassamlashtirgan holda jarayonlar va hodi-
salarm oxirgi natijasidan avvalroq bilib, o ‘rganib turadigan tahlil turidir.
Bu tahlil turi eng rivojlangan mamlakatlaming ishlab chiqarishida
amalda qo‘llanilib, katta ijobiy yutuqlarga erishilgan.
Funksional qiymatli tahlilning shu bilan bir qatorda salbiy taraflari
ham mavjud b o iib , unda barcha bajariladigan ishlar eng optimal variant,
deb qaraladi va yangi texnologiyalaming kirib kelishini sekinlashtiradi.
Chunki bu ishlar oldindan ko'rilgan optimal variant va uzoq davrga
m o‘ljallangaii, deb qaraladi. Bu salbiy taraflaming oldini olish uchun
faoliyat ko‘rsatayotgan mehnat kuchlari qatlamining ma’naviy tarafdan
boyligini oshirib borish lozim.
Funksional qiymatli tahlilda iqtisodchilar bilan bir qatorda injener,
texnolog, oddiy ishchilaming mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qat-
nashuv darajasini takomillashtirish ishlari ham ko‘rib chiqiladi. Umu-
man bu tahlil har bir faoliyatni aniq o ‘lchangan va natijalashtirgan holda
ko‘radi.
Dostları ilə paylaş: |