5.1- ja d va l
Istiqbolli iqtisodiy tahlil hamda uning o‘ziga xos jihatlari
t/ г
Belajilari
Istiqbolli (P e rsp e k tiv ) tah lil
1.
M aqsadiga qarab
X o ‘ja lik subyektlar rahbariyatini istiqbolli boshqaruv
qarorlari qabul qilish uchun zarur axborotlar bilan
ta ’m inlash
2.
K o ‘rsatkichlar tizim iga qarab
A sosan m oliyaviy k o ‘rsatkichlar (foyda, tannarx, pul
m ablag‘lari harakati ko'rsatkichlan kabilar)
3.
A xborot m anbalariga qarab
X o ‘ja lik subyektlam ing bir necha yillik m oliyaviy
hisoboti shakllari va boshqa iqtisodiy axborotlari,
shuningdek, taxminga asoslangan axborotlar
4.
0 ‘tkazish usullariga qarab
Joriy tahlil usullari hamda korrelyatsion-regression,
statistik va taxminlash kabilar
5.
M uddatiga qarab
3-5 va undan ko‘p yillik m a’lum otlar asosida
6.
Foydalanuvchshar doirasiga
qarab
A sosan x o 'jalik subyektlari rahbarlari uchun
7.
A vtom atlashtirshi darajasiga
qarab
A n iq avtom atlashtirishni talab qiladi. Bunda maxsus,
m urakkab kompyuter dasturlaridan foydalaniladi
Mazkur tahlilning muhim xususiyati shundaki, u o‘tgan davr iqti
sodiy - moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida ularga kelgusida
ta ’sir etuvchi omillami aniqlash imkonini beradi. Bunda istiqbolli tah
lilni tashkil etishda joriy tahlil va istiqbolli taxminlash elementlaridan
samarali foydalanish lozim.
5.2-chizma. Xo‘jalik subycktlarida istiqbolli iqtisodiy tahlilni amalga
oshirish bosqichlari.
Taxminlash istiqbolli iqtisodiy tahlil o'tkazishning muhim bosqichi
hisoblanib, u kelgusi tahlil, boshqaruv jarayoniga ta’sir etuvchi omillar
tahlili, iqtisodiy rivojlamshning muqobil variantlaridan eng samaralisini
tanlab olish orqali amalga oshiriladi.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalaridan biri istiqbolga
m oijallangan investitsiva qarorlarini qabul qilishdagi xatoliklami bar-
taraf etishdan iborat. Shuningdek, mazkur tahlil quyidagilami baholash
imkonini beradi:
- xo‘jalik subyektlarining mulkiy holati;
- tadbirkorlik riski darajasi;
- uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlami bajarish imkoniyati,
- joriy va uzoq muddatli investitsiyalar uchun kapital yetarliligi,
- qo‘shimcha moliyaviy manbalarga ehtiyoj;
- kapitalni k o ‘paytirish imkoniyati;
- qarz m ablag‘larining oqilona tarzda jalb etilishi tahlili;
- foydani taqsimlash va ishlatilishining asoslanganligi;
- investitsiyalami y o ‘naltirishning maqsadga muvofiqligi.
Keng m a'noda istiqbolli iqtisodiy tahlildan quy idagi maqsadlarda
foydalanish mumkin:
- qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiya qarorlarining maq
sadga muvofiqligini asoslashda;
- investitsiya faoliyatini boshqarish sifatini baholashda;
- kelgusi natijalami taxminlash usuli sifatida.
Istiqbolli iqtisodiy tahlil natijalari oqilona strategik boshqaruv qa-
rorlari qabul qilishda muhim m a’lumotlar manbavi hisoblanadi.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilning asosiy vazifasi istiqbolli rejalarga asos
langan holda ularning bajarilish imkoniyatlarini baholash hisoblanadi.
Ushbu tahlil turi istalgan faoliyat sohasining muhim iqtisodiy-moliyaviy
ko'rsatkichlanni kompleks qamrab oladi, chunki bir tomonlama istiq
bolli tahlil xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy samaradorlikka erishishi-
dagi mavjud muammolami to ‘liq ifodalash imkonim bermaydi.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilning boshqa tahlil turlaridan asosiy farqi uni
tashkil etishda x o ‘jalik subyektlaming bir necha yillik ma'lumotlaridan
foydalanishdir. Bu esa hisob-kitob jarayonini murakkablashtiradi. Shu
sababli urn tashkil etishda iqtisodiy-moliyaviy jarayonlami modellashti-
rish usullaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilda xo‘jalik subyektlari faoliyatining uzluk-
sizligi va iqtisodiy yashovchanligini tavsiflovchi asosiy moliyaviy
ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
- xo‘jalik subyektlarining ishbilannonlik faolligi ko‘rsatkichlari;
- joriy to ‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari;
- uzoq muddatli to io v g a layoqatlilik ko‘rsatkichlari.
Ushbu ko‘rsatkichlaming pasavishi xo‘jalik subyektlarining moliya
viy jihatdan barqaror emasligidan dalolat beradi.
X o‘jalik subyektlarining ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichlari pa-
sayishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
- mahsulotlar sotishdan olinadigan tushumning kamayishi;
- sotish su r’atlari o ‘sishining hisobot davri bo‘yicha beqarorligi;
- tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi va ishlab chiqarish zaxira-
larining kamayishi;
- iste’mol qilinadigan resurslar miqdorini ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarga nisbatan oshib ketishi;
- aylanma aktivlaming ishlab chiqarish zaxiralari tarkibida b o iish
muddatining oshishi;
- ishlab chikarish sikli va tayyor mahsulotni omborda saqlash mud
datining cho‘zilishi;
- pul m ablagiarining harakatsiz qolish muddatining uzayishi;
- daromad keltirmaydigan aktivlar qiymatining asossiz ravishda or-
tishi;
- ishlab chiqarishdagi va muomaladagi aylanma aktivlar nisbatidagi
mutanosiblik.
Xo‘jalik subyektlarining o£z majburiyatlarini kelgusida bajara ol-
masligi quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi:
- sof aktivlar va ustav kapitalining noqulay nisbati;
- uzoq muddat zarar bilan ishlash holatining yuzaga kelishi;
- kapital zaxiralarining kamayishi;
- hisobot davri oxirida xo‘jalik subyektlari kapitali narxining yil bo-
shidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan oshib ketishi;
- aktivlar rentabelligi va xo‘jalik subyektlari kapitali bahosining no-
maqbul nisbati;
- foiz xarajatlarini qoplash koeffitsiyenti qiymatining kamayishi
(maijinal foydaning to io v bo‘yicha foizlar summasiga nisbati);
- xarajatlar rentabelligining sezilarli darajada kamayishi (soliqlar va
foizlarni hisoblab ajratishgacha b o ig an foydaning xo‘jalik subyektlar
xarajatlariga nisbati) ko‘rsatkichlari.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik subyektlari iqtisodiy yashov-
chanligi ko‘rsatkichlari guruhlari o‘zaro b o g iiq b o iib , faoliyat k o iam i-
ning qisqanshi joriy va uzoq muddatli tashqi majburiyatlarni bajarishda
moliyaviy qiyinchiliklaming yuzaga kelishi. ishbilarmonlik faolligining
susayishi iqtisodiy subyektning bankrotlik holatiga tushishiga olib
keladi.
Demak. istiqbolli tahlil yordamida korxonaning kelgusidagi iqtiso-
diy-ijtimoiy natijalarining strategiyasini belgilab olish, boshqaruvni
yuqori darajaga ko‘tarish imkoniyatlari paydo bo iad i. Bundan tashqari,
korxonani iqtisodiy-ijtimoiy natijalarini fan-texnika taraqqiyoti bilan
bog iagan holda, kelgusida milliy iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojla
nish strategiyasini ko‘rsatib berishi mumkin boiadi.
Istiqbolli tahlil korxonalar faoliyatini avvaldan ko‘ra bilish yoki
prognozlashtirish deb ham qaraladi.
Korxona faoliyatidagi y o ‘nalishlarga ko‘ra bugungi kunda opera-
tsion tahlil, investitsiya tahlili, innovatsiya tahlili, moliyaviy tahlil kabi
tahlil turlari yuzaga chiqib, tabora rivojlanib bormoqda. Bu esa har bir
alohida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tahlilni batafsil o ‘tka-
zishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda korxona faoliyatining barcha
y o ‘naiishlari, obyektlari va mablag‘ aylanish bosqichlarini bir-birlari bi
lan uzviy bog‘liqlikda o‘rganish boshqaruv ehtiyojlari uchun zarur. Kor
xona faoliyatini batafsil va har tomonlama o ‘rganish bilan taktika va
strategiyani olib borishda eng muhim hamda asosiy bo‘lgan k o ‘r-
satkichlar (omillar) tizimi ishlab chiqiladi.
Boshqaruv maqsadidagi xo‘jalik faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlil
etishning metodik jihatdan tashkiliy bosqichlari quyidagilardan iborat:
- kompleks iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalarini aniqlash;
- qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ko‘rsatkichlar y ig ‘indisi-
ning asosliligini har tomonlama tahlil etish;
- kompleks iqtisodiy tahlil o ‘tkazish bosqichlarini belgilash;
- kompleks iqtisodiy tahlil o'tkazish muddatlarini belgilash;
- tahlilni tashkil etish bosqichlarini ishlab chiqish va xizmat bo‘lim-
lari bo‘yicha vazifalarning taqsimlanishi;
- tahlil natijalarini rasmiylashtirish va ularni baholash;
- analitik ishning mehnat sig‘imini baholash, tahlil natijasining sa-
marasini jam i ash.
Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning maqsad va va-
zifasi avvalo korxonani ichki xo‘jalik muommolarini yechishga, y a ’ni
faoliyat natijaviyligi hamda uning iqtisodiy potensialini tashkil etuvchi
resurslar, kapitaldan foydalanishga daromad, foyda kompaniya qiymatini,
aksionerlaming aksiyadan oladigan daromadlarini oshirishga qaratilgan.
Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning ayrim o ‘ziga
xos xususiy atlari:
- tahlil natijalari korxonaning o ‘z maqsadlari va manfaatlariga xiz
mat qiladi;
- tahlil o ‘tkazishda barcha turdagi manbalardan, shu jumladan, ish
lab chiqarish hisobi m a’lumotlaridan ham keng foydalaniladi;
- tahlil o‘tkazishni davlat boshqaruv organlari tomonidan cheklan-
maganligi;
- tahlil kompleks tarzda korxona faoliyatining barcha tomonlari bir-
biri bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi;
- tahlil natijalari sir saqlanadi.
Korxona faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlilining asosiy vazifalari:
1) ko‘rsatkichlami bazis davridan farqlanishiga ijobiy va salbiy
ta’sir etuvchi omillami o‘rganish;
2) xo‘jalik faoliyati samaradorligini obyektiv ravishda baholash;
3) biznes-rejani ilmiy jihatdan asoslanganligi, uning bajarilishini na-
zorat qilish;
4) mahsulot hajmini oshirish, uning tannarxini pasaytirish bo‘yicha
foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash, o‘tkazilgan sinov
natijalarini atroflicha o‘rganish va ulami umumlashtirish.
Chuqur va aniq, obyektiv tahliliy xulosalarga bir qancha turdagi ax-
borot manbalariga ishlov berish orqali erishiladi. Iqtisodiy tahlil uchun
ichki axborot manbalari muhim ahamiyatga ega. Ular tarkibiga quyi-
dagilar kiradi:
- ta ’sis hujjatlari;
- asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar tarkibi, ular qiymati, xo‘-
jalik operatsiyalari hamda korxonaning daromad va xarajatlarini o ‘zida
ifoda etuvchi dastlabki hujjatlar;
- texnik loyihalarga oid hujjatlar
- investorlar, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, qarzdorlar, emi-
tentlar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlami ifodalovchi yuridik hujjatlar;
- buxgalteriya hisobining analitik m a’lumotlari;
- tezkor va statistik hisob ma’lumotlari;
- buxgalteriya hisoboti;
- nazorat organlarining dalolatnomalari, auditor va soliq inspek-
siyalari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv xulosalari, tijorat banklarining
dalolatnomasi;
- m e’yoriy hujjatlar;
- biznes-reja va hokazolar.
Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun quyidagi tashqi manba-
lardan ham foydalaniladi:
- davlatning iqtisodiy sohadagi siyosatini ifodalovchi siyosiy xarak-
terdagi manbalar, masalan, tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilami
soliq yukini pasaytirish orqali rag‘batlantirish yoki ayrim turdagi fao-
liyatlami cheklashlami keltirish mumkin;
- ayrim turdagi tovarlar, xizmatlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar,
kredit stavkalari foizi, chet el valyuta kursining o ‘zgarishi, ayrim kom-
paniya va tijorat banklari reytingi to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar;
- mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, investorlar, kreditorlaming
moliyaviy ahvoli to‘g ‘risidagi m aium otlar;
- rahbar lovozimdagi yuridik shaxslaming ishbilarmonlik v a shax-
siy sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi m aium otlar;
- gazeta, jum al, birja byulletenlari, televideniye va radio, internet
m aium otlari va hokazo.
Tahlil manbalari guruhlarga ajratiladi, hisobotlarda aks etgan m a iu
motlar har tomonlama chuqur tekshiruvdan o‘tkazilib, so‘ng m aiu m o t-
larga analitik ishlovlar beriladi.
Dostları ilə paylaş: |