Iqtisodiy ma 'lumotlar koMami kengligi jihatidan ikki yirik guruhga
bo‘linadi. Birinchisi - ichki iqtisodiy m a’lumotlar. Ulami biznes-reja,
hisob tizimi, budjet hisob-kitoblari, korxona dasturi m a’lumotlari, turli
xil texnologik m a’lumotlar va shu kabilar tashkil etadi. Ikkinchisi -
tashqi iqtisodiy m a’lumotlar. Misol uchun, tovar-xomashyo bozoridagi
m a’lumotlar, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi m a’lumotlar, raqobatdosh
korxona m a’lumotlari, tarmoqdagi o ‘rtacha ko‘rsatkichlar va shu
kabilar. Bu manbalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi.
Huquqiy-me ’y o riy ma 'lumotlar xalqaro va mamlakatda atnal qila-
yotgan barcha qonunlar, hukumat qarorlari, m e’yoriy hujjatlar hamda
aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlar, korxona pasporti, ustavi, korxona
a’zo b o ig a n turli uyushmalardagi shartnomalar va shu kabilardan iborat
bo‘ladi.
Ilmiy-texnik m a ’lumotlar esa eng yangi taraqqiyot, ilm-fandagi o‘z-
garishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborot-
lardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy-ekologik ma 'lumotlar tabiat, yer, suv, havo, iqlim va boshqa
ekologik omillami mujassamlashtirgan axborotlardan iborat bo‘ladi.
Benchmarking m a ’lumotlari ro'v berislii mumkin bo‘lgan, biroq eh-
timoliy m a’lumotlardir. Mazkur m a’lumotlar barcha ma’lumot va ax
borotlami qayta ishlash y o ‘li bilan yoki voqealar rivoji bilan evristik
usulda shakllantiriladi.
Boshqa ma ’lumotlarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, ta
biiy-ekologik, benchmarking kabi manbalarda aks etmagan m a’lumotlar
tushunilib, ularga ommaviy-axborot vositalari, gazeta va jumallardagi,
radio va televideniyedagi keltirilgan axborotlar kiradi.
Turli axborot va m a’lumotlami tahlil jarayonlarida qo‘llash natija-
laming mazmunini boyitishga, boshqaruv qarorlarining xolisona b o ii-
shiga asos sanaladi.
Iqtisodiy axborotlar boshqa turdagi axborotlardan quyidagi jihatlari
bilan ajralib turadi:
•