‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 7,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/146
tarix27.08.2023
ölçüsü7,18 Mb.
#140689
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   146
Iqtisodiy tahlil

Hisobdan tashqari
ma’lumotlar manbalari bu korxonaning tegishli 
hujjatlari b o iib , korxona faoliyati tashqi muhitdagi o ‘zgarishlami tavsif­
lovchi m a’lumoti ardir.
1. Rasmiy hujjatlar, korxona o‘z faoliyatida ishlatishi majbur bo‘l- 
gan hujjatlar: davlat qonunlan, Prezident farmoyishlari, hukumat qaror- 
lari, yuqori turuvchi muassasalar qarorlari, tekshiruv va audit xulosalari, 
korxona rahbarlarining qarorlari, boshqaruv yig‘ilishining qarorlari va 
boshqalar.
2. Xo‘jalik huquqiga oid hujjatlar: shartnomalar, arbitraj va sud 
qarorlari, reklamatsiyalar.
3. Ilmiy-texnik m a’lumot (maqolalar, ilmiy-tadqiqot ishlar natijasi 
hisoboti va hokazo).
4. Texnik va texnologik hujjatlar.
5. Korxona va alohida ish joylarining holati haqidagi maxsus tad­
qiqot hujjatlari (xronometraj, rasmlar).
6. Korxona asosiy kontragentlari haqidagi m a’lumot - ta ’minlovchi 
va xaridorlar.
7. Turli xil manbalardan asosiy raqobatchilar haqidagi olingan m a’­
lumot - Internet, radio, televideniye, gazeta, jum allar, informatsion 
byulletenlar va boshqalardan.
8. Material resurslar bozori holati haqidagi m a’lumot (bozor hajm- 
lari, alohida mahsulotlar uchun narx-navo darajasi va dinamikasi).
9. Kapital bozorining holati haqida m a’lumot.
10. Fond bozorlari haqidagi m a’lumotlar (qimmatli qog‘ozlaming 
asosiy ko!rinishlari bo‘yicha taklif va narx-navo).
11. Mamalaktda makroiqtisodiy k o ‘rsatkichlaming o‘zgarishi haqi­
dagi Davlat statistika qo‘mitasi m a’lumotlari.
Tadqiqotning obyektiga nisbatat m a iu m o t ichki va tashqi bo‘ladi.


Ichki m a’lumot tizimi bu buxgalteriya, statistika, operativ hisob va hi­
sobot m aium otlari, reja m aium otlari, korxonada ishlab chiqilgan me’- 
yoriy hujjatlar va hokazo. Tashqi m a’lumotlar tizimi bu statistik to‘p- 
lamlardagi qayd etilgan m aium otlar, doimiy va maxsus nashriyotlar, 
konferensiya va uchrashuvlardagi m aium otlar, rasmiy va xo'jalik-hu- 
quqiy hujjatlar va shu kabilar.
Tadqiqotning predmetiga nisbatan m aiu m ot asosiy m aium otga, 
ham da o ‘rganilayotgan predmet sohasini yanada mukammalroq tavsif- 
lash uchun yordamchi m a’lum otlargaboiinadi.
Doimiy ravishda tushadigan analitik m aium ot regulyar va epizod 
tavsifidagi m aium otlarga boiinadi. Regulyar m aium ot manbalariga 
rejali va hisob m aium otlari tegishli. Epizod tavsifidagi m aium otlar esa 
keraklilik darajasiga nisbatan hosil boiadi, misol uchun yangi raqo- 
batchi haqida m aium ot.
Regulyar m aium ot, o ‘z navbatida, o‘zining kerakliligini uzoq mud- 
dat saqlovchi doimiy m aium otga (kodlar, shifrlar, buxgalteriya hisobi- 
ning rejasi va shu kabilar), o‘zining kerakliligini m aiu m bir muddat 
saqlaydigan shartli doimiy m aium otga (reja ko‘rsatkichlari, m e’yoriy 
ko‘rsatkichlar), voqealaming tez tez o‘zgarishini tavsiflaydigan o‘zga- 
ruvchan m aiu m o t (m aiu m bir muddat uchun tahlil qilinayotgan obyekt 
haqidagi hisob m aium otlari) kabilarga tasniflanadi.
0 ‘rganib chiqish jaryoniga nisbatan m aium otni birlamchi m a iu ­
mot (birlamchi hisob, inventarizatsiya, kuzatish m aium otlari) va m a’- 
lum bir o ‘rganish va o ‘zgarish jarayonini o‘tgan ikkilamchi m aium otga 
(hisobot va shu kabilar) ajratish mumkin.
Tahlilning informatsiya ta ’minotini amalga oshirishda bir qator ta- 
lablar qo‘yiladi, y a ’ni m aium otning analitik ekanligi, uning haqiqiyligi, 
tezkorligi, taqqoslana olishi, ratsionalligi va boshqalar.
M aium otning analitik ekanligi butun iqtisodiy m aium ot iqtisodiy 
tahlil talablariga javob berishi kerakligini bildiradi, y a ’ni m aium ot- 
lam ing aynan sohalar faoliyati va iqtisodiy jarayonni har tomonlama o‘r- 
ganish uchun zarur b o ig a n detallashtirilgan holda kelib tushishini ta’­
minlash, ular asosida asosiy omillaming ta’sir qilishini aniqlash va 
ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ichki xo‘jalik zaxi- 
ralarini o ‘rganish imkoni b o iish i lozim. Shuning uchun iqtisodiy tahlil­
ning ham ma informatsiya ta’minoti boshqaruv talablariga asosan doimo 
mukamallashtirilib borilishi lozim.
Iqtisodiy m a iu m o t haqiqiy holatga mos b o iish i hamda tadqiqot ja ­
rayonini obyektiv aks ettirishi kerak. Aks holda, tahlil natijasida qilingan


xulosalar amaliyotga to 'g ‘ri kelmaydi, tahlilchilar tomonidan ishlab chi- 
qilgan takliflar esa nafaqat korxonaga kerakli bo‘lishi, balki unga ziyon 
keltirishi ham mumkin. Shuning uchun tahlil uchun yig‘ilgan m a’lumot 
yuqori sifatli bo‘lishini tekshirish lozim.
M a’lumotning tezkorligi. Amalga oshirilgan xo‘jalik jarayonlari 
haqidagi ma’lumotlar qanchalik tez yetkazib berilishi, tahlilni ham shun- 
chalik tezkor o ‘tkazish mumkinligini, kamchiliklami, y o ‘qotishlami 
aniqlash va ulami o‘z o‘rnida bartaraf etishni bildiradi. M a’lumotning 
operativligini oshirish yangi muloqot vositalaridan foydalanish, ulami 
EHM amalga oshirish hisobiga erishiladi.
M a’lumotning sifatiga beriladigan talablardan biri uni tadqiqotning 
predmeti va obyektiga, ma’lum bir muddatga, ko‘rsatkichlami hisoblash 
metodologiyasi va boshqa bir qator belgilarga taqqoslanishini ta’min- 
lashdir. Oldindan ko‘rsatkichlar taqqoslanishi ta’minlangan bo‘lsa, u 
holda tahlil ancha kam mehnat talab qiladi. Buning uchun butun raqamli 
m a’lumotning sifatliligi tekshirilganidan so‘ng u ko‘rib chiqilgan qo‘lla- 
nishlarni ishlatib m a’lum bir ko‘rinishga keltiriladi.
Informatsion bazani shakllantirishda tahti 1 qilish uchun m a’lumot- 
larni osonlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Analitik tadqiqot 
ko‘p xolda bashorat tavsifiga ega bo‘lib, buxgalter hisobotidagi kabi 
aniqlikni talab qilmaydi. Xo‘jalik subyektlari faoliyatiga beriladigan 
umumiy bahoni osonlashtirish maqsadida birlamchi m a’lumotlar ko‘- 
pincha o‘rta vanisbiy ko‘rsatkichlar darajasida ko‘rsatiladi.
V a nihoyat, m a’lumot tizimi ratsional bo‘lishi kerak, y a ’ni m a’lu­
motni yig'ish, saqlash va ishlatish uchun ketgan vaqtni kamaytirish 
lozim. Bir tomondan, iqtisodiy jarayonini kompleks tahlil qilish uchun 
har tomonlama m a’lumot talab qilinadi. Agar bunday imkoniyat mavjud 
bo‘lmasa tahlil toMiq boim aydi. Boshqa tomondan, ortiqcha m a’lumot 
uni qidirish, yig'ish va qaror qabul qilish jarayonini uzaytiradi. Ushbu 
talabdan, ma’lumotning foydaliligini tekshirish zarurligi, hamda kerak- 
siz m a’lumotlami chiqarish va kerakli m a’lumotlami kiritish asosida 
m a’lumotlami takomillashtirish mumkinligi kelib chiqadi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlilning samaradorligini ta’minlashda za- 
ruriv shartlardan biri b o ig an iqtisodiy tahlilning m a’lumot tizimi yuqo- 
rida qayd etilgan talablarga muvofiq shakllanishi shart.
Tahlilni amalga oshirishda, uning uslubiy ta’minoti ham alohida 
o‘ringa ega. Korxonada qanday tahlil uslubi qo‘llanilishiga qarab, uning 
natijasini aniqlash mumkin. Tahlilning uslubiy ta’minoti bo^yicha m as’- 
uliyat, odatda korxonada analitik ishni boshqaradigan mutaxassisga


yuklatiladi. U doimiy ravishda iqtisodiy tahlil metodikasini tahlil soha- 
sidagi tajriba va ilm-fan taraqqiyotini o‘rganish asosida takomillash- 
tirishi hamda ulami korxonaning har bir segmentida joriy etish, tahlil 
bo‘yicha kadrlami tayyorlashi va qayta tayyorlash ishlarini amalga 
oshiradi. M as’uliyatli shaxsni tayyor iqtisodiy-matematik usullami 
qo‘llab, tezkor va kompleks tarzda hujjatlar asosida faoliyat natijalarini 
o‘rganishni ta’minlovchi tahlil dasturlarini joriy etishi yoki o ‘zi ijodiy 
tarzda ishlab chiqishi kabi harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 7,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin