Shartli s o f mahsulot qiymati sof mahsulot qiymatiga yaqin b o iad i.
Faqat shartli sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymat (mehnat haqi va
foyda) va amortizatsiya xarajatlari (asosiy vositalar va nomoddiy aktiv-
lar bo‘yicha) iborat boiadi. Ushbu korsatkich korxonaga zarur b o ig a n
pul oqimlarini bashoratlash hamda belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Tayyor mahsulot. Korxona ishlab chiqarish faoliyatida yaratilgan.
belgilangan barcha texnologik jarayonlardan o ‘tgan, o ‘matilgan rasmiy
talablarga muvofiq b o ig an , o ‘z iste’mol qiymatiga ega buyumlar (ish,
xizmatlar) tayyor mahsulot deb hisoblanadi. Tayyor mahsulot tovar
ham da o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmidan
iborat boiadi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji bahosida, amaldagi
bozor va taqqoslama baholarda hisoblanishi mumkin. Tayyor mahsulot
ko‘rsatkichi tahlilda asosiy va markaziy ko'rsatkichlar dan biri sanaladi.
Uning asosida tahlilda turli xil vazifalar hal etiladi.
Tovar mahsuloti. Korxonada sotish uchun ishlab chiqarilgan mah
sulot (ish,xizmat) hajmi tovar mahsulotini tashkil qiladi. Uning qiymat
ifodasi korxona ulguiji bahosida, amaldagi bozor va taqqoslama baho
larda hisoblanishi mumkin. Tovar mahsuloti mahsulot ishlab chiqarish
uchun sarflangan barcha xarajatlar summasidan va ushbu mahsulot bo‘-
yicha oladigan foyda summasidan iborat boiadi.
Sotilgan mahsulot. Korxonada rasmiy jihatdan sotildi deb tan olin
gan mahsulot hajmi sotilgan mahsulotni ifodalaydi. Sotilgan mahsulot
qiymat ifodasida tayyor hamda tovar mahsuloti hajmiga teng yoki
ulardan kam bo iishi mumkin. Qachonki, korxonadagi tayyor yoki tovar
mahsuloti to iiq sotilsa, u holda ular to i a ravishda sotilgan mahsulotni
tashkil etadi. Basharti, tovar mahsulotining bir qismi sotilib, boshqa qis-
mi sotilmay qolsa, u holda tovar mahsulotining faqat sotilgan qismi
sotilgan mahsulot deb tan olinadi.