‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 7,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/146
tarix27.08.2023
ölçüsü7,18 Mb.
#140689
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   146
Iqtisodiy tahlil

K ritik hajmdagi mahsulot.
Ushbu ko‘rsatkich biznes-rejada belgi-


langan mahsulot hajmi turlaridan biri bo‘lib, mazkur hajmga erishil- 
ganda, korxona mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishdan foyda ol- 
maydi, ayni bir pavtda zarar ham ko'rmaydi. Kritik hajmdagi mahsulot 
miqdoridan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish korxona uchun foyda kel- 
tiradi yoki aksincha. Mahsulot bozor baholari (ulguiji) asosida reja- 
lashti riladi.
Mahsulot ish va xizmatlami sotish korxona ulgurji bahosi yoki cha- 
kana baholarda amalga oshiriladi. Korxona ulgurji bahosining tuzilishi 
quyidagicha bo‘ladi. Y a’ni sotilgan mahsulotlaming ishlab chiqarish 
tannarxi, sotilgan mahsulotlar bo‘yicha korxona foydasi, sotilgan mah- 
sulotlar bo‘yicha egri soliqlar summasi. Sotilgan mahsulotning chakana 
bahosi ulguiji bahodan savdo qo‘shimchasi yoki 
chegirmalari 
summasiga farq qiladi.
7.3. M ehnat resurslari v a ular sam aradorligi
ko‘rsatkichlarining tahlili
Korxonada mehnat resurslari xizmat vazifalari va ish faoliyatining 
mazmuniga ko‘ra tarkiblanadi. Jumladan, ishlab chiqarishni tuzilishi 
bo‘yicha - sanoat ishlab chiqarish xodimlari, boshqa tarmoq xodimlari, 
noishlab chiqarish xodimlari; band bo‘lishiga qarab - doimiy ishchilar, 
mavsumiv ishchilar; xizmat vazifasi bo^yicha — ishchilar, xizmatchilar, 
ishlab chiqarishda qatnashuvchanlik darajasi bo‘yicha - asosiy va yor- 
damchi ishchilar kabilarga ajratiladi. Korxonada xodimlami yoshi, meh­
nat staji, jinsi, malakasi va m a’lumoti bo‘yichah am tarkiblash mumkin.
Iqtisodiy tahlilda xodimlar tarkibi, xodimlar bilan ta minlanganlik, 
xodimlar harakati, dinamikasi kabilar bo‘yicha o‘rganiladi.
Xodimlar tarkibi tahlilida korxona xodimlari sanoat ishlab chi- 
qarishi xodimlari, ishchilar, rahbarlar, xizmatchlar, mutaxassislar, qoro- 
vullar kabi guruhlarga ajratib o‘rganiladi. Unda barcha xodimlami eng 
maqbul miqdori va salmog‘i, ulaming o ‘zgarishlari tahlil qilinadi.
Ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik tahlilida xodimlar sonining re- 
jaga va o‘tgan yillarga nisbatan o“zgarishlari, mahsulot hajmini oshishi 
vuzasidan mutlaq va nisbiy farqlar, xodimlar aylanishini tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar o ‘rganiladi.
Mehnat resurslari harakatini tavsiflovchi asosi>’ ко rsatkich sifatida 
xodimlar qo‘nimsizligi ko‘rsatkichi aniqlanadi.


Bunda: Q - xodimlar qo‘mmsizligi koeffitsiyenti;
Xs - korxona va umumjamiyat tavsifida bo‘lmagan sabablar 
ta ’sirida ishdan bo‘shaganlar soni;
X - xodimlaming ro‘yxatdagi o‘rtacha soni.
Ushbu koeffitsiyentni imkon qadar kam salmoqda bo iish i korxo- 
nada xodimlar uchun sharoitni yaxshiligidan dalolat beradi.
Xodimlar qo‘nimsizligi bevosita xodimlami qabul etish va bo‘sha- 
tish bo‘yicha aylanmalami hisoblash asosida to'ldiriladi.
Xodimlami ishga qabul etish koeffitsiyenti hisobot davrida ishga 
qabul qilingan ishchilar sonini mazkur davrdagi jami ishchilaming ro‘y- 
xat bo‘yicha o ‘rtacha soniga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Xodimlami ishdan bo‘shatish koeffitsiyenti hisobot davrida ishdan 
bo‘shagan xodimlar sonini ularning ro‘yxatdagi o‘rtacha soniga bo‘lish 
asosida hisob-kitob qilinadi.
Korxonada xodimlar mehnat unumining oshishi ko‘p jihatdan ish 
vaqtidan qay darajada foydalanganlik darajasi bilan bog‘liq. Korxonada 
ish vaqtidan foydalanishning quyidagi jihatlarini farqlash mumkin:
- ishchilar ish vaqtidan foydalanish darajasini o ‘rganish;
- uskunalar ish vaqtidan foydalanish darajasini o ‘rganish.
Ishchilaming ish vaqtidan foydalanganligining umumlashgan ko‘r-
satkichi - jam i ishchilar tam onidanyil davomida ishlangan kishi soatlari 
hisoblanadi.
Tahlilda, korxonada ish vaqtidan foydalanishning qay darajada y o ‘l- 
ga qo‘yilganligi, uning o ‘zgarishiga ta ’sir etuvchi alohida omillaming 
ta ’sir darajasiga tavsif beriladi. Ishchilar ish vaqtidan foydalanish dara- 
jasiga quyidagi omillar ta ’sir qiladi.
- ishchilaming ro‘yxatdagi o‘rtacha sonining o‘zgarishi;
- bir yilda o ‘rtacha ishlangan ish kunlarining o ‘zgarishi;
- ish kuni davomiyligining o‘zgarishi.
Ish vaqtidan to ‘g ‘ri foydalanish mehnat unumdorligi oshishiga ta ’sir 
qiladi.
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarilgan mahsulot, ish va xizmatlar 
hajmini mehnat sarfi birligiga bo‘lish asosida aniqlanadi. Mehnat sarfi- 
ning birligi sifatida ishlangan ish soatlari, kunlari yoki ishchilar soni 
olinadi.
Tahlilda mehnat unumdorligi, uning o‘sish darajalari va dinamika- 
siga baho beriladi.
Mehnat unumdorligining o‘sish darajalari va dinamikasiga baho be-


rishda uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi quyidagi qatorlarga alohida aha- 
miyat beriladi.
- intensiv omil;
- ekstensiv omil;
- ishlab chiqarishning texnik-texnologik holati;
- mehnat unumdorligining oshishi;
- mahsulot hajmining uni ishlab chiqarish vaqti va sifatiga ta sir et- 
magan holda oshirishga:
- mahsulot birligiga mehnat sarfming kamayishiga;
- mahsulot ishlab chiqarish va tovarlar aylanish vaqtini qisqarti-
rishga;
- mahsulot hajmi va foydani oshirish holatiga.
Mehnat unumdorligi qiymat (pul o ‘lchovida) va ayrim hollarda 
natural (dona va shu kabilar) ko‘rsatkichlarda aniqlanadi.
7.

Yüklə 7,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin