7.9-jadval
Ishlab chiqarilgan mahsulot xarajat sig‘imi ko‘rsatkichlari
B ir so 'm lik m ahsulotga to ‘g ‘ri keluvchi
Aniqlanishi
M aterial xarajatlar
Material xarajatlar
Mahsulot hajmi
Ish haqi va ijtim oiy ajratinalar
Ish haqi va ajratmalar
Mahsulot hajmi
A m ortizatsiya
Amortizatsiya
Mahsulot hajmi
B oshqa xarajatlar
Boshqa xarajatlar
Mahsulot hajmi
Tahlil etishda ularning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan, shuning-
dek, boshqa raqobatchi korxonalarga nisbatan o‘zgarishlari o‘rganiladi.
7.8. M oliyaviy natijalar ham da rentabellik k o'rsatkiih lari tahlili
Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti maqsadi sifa-
tida, jahon amaliyotida foyda tushunchasi ko‘pincha biznes samarador-
ligining natijasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar va xarajatlar
farqlanishidagi yuqori o‘zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi o‘zgaruv-
chanlik esa zarami ifodalaydi.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijlami tavsiflovchi foydani
o ‘ lchashga daxidor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xara-
jatlam i, y a’ni foydani aniqlash va o ‘lchash - korxona o ‘z moliyaviy
hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda
ka-pitalning saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi.
Darom adlar -
bu hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlaming
oqim i yoki ko‘payishi shaklida oshishi yoki passivlaming qatnashchi-
larning kapitaldagi omonatlaridan farq etuvchi oshishiga olib keluvchi
kamayishidir.
Xarajatlar -
hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlaming chiqib
ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qat-
nashchilar o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyat-
larning yuzaga kelishidir.
Daromad va xarajatlami aniqlash ularning asosiy xususiyatlarini
bel.gilaydi, ammo ulami moliyaviy natijalar hisobotida aks ettirishda ta-
lab qilinadigan mezonlami aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi.
Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlaming o ‘zaro farq
lanishidagi holatga baho beriladi. Moliyaviy natijalar foyda va zarar-
lam ing shakllanish qatorlari bo‘yicha o ‘zgarishlari o ‘rganiladi. Foyda va
zararlaming omilli tahlili olib boriladi. Korxonada moliyaviy natijaviy-
likni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlaming mavjudligi va ulami
y o l g a quyishning chora va tadbirlari belgilanadi. Korxonaning foyda-
lilik darajasini tavsiflovchi rentabellik ko‘rsatkichi va uning omilli tahlili
o‘tkaziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-fev-
raldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmatlar)ni
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy
natijalami shakllantirish tartibi to ‘g ‘risidagi Nizom»ga muvofiq x o ‘jalik
yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi
ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi.
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan
sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o ‘rtasi-
dagi tavofut sifatida aniqlanadi:
YaF = SST - IT,
bunda: YaF - yalpi foyda;
SST - sotishdan olingan sof tushum;
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
- asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan
olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tavofut v a plyus
asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar
sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF - DX + BD - BZ,
bunda: AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX - davr xarajatlari;
BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
- umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu aso
siy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘-
rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF = AFF + MD - MX,
bunda: UF - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari;
- soliq to ‘lagungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan
olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlarda ko‘ril-
gan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF = UF + FP - FZ,
bunda: STF - soliq to'lagungacha olingan foyda;
FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;
- yilning soy foydasi, u soliq to'langandan keyin xo‘jalik yurituvchi
subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zida daromad (foyda)dan to£lanadi_gan soliq-
ni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqLar va to ‘-
lovlami chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foy-
dani ifodalaydi:
SF = STF - DS - BS,
bunda: SF - sof foyda;
DS - daromad (foyda)dan to ‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliqlar va to£lovlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foydani shakllantirish va taqsimlashni
hisobga olish korxona faoliyatida markaziy o‘rinni egallavdi.
Turli mulk shaklidagi korxonalaming faoliyatlari asosiy va avlanma
mablag‘larga bevosita bogiiqdir. Ushbu mablag‘lar x o ‘jalik yurituvchi
subyektlar tashkil qilingandan e’tiboran fovdalaniladi va ko‘paytirib bo
riladi. X o‘jalik mablag‘larini ko‘paytirishning muhim manbasi xususiy
kapital hisoblanadi. Kapital o‘z navbatida ustav kapitali, qo‘shilgan ka-
pital va zaxira kapitalidan tashkil topadi. Ushbu manbalar, asosan, kor
xona faoliyatidan olingan so‘nggi moliyaviy natija, ya'ni taqsimlan-
magan foyda hisobidan ko‘paytirib boriladi. Shuning uchun ham kor
xona foydasi tahlilning muhim obyekti hisoblanadi.
Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlaming o ‘zaro farq-
lanishidagi holatga baho beriladi. Moliyaviy natijalar foyda va zarar-
larning shakllanish qatorlari bo'yicha o ‘zgarishlari o ‘rganiladi. Foyda va
zararlaming omilli tahlili olib boriladi. Korxonada moliyaviy natija-
viylikni yaxshilash yu/asidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi va vilar-
ni y o ‘lga qo‘yishning chora va tadbirlari belgilanadi. Korxonaning foy-
dalilik darajaasini tavsiflovchi rentabellik ko‘rsatkichi va uning omilli
tahlili o4kaziladi.
Tahlil moliyaviy natijalar to ‘g ‘risidagi hisobotni o'qish, vertikal
tahlil, gorizontal tahlil, trendli tahlil va ko‘rsatkichlami aniqlash usul-
larida olib boriladi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o'qishda
uning satrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natija-
viylikni tavsiflovchi umumiy katorlaming qiymat ifodasi, hisobot davri
va o‘tgan yilning shu davri bo‘yicha m a’lumotlarga umumiy izoh be
riladi.
Vertikal tahlilda moliyaviy natijalaming shakllanishini bir qatorli va
ko‘p qatorli usullarida o‘zaro farqlanishlarga va nisbiy o ‘zgarishlar baho
beriladi.
Gorizontal tahlilida esa moliyaviy natijalaming bo ylamasiga tar-
kiblanishi va ulaming o‘zgarishlari o ‘rganiladi.
Asosli yoki trend tahlilida moliyaviy natijalar va ulaming yillar bo‘-
yicha o‘zgarishi, dinamikasi yoki asos yiliga nisbatan o ‘zgarishlariga
balio beriladi.
Moliyaviy natijalar tahlilida qoilaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar
qatoriga esa korxona foydaliligi yoki natijaviyligi ko‘rsatkichlari, bozor
aktivligi ko‘rsatkichlari kiritiladi. Korxona foydaligini tavsiflovchi aso-
siy ko‘rsatkichlar sifatida rentabellik ko‘rsatkichlari olinadi. Bozor ak-
tivligi ko‘rsatkichlariga aksiyalar, qimmatli qog‘ozlaming fovdalilik da
rajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiritiladi. Ular qatoriga bir aksiyaga
to‘g ‘ri keladigan hisob foydasi (soliq toio v ig a qadar bo‘lgan foyda), bir
aksiya to ‘g ‘ri keladigan sof foyda, bir aksiyaga to‘g'ri keladigan divi
dend summasi, aksiyaning bahosi va foydasi orasidagi nisbat koeffitsi-
yentlari kiradi.
Bugungi bozor miinosabatlari sharoitida korxonalaming moliyaviy
natijalarini tahlil etishda moliyaviy tahlilning eng asosiy vazifalari quyi-
dagilar hisoblanadi:
1. Korxonaning fovdalilik darajasiga baho berish.
2. Korxonaning moliyaviy natijalarini tarkibi, tuzilishi va dinamik
o‘zgarishlariga baho berish
3. Biznes-rejada belgilangan foydalilik darajasiga erishilganligi va
unga ta ’sir etgan omillami o ‘rganish hamda baho berish
4. Foydaning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligini tek-
shirish.
5. Foydaning ko‘paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish, xiz-
mat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning ta’sir
etishini aniqlash.
6. Korxonaning yalpi foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarga baho
berish.
7. Soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foydaning shakllanishiga va
unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish.
8. Korxonaning sof foydasi va unga ta’sir etuvchi omillami o ‘rga-
nish hamda baho berish.
9. Sof foydani ko‘paytirish y o ‘naiishlarini belgilab berish.
10. Korxonaning rentabellik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularga
ta ’sir etuvchi omillarga baho berish.
11. Korxonaning umumiy rentabellik darajasini oshirish chora-tad-
birlarini ishlab chiqish va hokazolar.
Korxona faoliyat natijaviyligiga baho berishning asosiy ko‘rsatkich-
laridan biri rentabellik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Rentabellik korxona foydalilik darajasini tavsiflaydi. Odatda uning
bir necha turlari hisob-kitob qilinadi. Bu bevosita mulkning shakli
bo‘yicha daromadlaming yuzaga chiqish o‘mi yoki bazasi bo‘yicha,
foydaning o‘zgarishiga ta ’sir etuvchi birliklar bo‘yicha yoki mustaqil
birliklar bo'yicha aniqlanishi mumkin.
Rentabellikning lqtisodiyotda quyidagi turlari aniqlanadi.
|