kibidagi salmog‘ining o‘zgarishi va bir ishchiga to 'g ‘n keladigan o ‘rta-
cha yillik ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi ta’sir etadi.
B ir ishchi mehnat unumining o‘zgarishiga esa bir ishchi tomonidan
o ‘rtacha yillik ishlangan ish kunlarining o ‘zgarishi, ish kuni davomiy-
liginmg o‘zgarishi hamda bir soatlik mehnat unumining o ‘zgarishi ta’sir
etadi.
Tahlilda har omilning natijaviy ko‘rsatkichga ta ’sir darajalari hisob-
lab topiladi va ulaming o ‘zgarish ta’siri baholanadi.
7.4. Asosiy vositalar va ulardan sam arali
foydalanishning tahlili
Asosiy vositalar ishlab chiqarish faoliyatida
uzoq yillar qatnasha-
digan, o‘z boshlang‘ich qiymatini ishlab chiqanlayotgan mahsulotlar tar-
kibiga yoki moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadigan xarajat obyekt-
lariga o‘zining belgilangan xizmat muddati davomida bo‘lingan tartibda
o ‘tkazadigan hamda jismoniy shaklini o ‘zgartirmaydigan mehnat qurol-
laridir. Shunmgdek, asosiy vositalar korxonaga mulkiy jihatdan tegishli,
kelgusida iqtisodiy naf keltirishi kutilayotgan
hamda xizmat muddati
uzoq vaqtni tashkil etadigan aktivlar jum lasiga kiradi.
Korxonada asosiy vositalami quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash
mumkin.
1. Ishlab chiqarish jarayomda qatnashuviga qarab:
- aktiv asosiy vositalar;
- passiv asosiy vositalar.
2. Tarmoq bo‘ysunuviga qarab:
- sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari;
- boshqa tarmoq asosiy vositalari;
- noishlab chiqarish asosiy vositalari.
3. Foydalanishiga qarab:
- foydalanishdagi asosiy vositalar;
- foydalanishdan olib qo‘yilgan asosiy
vositalar
4. Turi bo‘yicha:
- binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, mashina va uskunalar,
transport vositalari, asbob-uskunalar, xo‘jalik
inventarlari, ishchi va
mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar.
5. Mulkiy egaligiga qarab:
- o‘ziga tegishli asosiy vositalar;
- ijaraga olingan asosiy vositalar.
Tahlil uchun zarur b o ig a n ma’lumotlar 3-shakl «Asosiy vositalar
harakati to‘g ‘risida hisobot» shaklidan olinadi. Ushbu tasnif tahlil maq-
sadlari uchun foydalaniladi.
Asosiy vositalami o‘rganishda ularning texnik holat va harakat ko‘r-
satkichlariga muhim ahamiyat beriladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:
- asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
- asosiy vositalarning eskirish darajasi.
Yaroqlilik darajasi asosiy vositalarning qoldiq qiymatini ularning
boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali;
Eskirish darajasi asosiy vositalarning
eskirish qiymatini ularning
boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsiyentda 1
ga, foizda 100 teng bo‘ladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik
holatiga baho beriladi va ulami tartiblash bo'yicha boshqaruv qarorlari
qabul qilinadi.
Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya
siyosatiga, asosiy vositalarning m a’naviy eskirganlik darajasiga, foyda-
lanishdan olib qo'yilgan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor
qara-
tiladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlarini ularning har bir turi va
jam i bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lum otlar 1-
shakl «Buxgalteriya balansi» va 3-shakl «Asosiy vositalarning harakati
to‘g ‘risida hisobot» shakllaridan olinadi.
7.
Dostları ilə paylaş: