Tahlil uchun zarur b o ig a n ma’lumotlar 3-shakl «Asosiy vositalar
harakati to‘g ‘risida hisobot» shaklidan olinadi. Ushbu tasnif tahlil maq-
sadlari uchun foydalaniladi.
Asosiy vositalami o‘rganishda ularning texnik holat va harakat ko‘r-
satkichlariga muhim ahamiyat beriladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:
- asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
- asosiy vositalarning eskirish darajasi.
Yaroqlilik darajasi asosiy vositalarning qoldiq qiymatini ularning
boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali;
Eskirish darajasi asosiy vositalarning eskirish qiymatini ularning
boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsiyentda 1
ga, foizda 100 teng bo‘ladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik
holatiga baho beriladi va ulami tartiblash bo'yicha boshqaruv qarorlari
qabul qilinadi.
Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya
siyosatiga, asosiy vositalarning m a’naviy eskirganlik darajasiga, foyda-
lanishdan olib qo'yilgan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qara-
tiladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlarini ularning har bir turi va
jam i bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lum otlar 1-
shakl «Buxgalteriya balansi» va 3-shakl «Asosiy vositalarning harakati
to‘g ‘risida hisobot» shakllaridan olinadi.
7.
Dostları ilə paylaş: