‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning bosqichlari



Yüklə 7,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/146
tarix27.08.2023
ölçüsü7,18 Mb.
#140689
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146
Iqtisodiy tahlil

6.5. Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning bosqichlari
Analitik ishlaming muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning qanday tash­
kil etilishiga bogiiq. Korxona faoliyatida iqtisodiy tahlilni tashkil etish 
quyidagi bosqichlardan iborat:
Tahlil rejasi va dasturini tuzish bosqichi. Iqtisodiy tahlilning dasturi 
va rejasini tuzib olish tahlilni tashkil etishning asosiy qismidir. Bu bos­
qichda iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi, tahlil o‘tkazuvchi ko- 
missiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi 
ko‘rsatib o ‘tiladi. Bundan tashqari iqtisodiy tahlil o ‘tkazish dasturida qu- 
yidagilar aniq ko‘rsatilgan va belgilanib olingan b o iish i lozim:
- tahlilning maqsadi va vazifasi;
- tahlil obyekti;
- iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;
- tahlil mazmunini izohlash;
- ijrochilar tarkibi va ularning vazifalari;
- tahlil o ‘tkazish muddatlari;
- talilil manbalari va ularning natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
Tahlil uchun zarur ko‘rsatkichlarni belgilash hamda kerakli bo‘1-
gan manbalarni aniqlash. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga 
oshiriladi:
- tahlil uchun zarur m a’lumotlar aniqlanadi;
- talilil manbalari belgilanadi;
- qo‘shimcha m a’lumotlar jalb etiladi.
T o‘plangan m a’lumotlar va ularning manbalarini to‘g‘riligini tek- 
shirish hamda ishonchliligini aniqlash. Manbalar tahlil uchun moslash- 
tiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar belgilab olinadi:
- tahlil usullari;
- m a’lumotlami soddalashtirish;


- jadval, chizma va maketlami tuzish;
- ta’sir etuvchi omillami topish;
- zaxiralami aniqlash.
Iqtisodiy tahlil bosqichi. Bu eng muhim bosqich b o iib , bevosita 
tahlil jarayonlari amalga oshiriladi, ko‘rsatkichlar hisoblanadi, o‘zga- 
rishlar topiladi, o‘zgarish sabablari va unga ta’sir etuvchi omillar, ham 
miqdor. ham tartib jihatdan aniqlanadi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar 
am alga oshiriladi:
- mezon ko‘rsatkichlarmi aniqlash;
- ko'rsatkichlami hisob-kitob qilish hamda natijalami baholash;
- baholashda ekspertizadan foydalanish;
-natijalam i umumlashtiruvchi mezonlami aniqlash;
- tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.

Yüklə 7,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin