‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-chizma. Tahlilning asosiy bosqichlari



Yüklə 7,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/146
tarix27.08.2023
ölçüsü7,18 Mb.
#140689
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   146
Iqtisodiy tahlil

6.1-chizma. Tahlilning asosiy bosqichlari.


Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi Bu 
bosqichda o ‘rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi. 0 ‘zgarishlarga 
baho beriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga 
oshirilishi zarur boiadi:
- korxona faoliyati natijalarining o‘zgarish sabablarini tushuntirib 
berish;
- korxona faoliyatini yanada yaxshilashga oid zaxiralami jamlab 
ko‘rsatib berish;
- aniqlangan zaxiralardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
- tahlil natijalarini hisoblash vahisobotda ifodalash.
Tahlil natijasida aniqlangan ilg‘or g ‘oya va tajribalami amalivotda 
q o ilash choralari va tadbirlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyot- 
ga tatbiq etish bosqichi.
6.6. Tahlil natijalarini um um lashtirish va rasm iylashtirish
Korxona va tashkilotlar xo‘jalik faoliyati tahlilining natijalari ana­
litik mavzular yoki x o ‘jalikning yillik hisobotiga ilova qilinadigan 
bayonnoma ko‘rinishida ifoda etiladi.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tah- 
lilni o ‘tkazganligiga qarab bajariladi. Misol uchun. korxonalaming yillik 
hisoboti asosida o ‘tkazilgan joriy tahlilning yakuni umumiy xulosalar va 
yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati yozish orqali yakunlanadi. Ayrim 
turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa mutaxassislami m a ’ruzasi, 
korxona rahbarining buyrug‘i, jamoaning majlis bayoni, audit xulosalari 
orqali umumlashtirilishi mumkin.
Tahlil natijalarini umumlashtirganda albatta erishilgan natijalar, y o ‘1 
qo‘yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda va fa ltla r bilan 
ko‘rsatilgan b o iish i talab etiladi. Shuningdek, y o ‘1 qo‘yilgan kamchilik- 
lami tuzatish chora-tadbirlari, y a’ni takliflar ham ko‘rsatiladi.
Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish va umumlashtirishga 
korxonaning umummajlis materiallari, turli xil diagramma, jadval va 
grafiklar tuzib mehnatkash ommaga ko‘rsatma sifatida osdb quyish, 
oynoma va ro‘znoma sahifalarida m a’lumotlami chop etish, axborot 
doskalaridagi ko‘rsatkichlami e’lon qilib borish ham hisoblanadi.
Korxona yoki uning boiim lari faoliyati bo‘yicha qilingan analitik 
tadqiqotning turli xil natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiyl ashtiriladi. 
Bu analitik hisobot (tushuntirish xati), m a’lumotnoma va xuJoslar bo:- 
lishi mumkin.


Analitik hisobot (tushuntirish xati), odatda, tashqi foydalanuvchilar 
uchirn yoziladi. Tahlil natijalari ichki xo‘jalik ishlarida foydalanish 
uchun yo‘naltirilgan b o isa, ular m a’lumotnoma yoki xulosa ko‘rinishda 
rasmiylashtiriladi.
Analitik hisobotning tarkibi to‘liq bo‘lishi kerak. Avvalambor, u kor­
xona rivojlanishining iqtisodiy darajasini namoyon qiladigan, xo‘jalik 
yuritishning shartlarini, korxonada baho siyosatining tavsifi, mahsulot­
ning raqobatbardoshligi, mahsulotlarni xarid qilish bozorlarining keng- 
ligi. mahsulotlaming bozordagi o‘mi, korxona mavqeyi kabi umumiy 
savollami qamrab olishi kerak. Shuningdek, hisobotda bozordagi har bir 
mahsulotning hayotiy holati, real hamda potensial raqobatchilami, ular 
biznesining kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rsatib tavsiflash lozim.
Bundan kevin korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy natija­
larini tavsiflovchi, mulkiy va moliyaviy holatini, natijalaming sama­
radorligini, rivojlanish holati kabi ko‘rsatkichlar dinamikasini ifodalab 
berishi kerak. Shuningdek, pul oqimlari, moliyaviy natijalar va asosiy 
tomonlarga ta’sir ko‘rsata oladigan korxonaning hisob siyosatidagi o ‘z- 
garishlarini ochib berish kerak.
Analitik hisobotda hisobot davri mobaynidagi korxona faoliyatining 
ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rsatiladi hamda ishlab chiqarish va moliya­
viy natijalarga ta’sir ko'rsatadigan obyektiv va subyektiv, ichki va tashqi 
omillar tushuntirib beriladi. Shuningdek, mavjud bo‘lgan kamchiliklami 
bartaraf etishga yo‘naltiriladigan hamda yaqin va uzoq muddatda kor­
xona faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qilinadigan ishlar 
k o ‘rsatib beriladi.
Hisobotning analitik qismi aniq va asoslangan bo‘lishi shart. U ana- 
latik hisobotlardan, kerakli m a’lumotlar yig‘ilgan jadvallardan, grafika 
va diagrammalardan iborat b o iishi mumkin Uni rasmiylashtirishda 
tahlil natijalari asosida qilingan taklif va xulosalarga alohida e’tibor 
qaratish lozim. Ular har tomonlama asoslangan va korxona faoliyati 
natijalarini yaxshilashga qaratilgan b o iish i kerak.
Talilil natijasida qilingan m a’lumotnoma yoki xulosalar mazmuni 
tushuntirish xatidan farqli ravishda ko‘proq aniqlashtirilgan, kamchilik 
yoki muvaffaqiyatlami kamroq hajmda tartib bilan ko‘rsatadigan, aniq- 
langan ma’lumotlarni qo‘llaydigan b o iish i mumkin. Unda korxona 
umumiy tasnifi va uning faoliyatiga sharhlar yozilmaydi.
Tahlil natijasini tekstsiz ko‘rinishda taqdim etilishiga alohida to ‘x- 
talib o‘tish lozim. U doimiy maket tarzidagi analitik jadvallar, grafik- 
lardan tashkil topib, hech qanday tushuntirish xatidan iborat boim aydi.


Analitik jadvallar va grafiklar sistematizatsiyalashga, o'rganilavotgan 
materialni umumiylashtirishga va uni qabul qilish uchun oson b o ig an
ko‘rinishda taqdim etishga ijozat beradi. Jadvallar tuzilishi turli xilda 
b o iishi mumkin. Ular tahlil talablari asosida tuziladi. Analitik jadval- 
lardagi ko‘rsatkichlami shunday tartibda joylashtirish lozimki ular bir 
vaqtda ham analitik, ham illyustratsiya materiali tarzida ifoda etishi lo­
zim. Lekin bir jadvalda korxona ishining hamma ko‘rsatkichlarini berish 
yoki juda ko‘p jadvallar kiritish ham maqsadga muvofiq boim avdi. 
Jadvallaming ko ‘pligi ham ulardan foydalanishni qiyinlashtiradi. Anali­
tik jadvallar va grafiklar juda oddiy vayaqqol b oiish i kerak.
Tahlil natijalarini bunday tartibda rasmiylashtirish oxirgi paytda 
juda ko‘p qoilanilm oqda. U ko‘rib chiqilgan va sistematizatsiyalashgan 
m aium otni mustaqil o‘rganib chiqib, kerakli xulosalami chiqara oladi­
gan, yuqori toifali ishchilarga m oijallangan. Tekstsiz tahlil uning ta’sir 
kuchini oshiradi, chunki bunda tahlilni bajarishda hamda uning natija- 
laridan foydalanishdagi uzilish qisqaradi.
Amaliyotda judayam kerakli b o ig a n tahlil natijalari korxona iqti­
sodiy pasportining m a iu m bir b o iim ig a kiritiladi. Bir nechayil mobay- 
nida yig‘ilgan bunday m aium otlar tahlil natijalarini umumiy holatda 
ko‘rib chiqishga imkon yaratadi.

Yüklə 7,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin