Tashqi muhitga bog‘liqlik.
Tashkilotning muhim xususi-
yatlaridan biri uning tashqi muhit bilan o ‘zaro bog‘liqligidir.
Tashkilot ham resurslar sotib olishda, ham iste’molchilar
bilan
munosabatda tashqi muhitdan to‘la bog‘liq bo‘ladi. Tashqi muhit
termini iqtisodiy sharoitlar, iste’molchilar,
kasaba uyushmasi,
hukumat qonunlari, raqobatchi tashkilotlar, texnika,
texnologiya
va boshqalarni o ‘z ichiga oladi. Bu o'zaro bog‘liq omillar tashkilot
ichidagi hamma ishlarga ta ’sir etadi. Rahbariyat doimo tashqi muhit
omillarini inobatga olishi lozim.
Gorizontal
m ehnat
taqsimoti.
Tashkilotning
muhim
xususiyatlaridan biri mehnat taqsimoti hisoblanadi. Hech boMma-
ganda, bir m aqsadga erishish uchun
ikki kishi birga ishlasa ham,
ular ishni o ‘zaro boMib olishlari kerak. Barcha ishni tarkibiy
komponentlarga taqsimlash odatda gorizontal mehnat taqsimoti
deb yuritiladi. Katta ish hajmini ko‘p sonli kichik ixtisoslashtirilgan
topshiriqlarga b o ‘lish orqali, shu ishni
har bir ishchi mustaqil
bajarishiga nisbatan bir necha baravar ko‘p mahsulot ishlab chiqarish
imkoniyati paydo boMadi.
B o ‘linmalar.
Murakkab tashkilotlar o ‘ziga xos aniq vazifa-
lami bajaradigan va aniq maxsus maqsadlarga erishadigan boMin-
malarning shakllanishi hisobiga aniq gorizontal
mehnat taqsimotini
amalga oshiradi. Bunday boMinmalar odatda boMim yoki xizmat
deb yuritiladi. «M akDonalds» korporatsiyasi tashkilotning har bir
asosiy funksiyasi
uchun maxsus boMinmalarga ega, bu boMinmalar
— marketing, sotish,
sotib olish, ko‘chmas mulk boMimlari va h.k.
«MakDonalds»dagi yoki boshqa tashkilotlardagi bu boMinmalar
o ‘zining xususiy, kichik va aniq boMinmalariga ega.
Dostları ilə paylaş: