iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalarida foydalanilayotgan kapital investitsiyalar salmog‘i va hajmini ifodalaydi. Tarmoq tarkibi, eng aw alo, mablag‘larni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari bo‘yicha taqsimlanishini, undan so‘ng tarmoq sohalari, ya’ni sanoat, qishloq x o ‘jaligi, transport va aloqa, uy-joy va hokazolar bo‘yicha taqsimlanishini konk- retlashtiradi. 129
Investitsiyalarning tarmoqlararo tarkibi ma’lum davrda hal qilinadigan vazifalaming xarakteridan va ularning ustuvorligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilishning boshlanish davrida investitsiya mablag‘lari ishlab chiqarish sohalariga ko'proq ajratilgan. Keyingi yillarda kapital mablag1 laming tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishida noishlab chiqarish sohalariga, xususan, uy- joy, kommunal tarmoqlariga, ta’lim va sog‘liqni saqlash so halariga ham e ’tibor kuchayib bormoqda. 2012-yilda iqtisodiyotimizga 11 mlrd 700 mln dollar miq- dorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki 201 i-yilga nisbatan 14 %ga o ‘sdi. Chetel investitsiyalari ko‘paydi. Masalan, 2012-yilda ular ning salmog‘i 2 mlrd 500 mln dollarni tashkil qilib, kapital qo‘yilmalaming tarkibida 22 % dan ko‘prog‘ini tashkil qildi. Bu o ‘z navbatida ishlab chiqarish obyektlarini rekonstmksiya qilish va texnik jihatdan qayta qurollantirishni kengaytirish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga, asosan, akademik litsey, professional kollejlar qurish uchun markazlashtirilgan inves titsiyalarning salmog'i sezilarli darajada ko'paydi.