Respublikada jamiyatni isloh qilishning
ikkinchi bosqichining
vazifalari
quyidagilar deb belgilandi:
1. Davlat mulklarini xususiylashtirish sohasidagi boshlangan
ishni oxiriga yetkazish.
2. Ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va mak-
roiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, korxonalar, tarmoqlarning
ham, umuman, davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga
erishish.
3. Milliy valuta — so‘mni yanada mustahkamlash.
4. Iqtisodiyot tarkibini tubdan o ‘zgartirish, xomashyo
yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish,
uning sifati va raqobatga bardoshligini jahon bozori talablari
darajasiga yetkazish va hokazo.
0 ‘zbekiston iqtisodiyoti uchun 1995-yil burilish yili bo‘ldi.
Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning pasayishi deyarli
to ‘xtatildi. Bir yilda u atigi 0,9 foizga teng bo‘ldi va 1996-
yildan boshlab hozirgacha yalpi ichki mahsulot ishlab chiqa
rishning barqaror ijobiy dinamikasi davom etmoqda: 1996-yilda
uning o‘sishi 1,7 foizni, 1997-yilda 5,5 foizni tashkil etdi. Bino-
barin, mamlakatimiz 1998-yil natijalari bo‘yicha yalpi ichki
mahsulot hajmining 1990-yil darajasiga erishishda hal qiluvchi
qadam tashladi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi bo'yicha bu dara-
jaga mamlakatimiz 1995-yilda to‘la erishgan edi. 2012-yilda
mamlakatimiz YAIM 8,2 %, 2013-yil 8% ni tashkil qildi.
Shunday qilib, hali o‘tish davrining o‘zidayoq 0 ‘zbekistonda
ko‘p ukladli, aralash, ko‘p tarmoqli, tashqi beqarorlashtiruvchi
omillardan holi milliy iqtisodiyotining shakllanishi, asosan, tu-
gallandi1.
Tayanch iboralar:
• milliy iqtisodiyot;
• jahon iqtisodiyoti;
• iqtisodiy faoliyat;
Dostları ilə paylaş: