Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
— yagona tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni, xalqaro
aloqalarning barcha ishtirokchilari, ya’ni davlat, shirkat,
paychilik, jamoat, xususiy tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni
ta’minlaydi;
— tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning davlat
usullarini ishlab chiqadi va qo'llaydi (bojxona tariflari, eksport
kvotalari, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat
beradi va boshqalar);
— vazirlikka taqdim etilgan ro‘yxatga mos keluvchi mahsulot
bo‘yicha eksport-import operatsiyalarini o‘tkazadi;
254
eS
S
5Л
©
-О
Я
.S?
1
Ч-
о
сл
СЛ
£
S
*N
3
1м
&
JS
VI
о
-с
и*
255
—
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tomonidan tuziladigan
tashqi iqtisodiy shartnoma va kelishuvlami tekshirishni amalga
oshiradi (11-chizma).
«Innovatsiya», «0 ‘zagroimpek», «Interservis», «0‘ztashqt-
rans», «0 ‘zekspomarkaz» - Tashqi iqtisodiy aloqalar, inves-
titsiyalar va savdo vazirligi tizimidagi yirik tashqi savdo va
iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi.
Ular shu tashkilotlar uchun belgilangan mahsulot va
xizmat turlari bo‘yicha tijorat-xo‘jalik faoliyatini amalga
oshiradilar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat banki yoki Respublika M illiy
banki:
• tashqi iqtisodiy operatsiyalarga xizmat ko'rsatadi, shu
ningdek, eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlar tuzadi;
• korxonalar, tashkilotlar va xususiy shaxslaming valutalari
hisob-kitoblarini olib boradi;
• xorijiy valuta sarmoyalarini jalb etadi, ularga xizmat
ko‘rsatadi, valutadagi kredit zaxiralarini yig‘adi va valutada
kreditlashni amalga oshiradi;
• valuta zaxiralarini yaratadi, saqlaydi va respublikaning
valuta manfaatlarini himoya qiladi.
1997-yil iyul oyida Respublika Prezidenti Farmoniga asosan
Davlat bojxona qo‘mitasi tuzildi.
Uning asosiy vazifalari etib
quyidagilar beigilandi:
• bojxona masalalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlami ishlab
chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qilish;
• respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga ham
korlik qilish;
• respublikaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
• bojxona qonunbuzarlari va kontrabandaga qarshi kura-
shish va boshqalar.
« 0 ‘zbekinvest» davlat sug‘urta kompaniyasi
mamlakat va
xorijiy investitsiyalarni sug'urtalash bo‘yicha tashkilotlar hisob
lanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning tarmoq tashkilotlari
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar,
256
yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bo‘IinmaIaridan
tashkil topgan.
Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy
faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar
bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalami
rivojlantirishning aniq yo'nalishlari bo‘yicha Respublika Vazirlar
Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tashkilotlarining tuzilishi hamda
ularni tashkiliy-huquqiy mexanizminining ishlab chiqilishi,
yaratilishi respublikada boshqarishning ma’muriy usullarini
chegaralaydigan liberalizatsiya prinsiplarini hayotga tatbiq
qilishni ta’minladi va tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish
hamda boshqarishni bozor instrumentlari (dastaklari)ning
rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi.
Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari quyida-
gilardan iborat:
• tashqi savdoni liberalizatsiyalash;
• eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarish ixtisoslashuvining
ustuvorligini ta’minlash;
• tashqaridan respublikamizga sotib olinadigan (import)
mahsulotlar ro‘yxatini maqsadga muvofiq ravishda ishlab chiqish
va boshqalar.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda
funksional tashki
lotlar
ham muhim rol o‘ynaydi. Bu tashkilotlarga Iqtisodiyot
vazirlik, Moliya vazirligi, Statistika, Soliq va Bojxona qo‘-
mitalari, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va
boshqalar kiradi. Bu tashkilotlarning har biri o‘z mas’uliyat
doirasiga kiruvchi masalalarni hal etadi va ularning natijasi uchun
javobgardir.
Iqtisodiyot vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va
istiqbolini belgilashni amalga oshiradi, tashqi iqtisodiy aloqalar
samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotni ichki omillar vositasida
ko'tarishga asoslangan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilashga
qaratilgan taklif va tavsiyalarni tayyorlaydi.
Respublika Moliya vazirligi
respublika valuta zaxiralarini
jamlash, taqsimlash va foydalanishga javobgar bo‘lib, bu
257
jarayonlarni boshqarish usullarini ishlab chiqadi va qo'llaydi.
Respublika hukumati topshirig‘iga ko‘ra va tuzilgan bitimlar,
shartnomalar asosida valuta fondi hisobidan qanday mablag‘lami
olish, o‘tkazish yoki qo‘yishni hal etadi. Vazirlikning Valuta
boshqarmasi, shuningdek, respublikaning to'lov balansini ishlab
chiqadi.
Unda uning tashqi iqtisodiy faoliyatidan kelib tushadigan
barcha daromadlar va xarajatlar aks ettiriladi.
Respublika soliq qo‘mitasi
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirishdagi soliq solish masalalarini tartibga soladi, bu masalalar
bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va saqlanishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalaming
asosiy ishtirokchilari mulkchilikning turli ko‘rinishlaridagi
korxona va tashkilotlar bo‘lib qoladi.
Shu jumladan, qo‘shma korxonalar ham tashqi iqtisodiy
aloqa qatnashchisi bo‘lib, ular «Tashqi iqtisodiy faoliyat
to‘g‘risida»gi Respublika qonuniga muvofiq xorijiy sheriklar
bilan eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlarni tuzishda
ma’lum huquqlarga ega.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsati
bo'lgan korxona va tashkilotlarga ma’lum banklarda o‘z valuta
hisoblari bo‘lishiga va bu mablag‘lardan foydalanishga ruxsat
berilgan.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
umuman iqtisodiyot sohasini liberalizatsiyalash bo'yicha sezilarli
o'zgarishlar ro‘y berdi.
Respublika iqtisodiyotida ro‘y bergan o‘zgarishlami hisobga
olib va 2000-yil may oyida Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq
ikkinchi sessiyasida
«Respublika tashqi iqtisodiy faoliyati
to‘g‘risida» yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi.
TIF to‘g‘risidagi qonunning asosiy vazifasi tashqi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirishdir.
0 ‘zbekiston Respublikasining
iqtisodiy xavfsizligini
ta’min
lash uning iqtisodiy suvereniteti va
iqtisodiy manfaatlarini
himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini ra g ‘batlantirish,
258
mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integra-
tsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Mazkur qonunda belgilanganidek, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi:
• tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlantirish strategiyasini
ishlab chiqadi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini,
iqtisodiy mustaqilligi va iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini
ta’minlaydi;
• tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida 0 ‘zbekiston Respub
likasining xalqaro shartnomalarini tuzadi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini ishlab chiqadi.
• Cheteldan olinadigan kreditlar uchun 0 ‘zbekiston
Respublikasi hukumatining kafolatlarini beradi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasining chetellardagi mulkiga egalik
qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;
• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga
solish sohasidagi
vakolatli davlat organi bo‘lib, tashqi iqtisodiy
aloqalari, investitsiyalar va savdo
vazirligi hisoblanadi.
Bu organ:
• tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat siyosati olib
borilishini, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda 0 ‘z-
bekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari himoya qili-
nishiga doir vazifalar bajarilishini ta’minlaydi;
• tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizi takomil-
lashtirilishiga doir takliflarni ishlab chiqadi;
• tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari faoliyatini muvofiq-
lashtiradi va tartibga solib turadi;
• tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi davlat
boshqaruv organlari ishini muvofiqlashtiradi;
• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga.
oshiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish
quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
259
• olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlami sertifikat-
lash;
• texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosa-
nitariya, ekologiya standartlari va talablarini belgilash;
• tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferentsiya
va imtiyozlar berish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usullarda ham amalga
oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |