‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Iqtisodiy integratsiya 
— xo‘jalik faoliyatining internatsional- 
lashuvida oliy bosqich bo‘lib, o ‘ziga xos huquqiy tizimlari bilan 
ajralib turuvchi, ham davlatlararo, ham milliy negizga tayangan 
bamaslahat siyosat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi bir butun yagona 
xo‘jalikdir.
Bunga esa turli milliy iqtisodiyotlaming birlashuvi jarayonida 
erishiladi (misol — Yevropa Ittifoqi).
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning 
mohiyati milliy xo‘jaliklar 
o ‘rtasida o‘zaro chuqur va barqaror aloqalarni rivojlantirish, 
mehnat taqsimotini yoiga qo‘yish, ulaming turli darajadagi, 
turli shakllardagi qayta ishlab chiqarish tizimlari o‘rtasida o‘zaro 
hamkorlikni rivojlantirish asosida mamlakatlarning xo‘jalik 
hamda siyosat sohalarida birlashuvi jarayonidan iboratdir.
Mikro darajada 
qo‘shni mamlakatlardagi ba’zi xo‘jalik 
subyektlari (korxonalar, firmalar)ning kapitali bir-biri bilan 
iqtisodiy bitimlar tuzish usullarini shakllantirish, chetelda o‘z 
bo'linm alarini ochish yo‘li bilan o ‘zaro hamkorlik qilish, 
demakdir.
Davlatlararo (makro) darajada 
esa integratsiya davlatlarning 
iqtisodiy birlashmalarini shakllantirish hamda milliy siyosatlarini 
muvofiqlashtirish asosida ro‘y beradi.
Natijada milliy iqtisodlar bir-birlariga «kirib bormoqda». 
Xo'jalik asosining internatsionallashuvi yaqqol ko‘zga tashlan- 
moqda — fan-texnika, ishlab chiqarish, investitsiya, moliya- 
tijorat faoliyatining ko‘p va turli bosqichlari bir-biriga chatishib 
ketmoqda. Mamlakatlar va xalqlarning iqtisodiy o‘zaro bog‘ liqligi 
aniq haqiqatga aylanmoqda.
Iqtisodiy integratsiya asosiga 
xo‘jalik hayotining o‘sib bo- 
rayotgan internatsionallashuvi, xalqaro mehnat taqsimotining 
chuqurlashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, milliy iqtisodning ochiqli- 
gi darajasining ortib borishi kabi omillar ham kiradi. Iqtisodiy
268


integratsiyaning shart-sharoitlari sifatida integratsiyada qatna- 
shayotgan mamlakatlar bozorining rivojlanish darajasini solish- 
tirish, ularning geografik yaqinligi, ular oldida turgan muam- 
molarning umumiyligi, bozor islohotlarini tezlashtirishga 
intilish, integratsion jarayonlardan chetda qolmaslik kabi 
xususiyatlami qayd etib o‘tish kerak.
Integratsiyaning eng muhim umumiy iqtisodiy tavsifi quyida- 
gilardan iborat:
1. Iqtisodiy jarayonlami davlatlararo miqyosda yo‘lga qo‘yish.
2. Bir-biridan u yoki bu darajada mustaqil hisoblangan milliy 
xalq xo'jalik majmualari o ‘rniga umumiy mutanosiblikka, 
umumiy qayta ishlab chiqarish tizimiga ega bo‘lgan biron 
mintaqaviy intematsional majmuani asta-sekin shakllantirish.
3. Mintaqa doirasida mahsulotlar, ishchi kuchi, moliyaviy 
resurslaming davlatlararo harakati uchun hududiy sharoitlami 
kengaytirish ham da bunday harakatga m onelik qiluvchi 
ko‘pdan-ko‘p ma’muriy va iqtisodiy g‘ovlami bartaraf etish.
4. Integratsion birlashmalarda qatnashuvchi davlatlarning 
ichki iqtisodiy shart-sharoitlarini bir-biriga yaqinlashtirish, 
ularning iqtisodiy rivojlantirish darajalarini tenglashtirish.
Odatda, u yoki bu jo ‘g‘rofiy m intaqa, unda joylashgan 
qo'shni mamlakatlar shunday integratsion birlashmalarning 
asosiy o'zagini tashkil etadi.
Hozirda qariyb 100 ga yaqin mintaqaviy tashkilotlar va 70 
mingdan oshiq millatlararo korporatsiyalar mavjud.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin