larining baynalmilallashuvi integratsion aloqalarni yangi, sifat
bosqichiga olib chiqmoqda.
Hozirgi davrga kelib, jahon iqtisodiyoti milliy xo‘jaliklar va
mintaqaviy integratsion birlashmalarning m a’lum m a’noda
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, transmilliy kompaniyalar, moliya-
sanoat guruhlari hamda milliy hukumatlar tomonidan tartibga
solinadigan munosabatlari tizimidan iborat bo‘lmoqda. Iqtiso
diyotning baynalmilallashuvi, jahon bozorlarining shakllanishi,
milliy xo‘jaliklaming bir-biriga yaqinlashishi va qo‘shilib ketishi
obyektiv tarixiy mazmun kasb etmoqda.
0 ‘tgan asrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar jadal rivojlandi
va milliy xo‘jaliklarning taraqqiyot yo‘nalishlariga jiddiy ta’sir
ko‘rsata boshladi. Tovar va xizmatlar savdosi, kapital chiqarish
va kiritish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, ilmiy-texnika ham-
korligi va ishchi kuchi migratsiyasi kabi yo‘nalishlami qamrab
olgan tashqi iqtisodiy aloqalar miqdor va sifat jihatidan keskin
o‘sdi, ishlab chiqarishning mujassamlashuvi va baynalmilal
lashuvi doirasi kengaydi.
Ayniqsa,
Dostları ilə paylaş: