‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


xalqaro bozor resurslarini



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

xalqaro bozor resurslarini
(moliyaviy, texnologik, boshqaruv kabilar) oqilona jalb etishni 
shart qilib qo‘ymoqda.
Globallashuv milliy xo‘jaligini qisqa davrlarda shakllantirgan 
va rivojlantirayotgan 0 ‘zbekistonning istiqboldagi taraqqiyoti 
oldiga dolzarb va keng qamrovli vazifalarni qo‘yadi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda jahon iqtisodiyotining 
kapital va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi salohiyatidan unumli
266


foydalanish hamda sifatli, raqobatbardosh tovar va xizmatlarni 
dunyo bozoriga taklif qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
11.2. Xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashish jarayonlari,
omil lari, shakllari va mexanizmi
Jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan bin uning
qamrovi kengayib borayotganligidir. 
Bu jarayon rivojiangan va 
rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari nafaqat 
savdo-sotiq sohasida, balki boshqa ko‘lamlarda ham erkinlashib 
borayotganligi, ularning milliy iqtisodlari tobora ko‘proq o‘z 
qobig‘ini yorib, bir-biri bilan bog‘lanib ketayotganligi bilan ajralib 
turadi. Ushbu jarayonlar quyidagi g‘oyat muhim ikki holat 
natijasi hisoblanadi:
— bir tomondan, 
amaliyotda tobora ko‘proq milliy bozorlar- 
ning yaratilishi, milliy iqtisodlarning tashqi aloqalarga urg‘u 
berishi;
— ikkinchi tomondan, 
xalqaro xo‘jalik munosabatlarini 
rivojlantirish va chuqurlashtirish yo‘lida uchraydigan transport, 
kommunikatsiya sohalarida g‘ov-to‘siqlarni darhol bartaraf 
etuvchi texnologik innovatsiyalar.
1980-yillaming o‘rtalaridan boshlab jahon iqtisodi xalqaro 
savdo va xalqaro moliyaviy muomalalar haddan tashqari yuqori 
sur’atlar bilan o ‘sayotgan davrga qadam qo‘ydi.
1980-yildan 1996-yilgacha bo‘lgan davr ichida xalqaro savdo 
oboroti hajmi bir yilda o‘rtacha 6,5 
%
ga ortdi va 10 yil ichida 
1,9 barobar ko‘paydi. Ushbu yillar mobaynida xalqaro xizmatlar 
savdosi 2,4 martta ko‘paydi.
1985—1995-yillar ichida xalqaro savdoning jahon yalpi 
mahsulotidagi salmog‘i oldingi 10 yillikdagiga nisbatan 3 martta 
va 1996—2010-yillarda esa qariyb 8 marta ko‘proq jadallashdi. 
Bu milliy iqtisodlar kashfi tezlashganidan, ularning bir-biriga 
muhtojligi kuchayib borganligidan dalolat beradi.
Xuddi ana shu davrda bevosita chetel investitsiyalarining 
o‘sishida jiddiy o‘zgarish yuz berdi, ularning jahon yalpi mahsu­
lotidagi salmog'i ikki barobar ko‘paydi.
267


Ishlab chiqarish kuchlarining internatsionallashuvi va buning 
oliy shakli bo‘lmish jahon iqtisodiyotining globallashuvidan iborat 
umumiy jarayon dunyoning ko‘pgina mintaqalarida integratsiya 
holatlarining rivojlanishi hamda integratsion birlashmalarning 
yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin