transmilliy kapitalning
faoliyati milliy xo‘jaliklar
tizimi rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Keyingi yillarda
jahonning yalpi mahsuloti o ‘sish sur’atlariga nisbatan yalpi
eksport hajmi o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lmoqda.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashib borishida
ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning natijalarini ishlab chiqarishda
qo‘llashning roli ortib bormoqda. Zamonaviy fan, texnika-
texnologiya taraqqiyoti
yangi turdagi tovarlar va xizmatlarni
ishlab chiqarish miqyosini shu darajada kengaytirish imkoniyatini
bermoqdaki, natijada, bir tomondan, milliy bozorlar torligi
muammosi kelib chiqmoqda, mintaqaviy bozorlarni kengaytirish
va xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish zarurati
yanada ortmoqda, ikkinchi tomondan esa, mamlakatlarning
ilmiy-texnika sohasida o ‘zaro hamkorlik qilishlari dolzarb
vazifaga aylanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimoti
hozirgi davrda tarmoqlar bo‘yicha
ixtisoslashishni emas, balki tarm oq ichi ishlab chiqarishga
ixtisoslashishni taqozo etmoqda. Avtomobillar, kompyuterlar
271
va boshqa maishiy texnikalarni ishlab chiqarishda bir necha
mamlakatlar o‘zaro kooperatsiya aloqalarini birgalikda tashkil
etmoqdalar.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jadallashishiga axborot va
kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi ham katta ijobiy turtki
bo‘lmoqda.
Natijada, yangi texnika va texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar
hamda yangiliklar dunyoning istalgan mintaqasiga yoki davlatiga
qisqa muddatlarda yetib bormoqda va keng tatbiq etilmoqda,
bu kapital va ishchi kuchining mobilligi darajasini ham oshir-
moqda.
0 £tgan asming oxirgi o‘n yilliklarida xalqaro iqtisodiy muno-
sabatlar rivojida moliya kapitalining roli ortdi. Jahon moliya
bozori markazlarining mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy integ-
ratsiyani rivojlantirishdagi ahamiyati ularning yirik xususiy va
davlat investitsion loyihalarini amalga oshirishga qulay moliyaviy
shart-sharoitlar yaratishi bilan bog‘liqdir.
Turli moliyaviy dastaklaming ortib borishi xalqaro moliyaviy
tizimning takomiilashishiga va milliy chegaralardan tashqarida
moliyaviy munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi.
Xalqaro valuta bozorining institutsional tarkibiy qismi bo"lgan
banklar, valuta biijalari, brokerlik idoralari, boshqa moliyaviy
muassasalar dunyoning istalgan nuqtasida faoliyat yuritishga
ega bo‘lyaptiki, bu xalqaro iqtisodiy integratsiyaning yanada
rivojlanishiga shart-sharoit yaratmoqda.
London, Nyu-York, Tokio, Frankfurt-Mayn, Singapur kabi
jahon valuta bozori markazlari nafaqat o‘zlari joylashgan minta-
qalarda, balki boshqa mintaqalarda ham integratsion aloqalaming
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy integratsiyaning chuqur-
lashishi bir qator obyektiv omillaming ta’siri bilan izohlanadi.
Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
- xalqaro mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va koope-
ratsiyaning chuqurlashishi;
— ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashishi, axborot texno-
logiyalarining keng joriy etilishi;
272
— mintaqaviy integratsion aloqalaming mustahkamlanishi
va kengayishi;
— xo'jalik faoliyatining baynalmilallashuvi;
— transmilliy kompaniyalar va moliya-sanoat guruhlarining
tashkil topishi.
Xalqaro mehnat taqsimoti alohida olingan mamlakatning
mahsulot va xizmatlar turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisos-
lashishini bildiradi. Mamlakatlararo ixtisoslashuv va kooperatsiya
bo‘lganligi sababli milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvi sodir
bo‘lmoqda.
Bu, o‘z navbatida, transmilliy korporatsiyalar, moliya-sanoat
guruhlari va boshqa tashkiliy-hududiy tizimlar shakllanishiga
olib kelmoqda.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining zamonaviy bosqichida kom
pyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish evaziga
ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi yangi sifat bosqichiga
o‘tdi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi ilmiy va ilg‘or texnologik mahsu
lotlaming ayirboshlanishi jadallashdi. Yangi texnologiyalarni
ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro miqyosda yangi
kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va markazlari,
moliya-sanaot guruhlari shakllandi va rivojlandi.
Globallashuv jarayonida ilgari shakllangan integratsion
birlashmalar faoliyati takomiliashgan bo‘lib, undan tashqari
yangi tuzilmalar paydo boidi.
Agar Yevropa Ittifoqi, NAFTA, OPEK, MDH, BRIK,
BRIKS kabi integratsion tashkilotlar faoliyati kengaygan yoki
chuqurlashgan bo‘lsa, Jahon banki, Osiyo tiklanish va taraqqiyot
banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabi xalqaro iqtisodiy
tashkilotlaming funksiyalari kengaydi, ularning milliy iqtiso-
diyotlar rivojlanishidagi roli oshdi.
Globallashuv jarayonining keyingi bosqichida jahon bozori
va uning segmentlarining ahamiyati ortmoqda.
Bular jahon tovar va xizmatlar bozori, kapital, qimmatli
qog‘ozlar, mehnat, axborot hamda texnologiyalar, ilmiy ishlan-
malar (patent va litsenziyalar), valuta va pul-kredit bozorlaridir.
273
Qayd etilgan bozorlar o‘zaro bog'langan va mintaqaviy hamda
kontinental doirada murakkab amal qilish tizimini tashkil etadi.
Natijada ishlab chiqarish va iqtisodiy sohadagi mehnat taqsimoti
ana shu bozorlarning amal qilish xususiyatlari va yo‘nalishlari
ta’sirida chuqurlashdi.
Globallashuv jarayonidagi jadal rivojlanish tendensiyasiga
ega yo‘nalishlardan biri bu - transmilliy kompaniyalar fao
liyatining kengayishi va milliy iqtisodiyotlar taraqqiyotidagi ta’siri
kuchayganligidir. Transmilliylanish - bu xususiy firmalar
doirasida amalga oshayotgan davlatlararo integratsiyalashish
hisoblanadi.
BMT yondoshuviga ko‘ra, transmilliy kompaniyalar maqomi
quyidagi kompaniyalarga beriladi:
- faoliyat turi va yuridik maqomidan qat’i nazar, ikki yoki
undan ortiq mamlakatda o ‘z shu’ba korxonasiga ega kom
paniyalar;
— o‘zlarining xorijiy firmalari faoliyatini muvofiqlashtirib,
boshqarib turgan kompaniyalar.
Transmilliy kompaniyalar faoliyati milliy iqtisodiyotlarni
geografik joylashuviga ko‘ra emas, balki takror ishlab chiqarish
munosabatlarining o‘zaro mosligi va uyg‘unligidan kelib chiqib
bir-biriga bog‘laydi.
Hozirgi kunda dunyoda 40 mingdan oshiq transmilliy
kompaniyalar (TMK) faoliyat ko‘rsatadi, shundan 500 tasi jahon
xo'jaligida, xususan, milliy iqtisodiyotlar taraqqiyotida salmoqli
mavqeni egallaydi.
Mazkur 500 TMK dunyo ishlab chiqarishining qariyb 50
foizi va savdosining taxminan 60 foizini nazorat qiladi. Jum
ladan, bu TMK lar dunyo bug‘doy, kofe, makkajo'xori, tamaki,
yog‘och materiallari, temir rudasi savdosining 90 foizini, mis
va boksid savdosining 85 foizi, tabiiy kauchuk va neft xomashyosi
savdosining 75 foizini nazorat qilmoqda.
Transmilliy kompaniyalarda yirik kapitalning jamlanishi
bozordagi mavqeyini mustahkamlash bilan birga texnik va
texnologik taraqqiyot sur’atlarini jadallashtirishga imkon ber-
moqda.
274
Shu sababli yangi texnika va zamonaviy texnologiyalar
patenti va litsenziyalari hajmining qariyb 80 foizi ular hissasiga
to‘g‘ri kelmoqda.
Iqtisodiyoti rivojiangan mamlakatlarda har bir tarmoqda 2—
3 TMK jahon bozorida hukmron mavqeni egallaydi. Masalan,
yiliga 16 ming dona yo‘lovchi samolyoti sotiladigan va umumiy
hajmi deyarli 1 trln. AQSH dollariga teng dunyo bozorida ame-
rikaning «Boing» va Yevropaning «Eyrbus indastri» kompa-
niyalari hukmron mavqega ega.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, integratsion jarayon-
laming shakllanishi va rivojlanishi nisbatan uzoq davmi qamrab
oladi.
Bu jarayonlaming amal qilish mexanizmi esa, mantiqiy
ketma-ketlikda bosqichma-bosqich shakllanadi.
Integratsion munosabatlaming amal qilishi, asosan, quyidagi
shakllarda namoyon bo‘ladi:
— tovar va xizmatlar xalqaro savdosi;
— ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik;
— xalqaro ilmiy-texnika hamkorligi;
— mintaqaviy integratsion birlashmalaming shakllanishi va
rivojlanishi.
Xalqaro savdo dunyodagi barcha mamlakatlarning tashqi
savdosini qamrab oluvchi jamlama tushuncha bo‘lib, xalqaro
tovar-pul munosabatlari sohasi hisoblanadi.
Bu bozorda xaridor va sotuvchilar sifatida davlat, davlat
korxonalari, transmilliy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar,
turli firmalar, alohida jismoniy shaxslar faoliyatda bo‘lishi
mumkin.
Mamlakatlar o‘zaro integratsion aioqalarining asosini tovar
va xizmatlar savdosi tashkil etadi.
Shu sababli ular mazkur savdo aloqalarini erkinlashtirish,
o‘zaro qulay savdo shart-sharoitlari yaratish, protektsionistik
vositalarga barham berish, tarifli savdo tartibini takomillashtirib
borish, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish kabilar orqali
integratsion munosabatlarini tartibga solish va rag‘batlantirishga
harakat qiladilar.
275
Integratsiyaning muhim mexanizmlaridan yana biri ishlab
chiqarishni tashkil etish, boshqarish va takomillashtirishdagi
xalqaro hamkorlik hisoblanadi. Buning asosida alohida tovarlar
guruhi, tovar yoki tovar qismini ishlab chiqarishda tarmoq va
tarmoq ichi ixtisoslashuvi yotadi. Boshqacha aytganda, u yoki
bu mamlakat yuqori mehnat unumdorligiga erishish, iqtisodiy
manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va xarajatlarini imkon qadar
kamaytirish uchun muayyan ishlab chiqarish yo'nalishiga
ixtisoslashadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi
Dostları ilə paylaş: |