Globallashuv
jarayoni
ijtimoiy hayotning deyarli barcha
sohalarini qamrab olib, pirovardda alohida mamlakatlarni jahon
hamjamiyatining turli mintaqalari bilan yaqindan bog‘lanishiga
olib keldi. Bu, o‘z navbatida, yangi bozorlarning (kapital, valuta
va sug‘urta bozori) ilg‘or yangi vositalar — turli
axborot tizimlari,
internet, uyali aloqa orqali yanada uzviy integratsiyalashishini
ham ta’minladi.
Globallashuv dunyodagi barcha
mamlakatlarning iqtisodiy
rivojlanish sur’atlari va yo‘nalishlariga sezilarli ta ’sir ko‘rsatdi.
Bu ishchi kuchidan foydalanish, tovar ishlab chiqarish va
xizmatlar ko'rsatish, inson omiliga kapital sarflash sohalarini
keng qamrab oladi, natijada ishlab chiqarish samaradorligi oshadi,
mehnat unumdorligi o‘sadi, raqobatning keskinlashish tenden-
siyalari kuchayadi.
Globallashuvning iqtisodiy jihatlari bir qancha yo‘nalishlarda,
xususan,
xalqaro savdo, investitsiyalar moliyaviy va texnologik
globallashuvda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Aytish mumkinki, iqtisodiyotni erkinlashtirish har qanday
mamlakatning globallashuv jarayonida
faol ishtirok etishi va
undan yuqori darajada manfaat ko‘rishining asosiy shartlaridan
biridir. Iqtisodiy erkinlik, jamiyatning yuqori darajada demok
ratik fuqarolik jamiyatiga aylanishi globallashuvning muhim
ijobiy natijalaridan hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv 0 ‘zbekistonning xalqaro
mehnat taqsimotida qatnashishi
va mintaqaviy integratsiya
jarayonlarida faol bo‘lishini taqozo etadi.
Chunki, yangi shart-sharoitlar milliy iqtisodiyotning tashqi
omillari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni, iqtisodiy
o‘sishning dinamikligini ta’minlashni,
Dostları ilə paylaş: