Гурова И.П.
Мировая экономика.
—
М.: «Омега»
- Л.,
2007.
325
3.
Иванов Н., Гоффе Н., Монусова Г.
Глобализация и бедность.
Мировая экономика и международные отношения. №9, 2010.
стр.412.
4.
Ломакин В.1\
Мировая экономика. Учебник. М.: ЮНИТИ-
ДАНА, 2007. стр 671.
5.
Shodiyev R., Mahmudov Е.
Jahon iqtisodiyoti. Т., 2005.
6.
Vahabov А. V., Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev Sh. X.
Jahon iqtisodiyoti
va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. — Т.: «Moliya». 2011.
7.
Mirsaidov M.S.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. —Т.: «Iqtisod-moliya».
2007.
8. Доклад о мировом развитии. Развитие и изменение климата.
Журнал. Всемирный Банк Вашингтон. 2010.
9.
Iminov О.
Yangi iqtisodiyot: o‘tmish, bugun, kelajak, Risola. — Т.:
«Akademiya», 2012.
10. www.wikipedia.org
11. www.economywatch.com
12. www.data.worldbank.org
13. www.mapsofworld.com
14. www.tradingeconomics.com
XIV bob. 0 ‘TTSH DAVRIGA X O S B O ‘LGAN
M AM LAK ATLAR IQ T IS O D IY O T I
Reja:
14.1. О fish iqtisodiyoti mamlakatlarining xususiyatlari.
14.2. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari.
14.3. Mustaqil davlatlar hamdo
‘stligi (MDH) mamlakatlari iqtisodiyoti.
14.4. O'zbekiston va о ‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik
aloqalari.
14.1. 0 ‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining
xususiyatlari
0 ‘tish iqtisodiyoti m am lakatlari sobiq sotsialistik tizim ga
m ansub 28 m a m iak atn i o ‘z ichiga oladi. U la r rivojlangan
industrial bazaga ega va rejali m a ’m uriy iqtisodiyotdan b ozor
iqtisodiyotiga o ‘tish bilan bog‘liq holda chuqur iqtisodiy islo-
hotlarni am alga oshirayotgan m am lakatlardir.
U lar 2 guruhga ajraladi:
• M arkaziy va Sharqiy Yevropa m am lakatlari (15 ta).
• M ustaqil D avlatlar H am d o ‘stligi (M D H ) va M ongoliya
(13 ta).
XX asrning 80-yillarida sobiq sotsialistik m am lakatlar iqtiso-
diyotida quyidagi krizis holatlari kuzatila boshlandi:
• iste’m ol va investitsiyalar hajm i pasaydi;
• tashqi qarzi o ‘sdi;
• ishlab chiqarishda pasayish kuzatildi;
• raqobatbardoshlik pasaydi;
• inflatsiya jarayonlari kuchaydi;
• ishsizlik yashirin xarakterga ega b o ‘ldi.
Bu rejali iqisodiyotga asoslangan m am lakatlarda iqtisodiy
inqiroz texnologik taraqqiyot, iqtisodiy samaradorlik, ekologiya,
aholining tu rm u sh darajasiga jiddiy t a ’sir o ‘tkazdi va salbiy
oqibatlarga olib keldi.
1
A. V. Vahobov, D.A. Tadjibayeva, Sh.X. Xajibakiyev.
«Jahon iqtisodiyoti
va xalqaro iqtisodiy munosabatlar*. 0 ‘quv qo‘llanma. - Т.: «Moliya». 2011.
327
1980—90-yillarda Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi
siyosiy voqealar SSSR, Chexoslovakiya, Yugoslaviyaning
parchalanishi, Varshava shartnomasining barbod bo‘lishi,
o‘zaro iqtisodiy yordam kengashi o‘z faoliyatini to ‘xtatishi
kuzatildi.
Jahon iqtisodiyotida o‘tish davri iqtisodiyoti bir xo‘jalik
yuritish tizimining boshqasi bilan almashish holatini ifoda
etadi.
Bu jarayon uzoq davmi o‘z ichiga oladi.
Xalqaro iqtisodiy institutlar tomonidan o‘tish davrida iqti
sodiy islohotlarni amalga oshirishda quyidagi klassik tamoyillarni
ta’minlash tavsiya etiladi:
— makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
— narxlami erkinlashtirish;
— xususiy mulkni shakllantirish;
— davlat mulkini xususiylashtirish;
— ochiq iqtisodiyotni shakllantirish;
— davlatning iqtisodiyotga bevosita aralashuvini cheklash.
Bozor munosabatlarini rivojlatirish uchun quyidagi shart-
sharoitlar talab etiladi:
— barqaror siyosiy rejimni o‘matish;
— xo'jalik yuritishning bozor mexanizmini rivojlantirish,
takomillashtirish;
— qulay investitsiya muhitini shakllantirish orqali xorijiy
investitsiyalami jalb etish;
— tashqi siyosatni faol olib borish;
— iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo'lini rag'bat-
lantirish.
Bozor iqtisodiyotini o'sishida davlat alohida rol o‘ynaydi va
quyidagi vazifalami bajaradi:
— oqilona soliq siyosatini yuritish;
— aholining ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish;
— infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda mamlakatning o‘ziga xos
xususiyatlarini maksimal darajada hisobga olish bilan iqtiso
diyotni isloh qilishning xorij tajribasidan, o‘zgarishlarning barcha
328
foydali iqtisodiy vositalaridan samarali foydalanish muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi.
14.2. Markaziy va Sharqiy Yevropa
mamlakatlari
Markaziy va Sharqiy Yevropa ittifoqiga a’zo 10 ta Markaziy
Yevropa (Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya) va Janubiy
Sharqiy Yevropa (Sloveniya, Bolgariya, Ruminiya), Boltiqbo‘yi
(Litva, Latviya, Estoniya) hamda Yevropa ittifoqiga a ’zo
bo‘lmagan Janubiy-sharqiy Yevropaning 6 ta (Albaniya,
Xorvatiya, Bosniya, Gertsogov, Makedoniya, Serbiya va
Chernogoriya) mamlakatlari kiritiladi. Ushbu mamlakatlar
iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlarda markazlashgan rejali,
samarasiz iqtisodiy tizimdan turli mulk shakllariga, tadbirkorlik
tashabbuskorligiga erkin bozor va demokratik institutlarida
asoslangan samarali bozor tizimiga o‘tish maqsadida amalga
oshiriladi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishga quyidagi omillar ta ’sir ko‘r-
satdi:
- islohotlarni amalga oshirishning ratsionalligi va ketma-
ketligi;
- iqtisodiyot tarkibining shartlari va xarakteriga mosligi;
- rivojiangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy texnik
yordami;
- xorijiy kapitalning roli.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari ushbu omillar
ta’siriga bog‘liq holda iqtisodiy jihatdan turli natijalarga erishi-
shdi. Vengriya, Polsha, Chexiya va Slovakiya intensiv isloh
etishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Bolgariya, sobiq
Yugoslaviya respublikalari va Ruminiyaga nisbatan yuqori
iqtisodiy o‘sishga erishdi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari Xalqaro Valuta
Fondi tomonidan taklif etilgan quyidagi tuzilmaviy elementlarga
ega islohotlar modeliga amal qilishmoqda:
329
1. Makroiqtisodiy barqarorlik va nazorat. Barqarorlashtirish
dasturlarini amalga oshirish:
— qattiq soliq siyosati;
— qattiq kredit siyosati;
— inflatsiyaga qarshi siyosat;
— tashqi hisob-kitoblarni tartibga solishga qaratilgan xara-
jatlarni qayta ko‘rib chiqish.
2. Bozor va narx islohoti:
— ichki narxlarni isloh qilish;
— tashqi savdoni erkinlashtirish;
— ish haqi va ishchi kuchi bozorini erkinlashtirish;
— bank tizimini isloh qilish.
3. Xususiy sektorni rivojlantirish, xususiylashtirish, milliy
ishlab chiqarish tarkibini isloh qilish:
— korxonalarni ochish va yopish, xususiy mulk huquqini
rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish;
— tarmoq va ishlab chiqarish islohotlari, monopoliyalami
bekor qilish.
4. Davlatning quyidagi sohalaridagi rolini qayta ko‘rib
chiqish:
— huquqiy islohotlar (konstitutsion, mulk, shartnoma, bank,
raqobat);
— axborot tarkibini isloh qilish (hisobga olish, nazorat);
— iqtisodiyotni bilvosita boshqarishning institutsional
tizimi;
— ij'timoiy soha (ishsizlikdan sug‘urtalash, pensiya ta’minoti,
mehnatga layoqatsizlik, ijtimoiy xizmatlar: sog‘liqni saqlash,
ta’lim).
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy islo
hotlar jadal sur’atlarda markazlashgan rejali, samarasiz iqtisodiy
tizimdan turli mulk shakllariga, tadbirkorlik tashabbuskorligiga,
erkin bozor va demokratik institutlarga asoslangan samarali
bozor tizimiga o ‘tish maqsadida amalga oshirildi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining Yevropa
Ittifoqiga kirishi — 2004-yilda Yevropa Ittifoqiga Markaziy va
Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan sakkiztasi, 2007-yilda esa
330
yana ikkitasining a ’zo bo‘lishi ushbu mamlakatlaming qator
ijtimoiy-iqtisodiy muammolami hal qilish imkonini beradi.
Birinchidan, G ‘arbiy Yevropa bozorlarining ochilishi bu
mamlakatlar YIMning barqaror sur’atlarda o‘sishini ta ’m in
laydi. Yevropa Ittifoqiga a ’zo bo‘lishga tayyorgarlik davri va
undan keyingi davrlarda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamla-
katlarida iqtisodiy o ‘sish sur’atlari Yevropa Ittifoqi 15 mam
lakatlari ko‘rsatkichlaridan 1,7 marta yuqori bo'ldi.
Ikkinchidan, Yevropa Ittifoqiga a’zolik Markaziy va Sharqiy
Yevropa mamlakatlarida ishsizlik darajasining pasayishiga olib
keldi, jumladan, ishsizlik darajasi 2003-2007-yillarda 11,3
%
dan 7,8 % gacha pasaydi. Ushbu holatning asosiy sababi
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan G ‘arbiy Yevropa
mamlakatlariga ishchi kuchining oqib o'tishi (3 mln kishi)
hisoblanadi. Markaziy va Sharqiy Yevropaning ba’zi mamla
katlarida migrantlar tomonidan jo ‘natiladigan pul o‘tkazmalari
tashqi moliyalashtirishning xorijiy investitsiyalardan keyingi
salmoqli manbasiga aylandi.
Misol uchun, 2010-yilda Polshaga 9,1 mlrd dollar, Ser-
biyaga 5,5 mlrd dollar, Ruminiyaga 4,5 mlrd dollar miqdorida
pul o'tkazmalari kirib kelgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
bu mamlakatlarda ishsizlik darajasining oshishiga olib keldi.
Misol uchun, ishsizlik darajasi 2010-yilda Serbiyada 19,6 %ni,
Slovakiyada 14,4 %ni, Vengriyada 11,2 %ni, Bolgariyada 10,3
% ni tashkil etdi.
Uchinchidan, ushbu hududga G ‘arbiy Yevropa kapitalining
kirib kelishi rag‘batlantirildi hamda Markaziy va Sharqiy
Yevropa mamlakatlarida investitsiyalarning jam g‘armalardan
sezilarli darajada ortib borish jarayoni yuz berdi.
To‘rtinchidan, rivojiangan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan
birlashish bu mamlakatlarda m ehnat unumdorligining jadal
sur’atlarda o‘sishiga olib keldi. Markaziy va Sharqiy Yevropa
mamlakatlarida ushbu Markaziy va Sharqiy Yevropa mamla
katlarida ko‘rsatkichning yillik o ‘sishi o'rtacha 2 -3 % ni tashkil
etgani holda, Yevropa Ittifoqi - 15 ta mamlakatlarida bor-
yo‘g‘i 0,75 % ga teng bo‘ldi.
331
Yevropa Ittifoqiga barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ega,
raqobatbardosh bo‘lmagan, to‘ldiruvchi xarakteridagi iqtiso
diyotga ega mamlakatlarning a’zo bo‘lishi Yevropa Ittifoqi -
15 mamlakatlari iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bu holat G ‘arbiy Yevropaga mahsulotlar, xizmatlar, yuqori
texnologiyalarni sotish uchun yangi bozorlarning vujudga
kelishi, arzon ishchi kuchidan foydalanish imkonini yaratdi.
Hozirda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari dunyo
ning jadal sur’atlarda rivojlanayotgan mintaqalaridan hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sish 2010-yilda 4,5 % ga teng bo‘ldi.
Iqtisodiy o‘sish omillari tarkibida ichki iste’molning ken-
gayishi, jumladan, sanoatda investitsiyalarga bo‘lgan talabning
ortishini alohida qayd etish mumkin. Sanoatning jadal sur’at
larda o‘sishi milliy valutalarning yevroga nisbatan past kursi
bilan qo‘llab-quwatlanayotgan eksport hajmining ortishiga olib
keldi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining
tarkibi asta-sekin postindustrial tarkibga ega boMib bormoqda.
Jumladan, xizmatlaming ulushi YIMga nisbatan 52—58 % dan
(Albaniya, Ruminiya, Makedoniya) 75 % ga teng bo‘ldi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari YIMda sanoat
va qurilishning ulushi hozirgi davrda past (Janubi — Sharqiy
Yevropa mamlakatlarida 20-30 %) yoki juda yuqoriligi
(Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida 30—40 %) bilan
ajralib turadi. Bu holat ayrim mamlakatlarda sanoatlashish
jarayonining tugallanmaganligi yoki ayrimlarida esa industrial
tarkibdan postindustrial tarkibga o‘tilganligidan dalolat beradi.
Sanoat tarkibida an’anaviy tarmoqlar (yengil, oziq-ovqat,
yoqilg‘i) ulushi qisqarib, elektrotexnika, avtomobilsozlik, yuqori
texnologik tarmoqlar jadal rivojlanib, hissasi ortib bormoqda.
Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishdagi ijobiy omillardan biri —
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bank va kredit
tizimiga xorijiy kapitalni jalb etish sur’atlarining keskin ortishi
hisoblanadi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari moliya tizimi
davlat xarajatlarining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Davlat
332
xarajatlarining ulushi YIMga nisbatan Ruminiya va Estoniyada
taxminan 26 % ni, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya, Polshada
35—40 % ni tashkil etsa, Vengriya, Sloveniya va Xorvatiyada
40 % dan oshdi.
14.3. Mustaqil Daviatlar Hamdo‘stligi (MDH)
mamlakatlari iqtisodiyoti
0 ‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ikkinchi yirik guruhi
MDH mamlakatlari hisoblanadi. Ushbu mamlakatlaming ba’
zilari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha rivojla
nayotgan mamlakatlarning yuqori guruhiga kirgan bo‘lsa,
ba’zilari rivojiangan mamlakatlaming quyi guruhiga kiradi. Sobiq
Ittifoq iqtisodiyoti ustun darajada ichki iqtisodiy aloqalarga
asoslangan yagona majmua sifatida uzoq vaqt inqirozni o‘z
boshidan kechirdi.
1991-yilda sobiq Ittifoq respublikalaridan iborat MDH tash
kil etildi (Rossiya Federatsiyasi, Armaniston Respublikasi,
Belorussiya Respublikasi, Gruziya, Moldaviya Respublikasi,
Ozarbayjon Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Toji-
kiston Respublikasi, Ukraina, Qozog‘iston Respublikasi,
Qiig‘iziston Respublikasi, 0 ‘zbekiston Respublikasi). Boltiqbo‘yi
respublikalari MDHga kirishdan bosh tortdi. Gruziya 2009-
yilda MDH tarkibidan chiqib ketdi.
MDH mam lakatlarini amalga oshirayotgan iqtisodiy
islohotlarning sur’atlari va chuqurligiga ko‘ra uch guruhga
ajratish mumkin:
• iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning «radikal» yo‘lini
tanlagan mamlakatlar (Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston);
• iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich yo‘lidan
borayotgan m am lakatlar ( 0 ‘zbekiston, T urkm aniston,
Belorussiya);
• «oraliq guruh» mamlakatlari (MDHning boshqa barcha
mamlakatlari).
«Radikallar» guruhiga iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning «falajli davolash» usulini qo‘llagan mamlakatlar
333
kiradi. «Oraliq guruh» mamlakatlariga iqtisodiy islohotlarni
«radikal» isohotlarga nisbatan sekinroq, «bosqichma-bosqich»
islohotlarga nisbatan jadalroq amalga oshirayotgan mamlakatlar
guruhi kiradi. Ushbu guruhlash shartlidir. Misol uchun,
Belarussiyada boshqa MDH mamlakatlariga nisbatan o ‘ziga
xos ijtimoiy-iqtisodiy model shakllandi. Korxonalaming aksariyat
qismi, jumladan, yirik korxonalar davlat ixtiyorida bo‘lib, ular
mamlakat YIM ning taxminan 75 %ini ishlab chiqaradi.
Shu bilan bir vaqtda xo‘jalik yuritish mexanizmi bozor
mezonlari bo‘yicha amal qiladi: direktiv rejalashtirish cheklan
gan, davlat korxonalarining o ‘zi hamkorlarni qidirib topadi,
hamkorlik shartlari mahsulot narxi bo‘yicha kelishadi, ishlab
chiqarish va ishchilar tarkibini belgilaydi.
Mamlakatda keng qamrovli ijtimoiy kafolatlar saqlanib
qolgan.
MDH ning barcha mamlakatlari iqtisodiyotida XX asr 90-
yillarida bozor munosabatlarining asoslari shakllandi:
— aksariyat mamlakatlarda xususiy mulk yetakchi mavqega
ega bo‘ldi;
— narxlaming shakllanishi erkinlashtirildi;
— tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida bozor islohotlari amalga
oshirildi va tashqi bozorlarning ochiqligi ta’minlandi;
— aholi mentalitetini bozor munosabatlari qoidalariga mos-
lashishga yo'naltirilgan qayta o ‘zgarishlarni amalga oshirish
boshlandi.
M DH mamlakatlarining 1991—2010-yillardagi iqtisodiy
rivojlanishini quyidagi uch bosqichga ajratish mumkin.
Birinchi bosqichda (1991—1995) sobiq ittifoq respublikalarida
siyosiy mustaqillikning huquqiy asoslari yaratildi, xalqaro
iqtisodiy, moliya tashkilotlariga a’zo bo‘lishdi, o‘zaro shart
nomalar imzolandi, mustaqil davlat uchun xos moliyaviy-
iqtisodiy, budjet-soliq, bojxona va boshqa iqtisodiy institutlar
shakllantirildi.
Shu bilan birga bu davrda yagona valutaga asoslangan yagona
iqtisodiy m akon barham topdi, respublikalar o'rtasidagi
koperatsiya aloqalari buzildi, uchinchi mamlakatlar bozoriga
334
qayta ixtisoslashish boshlandi va milliy iqtisodiyotlarda inqiroz
holatlari kuchayib bordi. Deyarli barcha respublikalarda YIM
ning keskin qisqarib, eng chuqur pasayish mamlakatlarda turli
yillarda ro‘y berdi.
Ikkinchi bosqich (1996-2000) yangi mustaqil mamlakatlarda
siyosiy suverinitetning mustahkamlanishi, mustaqil faoliyat olib
boruvchi moliyaviy-iqtisodiy tizimning yaratilishi, uzoq xorij
mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalaming o‘rnatilishi va rivoj
lanishi bilan izohlanadi.
Bu bosqichda M DH mamlakatlari iqtisodiyoti barqaror-
lashdi, inflatsiya darajasi pasaydi.
U chinchi bosqichda (2001-2010) M D H ning barcha
mamlakatlarida iqtisodiyotning mustahkamlanishi sodir bo‘ldi,
iqtisodiy salohiyatni oshirish uchun mavjud resurslardan to ‘liq
foydalanildi, iqtisodiyot tarkibini o ‘zgartirish bilan bog'liq
islohotlar amalga oshirildi, jahon iqtisodiyotiga integratsiya-
lashish jarayoni faollashdi.
MDH mamlakatlari amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot-
laming salbiy oqibatlariga quyidagilami kiritish mumkin:
- islohotlarning ijtimoiy yo‘qotishlar bilan birga sodir
bo‘lishi. MDH mamlakatlarida ishlab chiqarishning pasayishi
natijasida aholi turmush darajasining pasayishi, ishsizlik daraja-
sining ortishi, ijtimoiy xizmatlar hajmining qisqarishi ro‘y berdi;
- M DH mamlakatlarining aksariyatida ilmiy-texnik taraq-
qiyotning orqada qolishi, mehnat unumdorligining past darajada
ekanligi;
- yashirin iqtisodiyotning mavjudligi;
- M DH mamlakatlarining xalqaro m ehnat taqsimotida
homashyo va yoqilg‘i yetkazib beruvchilar sifatida ixtisoslashib
qolishi.
Sanoatning yengil sanoat va uzoq muddatli iste’mol to
varlari ishlab chiqaruvchi tarm oqlari sifatli ham da keng
assortimentga ega import bilan raqobat qila olmaganligi sababli
Mustaqil Daviatlar Hamdo'stligining ayrim mamlakatlarida
muzlatkichlar, videomagnitofonlar, kompyuterlar ishlab chi
qarish to'xtab qoldi.
335
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida xomashyo,
yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda ishlab chiqarishning
pasayishi sodir bo‘lmadi hamda bu mahsulotlar eksporti xorijiy
valuta tushumlarining asosiy manbayi va iqtisodiyotni qo‘llab-
quwatlash vositasiga aylandi.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida iqtisodiyotga
xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishga qaratilgan
qonunlar qabul qilinmoqda. Xorijiy kompaniyalarning aksariyati
tabiiy resurslarga boy mamlakatlarga qiziqish bildirmoqda.
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etish
natijasida Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldaviya va
Qirg'izistonda sanoatning katta qismi xorijiy investorlar nazo-
ratida bo‘lib, kapital qo‘yilmalarning 15-30
%
tashqi man-
balardan moliyalashtiriladi. Markaziy Osiyo va Kavkaz respub-
likalarida AQSH, G ‘arbiy Yevropa va Yaponiya kabi an’anaviy
kapital eksportyorlaridan tashqari Janubiy Koreya, Xitoy,
Turkiya kompaniyalari investitsion loyihalarni amalga oshirishda
faol qatnashmoqda.
14.4. 0 ‘zbekiston va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari
iqtisodiy hamkorlik aloqalari
0 ‘zbekiston va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari o‘rtasidagi •
iqtisodiy aloqalar jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. 0 ‘tish
iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 0 ‘zbekiston Markaziy Osiyoda
mahsulotlami sotishning istiqbolli, yirik ichki bozorga, qulay
investitsiya muhitiga, boy xomashyo, inson va ilmiy-texnik
salohiyatga ega muhim hamkori hisoblanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab 0 ‘zbekiston
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan diplomatik
aloqalarni o‘matdi va iqtisodiy hamkorlikning barcha sohalaridagi
munosabatlar muvafFaqiyatli rivojlanmoqda. 0 ‘zbekiston Polsha,
Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya bilan «Savdo-iqtisodiy
hamkorlik to‘g‘risidagi» kelishuvlarga ega. Mazkur kelishuvlar
doirasida bu mamlakatlar bilan mumkin qadar qulaylik yaratish
rejimi asosida ikki tomonlama savdo aloqalari o‘rnatilgan.
336
0 ‘zbekistondan Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga
paxta tolasi, matolar, rangli metallar, noorganik kimyo mahsu
lotlari, turli xil xizmatlar, qishloq xo'jalik mahsulotlari (tomat
pastasi, meva va sabzovatlar, soklar), avtomobilsozlik sanoati
mahsulotlari, kabel eksport qilinadi. O'zbekistonga ushbu
mintaqadan un, tayyor matolar va kiyim-kechak, keramika
mahsulotlari, mexanika va elektr asbob-uskunalari, oziq-ovqat
mahsulotlari, qurilish materiallari, farmatsevtika mahsulotlari,
mebel, transport vositalari olib kiriladi.
0 ‘zbekistonda 150 dan ortiq Markaziy va Sharqiy Yevropa
mamlakatlari kapitali qatnashgan qo'shma 40 dan ortiq to'liq
xorijiy kapitalga asoslangan korxonalar faoliyat yuritadi. Ushbu
korxonalar oziq-ovqat, spirtli ichimliklar, qishloq xo'jalik
mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlik, savdo, transport
xizmatlari, to'qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak, kimyo,
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.
0 ‘zbekiston uchun Ruminiya va Bolgariyaning Qora dengiz-
dagi portlari orqali yuklar tashish sohasida hamkorlik imkoniyat-
larini rivojlantirish istiqbollari muhim ahamiyatga ega. 0 ‘zbekis-
ton mahsulotlarini Ruminiyaning Konstansa porti, Qora
dengizning Dunay — Reyn daryo transporti tizimi bilan bog‘lov-
chi Sulin kanali orqali Yevropa markaziga tashib keltirish, keyin
mintaqaning Shimoliy dengiz portlariga olib chiqish mumkin
bo‘ladi.
Mustaqil Daviatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari 0 ‘zbekis-
tonning asosiy savdo iqtisodiy hamkorlari hisoblanadi. Shunga
qaramasdan, mamlakat tashqi savdo aylanmasida bu mam
lakatlarga nisbatan uzoq xorij mamlakatlarining ulushi orta
boshladi. Shunday qilib, 0 ‘zbekiston va o ‘tish iqtisodiyoti
mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalaming faollashishi ikki
tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi hamda
global jahon bozoriga integratsiyalashishdan o‘zaro manfaatlidir.
0 ‘tish davrida ijtimoiy himoya. Qashshoqlik bu kurashish,
inson kapitalini asrash, uni bozor iqtisodi ehtiyojlariga tayyorlash
iqtisodiy yuksalishga, ijtimoiy adolatga, siyosiy barqarorlikka
ko‘maklashadi.
337
Kambag'allik darajasi qanday aniqlanadi?
M u tlaq kam bag'allik shaxsiy yoki oilaviy d a ro m a d la r
(xarajatlar) ni muayyan miqdordagi tovarlar, xizmatlar qiymatiga
taqqoslash yo'li bilan aniqlanadi.
Nisbiy kam bag'allik darom adlarni boshqa shaxslar yoki
oilalaming daromadlariga taqqoslab belgilanadi.
Subyektiv kambag'allik amaldagi darom adlarni muayyan
shaxslar o'zlari kutayotgan va tasaw ur qilayotgan daromadlarga
taqqoslab belgilanadi.
Kambag'allik muammolarini hal qilishning kaliti — iqtisodiy
o‘sishni tiklash. Lekin aholining ba’zi toifalari masalan, m a-
lakalari darajasi bozor talablariga mos bo'lm agan xodim lar,
keksalar, bolalar, ko‘p bolali oilalaming muammolarini faqatgina
iqtisodiy o'sish bilan hal qilib bo'lmaydi. Aholining bu guruhi
uchun egasiga borib yetadigan (adresli) yordam dasturini ishlab
chiqarishi zarur.
Insonning salomatligiga 4 guruhdagi omil ta ’sir ko'rsatadi:
- daromad;
- yashash tarzi;
— atrof-m uhit;
— kasbga doir kasalliklar — tibbiy sifat xizmati.
O 'tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda sog'liqni
saqlash tizimi 4 usulda mablag'ni ta ’minlaydi:
1-usul - naqd pul bilan ta ’minlash - budjetdan mablag'
ajratish;
2-usul - xususiy sug'urtalash tizimi - AQSHda;
3-u su l — ijtim o iy him o y alash - A rg en tin a, K o rey a,
Urugvay, Chili, O'zbekistonda;
4-usul — soliq tushumlaridan mablag' ajratish - Daniya,
Norvegiya, Shvetsiya, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq, Shimoliy
Afrikada.
Erkinlashtirish va iqtisodiy o'sish. O 'tish davrini boshdan
kechirayotgan barcha mamlakatlarda iqtisodiy ahvolni yaxshi-
lashda keng ko'lam li erkinlashtirish va barqarorlashtirish omillari
muhim rol o'ynaydi. Erkinlashtirish narx-navoni erkin belgi-
lashni, savdoning davlat tom onidan nazorat qilishning to 'x -
338
tatilish in i, yangi kom paniyalarni h ech b ir to 'siq siz tuzish
mumkinligini taqozo etadi.
Barqarorlashtirish inflatsiyaning qisqartirilishini, xalq xo‘jaligi
tashqi iqtisodiy sohalardagi nomutanosibliklar bartaraf qilinishini
ko'zda tutadi. Bozor iqtisodiga erishgan turli mamlakatlarning
tajribasi shuni ko ‘rsatadiki, agar inflatsiya darajasi taxm inan
50 % dan oshsa, iqtisodning rivojlanishi keskin sekinlashadi.
Inflatsiyaning yuqori b o ‘lishi nisbiy narx om ilini buzib aks
ettiradi, mavhumlikni keltirib chiqaradi.
Mavhumlik om onatlam ing jam g‘arilishiga investitsiyalashga
halaqit beradi. Shuning uchun erkinlashtirish h ar doim iqtisodiy
o‘sishning asosi hisoblanadigan narxlami barqarorlashtirish bilan
birga olib borilishi lozim. Erkinlashtirish, barqarorlashtirish va
iqtisodiy o‘sish bir-birlari bilan uzviy bog'langan. Bu Osiyo,
Yevropa davlatlari uchun ham taalluqli.
Barcha m intaqalarda iqtisodiy o ‘sishning sabablari yangi
kom paniyalam ing ochilishiga, xizmat ko'rsatish, eksport, ishlab
chiqarish so h alari, qishloq x o ‘ja lig in in g rivojlanishi bilan
izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: |