‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

- geografik о ‘mi;
- siyosiy demokratik о‘mi;
- aholisiga xos tartiblilik, matonatlilik va intiluvchanlik kabi 
noiqtisodiy omillar.
Shu nuqtayi nazardan Malayziya tashqi savdo ко‘rsatkichlari 
ancha ibratlidir. Mamlakat importining katta qismini oraliq 
tovarlar tashkil etadi. Oraliq tovarlar deganda yakunlovchi 
operatsiyalarning bajarish uchun chetdan keltirilgan xalqaro 
bozorga chiqariladigan tovarlar tushuniladi. Shuning uchun 
eksportda qayta ishlovchi elektron sanoat mahsulotlari yetakchi 
rol o‘ynaydi. Kauchuk, palma yog‘i, ishlov beruvchi sanoat 
m ahsulotlari, gazlama, kiyim-bosh, poyafzal, elektron 
mahsulotlari va boshqalar tashkil etadi.
Janubiy Korea iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan rivojla- 
nishida eksport g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat 
hukumati litsenziya, qarz berish, importni kreditlash asosida 
eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bilan 
tashqi bozorga mo‘ljal olish yo‘lidan og‘ishmay bordi. Natijada 
milliy firmalar orasida raqobat kuchaydi, eksport mahsulotlari 
ishlab chiqarishni kuchaytirish «o‘ziga xos» tarzda rag‘bat-
320


lantirildi. Janubiy Korealik iqtisodchi B. Songning aytishicha, 
hukumat ko‘rsatkichlarini bajarmagan yoki uning rejasiga mos 
ish yuritmagan korxonalar iqtisodiy infratuzilmadan uzib 
qo‘yilgan (suv, elektrenergiya berish to ‘xtatilgan). Mutaxas- 
sislaming fikricha, bu mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish 
cho‘qqisiga chiqishiga asosiy sabab, ulaming qulay geografik 
mintaqada joylashganligidir. Masalan, Gonkong qadimdan 
Xitoyga borishdagi Janubiy darvoza vazifasini o‘tagan.
Tinch va Hind okeanlari tutashadigan Singapumi har doim 
sharqning G‘arbiy darvozasi, deb atashgan. Mutaxassislaming 
fikricha, ushbu mamlakatlarning rivojlanishida ko‘pgina omillar- 
ning uyg'unlashuvi uddaburonlik bilan yuritilgan soliq siyosati 
alohida ajralib turadi.
Bu siyosat Gonkong va Singapurga ko‘pgina chetel savdo- 
sotiq, sanoat kompaniyalarining moliya kapitalini jalb qilishiga 
imkon berdi. Janubiy Koreya, Singapur, Gonkong va Tayvanga 
yirik g‘arbiy biznesni tortgan magnit bu ishchi kuchining 
arzonligidir. Masalan, birgina kiyim-bosh ishlab chiqaradigan 
korxonada ishchi kuchi qiymati AQSHda 19 $, Koreyada 9 $, 
Indoneziyada 6 $, Turkiyada 5 $ ni tashkil etadi.
Yangi industrial mamlakatlar jahon iqtisodiyoti rivojining 
yangi zamonaviy bosqichidan uddaburonlik bilan foydalandilar:
— iqtisodiyotning internatsionallashuvi, xalqaro mehnat 
taqsimotining yanada rivojlantirilishi;
— yirik ko‘lamli ishlab chiqarishdan mayda seriyali ishlab 
chiqarishga o‘tish;
— ishlab chiqarishni bir joyga to ‘planishidan chiqarish, 
mayda, o‘rtacha korxonalar ahamiyatini oshirish;
— mulkchilik shakllarining ko‘pligi;
— inson omilining roli oshganligi iqtisodining intellek- 
tuallashishi, fan yutuqlariga tayanishi.
Ushbu mamlakatlar yuksalishida Yaponiya alohida rol 
o‘ynaydi, chunki bu davlatga kapitalni joylashtirish juda qulay. 
Yaponiya bo‘yicha mutaxassis Ronald Morzening fikricha, 
«Yaponiya yangi mamlakatlarning iqtisodiy kuchayishiga 
yordam berdi hamda siyosiy strategik tayanchga ega bo‘ldi».
321


Vaqt o'tishi bilan ushbu mamlakatlar murakkab tex­
nologiyalarni yaratish, fan yutuqlariga asoslangan ishlab chi­
qarishning rag‘batlantirishning malakali kadrlar tayyorlash 
uchun katta mablag‘lar sarflashni, ishlab chiqarishni avto- 
matlashtirishda AQSH, Germaniya va Yaponiya bilan jiddiy 
raqobatchiga aylandi.
Mamlakatda demokratiya rivojlanishining muhim shartlari­
dan bin aholining farovonligini muayyan darajaga yetkazishdir.
«AQSHning ulug‘vorligi — farovonligi oqibati» degan xitoy 
maqoli bor. Demokratiya - aqlning ulug‘vorligini, ya’ni sening 
e’tiqoding va manfaatlaringa zid bo‘lsa ham murosaga borishga, 
kelishishiga tayyorgarlikni bildiradi. Bu esa aholining farovonlik 
darajasi yuqori bo'lishini hech bo‘lmaganda umumiy surunkali 
ocharchilik bo‘lmasligini taqozo etadi.
Yangi industrial mamlakatlar iqtisodiyoti rivojining yanada 
muhim sabablaridan biri umumiy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik' 
tizimini rivojlantirishga katta e’tibor berilishidir.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar 
«uchinchi dunyo» mamlakatlarining rivojlanishida yuksak 
ahamiyat kasb etmoqda. Bular quyidagilami o‘z ichiga oladi: 
bir qator tarmoqlarda qo‘llaniladigan texnika va texnologiyalar 
yetkazib berish (yengil sanoat, to‘qimachilik sanoati, elektron 
sanoati).
Transmilliy korporatsiyalar investor sifatida ham, shu­
ningdek, investitsiya tovarlari yoki texnologiyalarini (litsenziyala- 
rini) yetkazib beruvchilar sifatida ham muhim rol o‘ynaydi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlami xomashyo eksport qiluvchilardan 
tayyor mahsulotlaming sotuvchilarga aylantirish.
Bunday bevosita qo‘yilma, rivojlanayotgan mamlakatlar 
ishlab chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalar yo‘nalishidagi moliyaviy resurslami oddiyjoylash- 
tirishga nisbatan ancha muhim hisoblanadi. Shu jumladan, 
transmilliy korporatsiyalar an’anaviy jarayonlarining tezlashuvini 
ta’minlaydi.
Texnologik innovatsiyalar, asosan, sanoati rivojiangan 
mamlakatlarda to‘plangan bo‘lib, so‘nggi 10 yilliklarda ular bir
322


qator mamlakatlarda, asosan, «yangi industrial muhitda» ko‘proq 
tarqalgandir.
Texnologiyalarning qo‘llanishi, atrof-muhit bilan bog‘liq 
bo‘lishi mumkin. TMK filiallarining faoliyati ular tanlagan 
mamlakatlarning tabiati uchun, shuningdek, insonlarning 
manfaati va ularning hayotiga tahdid solmasligi lozim.
Shu munosabat bilan xususiy, shuningdek, xorijiy korxo­
nalar ustidan nazoratni o‘matish maqsadida rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi tartibot milliy organlarining faoliyatini kuchay- 
tirishni talab etadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi kambag‘allik muammosi. 
Bu jahon iqtisodiyotidagi eng dolzarb muammolardan biridir. 
Jahon banki kambag'allikni aniqlashda uy xo‘jaliklarida aholi 
jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadlar va xarajatlar ko‘rsat- 
kichidan foydalanadi.
AhoU xarajatlarida:
— insonning oziq-ovqatga bo‘lgan minimal ehtiyojlari;
— yashash minimumiga mos keluvchi tovarlar va xizmatlar 
uchun xarajatlar.
Bir kunda bir kishi 1,25 dollar (xarid qobiliyati bo‘yicha) 
oshmaydigan mutlaq kambag‘allik tushunchasi.
Hozir dunyoda 1.4 mlrd kishi ushbu chegarada yashamoqda. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining - 31 %i kambag‘allik 
darajasidan past darajada yashaydi. Zambiya - 64 %, Nigeriya
— 78 %, Liberiya — 84 %, Nepal — 68 %, Bangladesh — 58 
%ni tashkil etadi.
Jahon banki bashoratiga ko‘ra, 2015-yilga borib, 1 dollardan 
kam daromadga yashayotgan aholining jahon aholisi tarkibidagi 
ulushi 10,2 % ga qadar pasayadi. 2005-yilda 27,9 % bo‘lgan. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda kambag‘allikni kamaytirish 
yo‘llari:
— bir qator iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
— ishlab chiqarish hajmining ortishi va ish haqining o‘sishi;
— yangi ish joylarini ochish va bandlikning o‘sishi;
— ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimlarining rivojlanishi;
— inflatsiyaning barqarorlashuvi.
323


Bu har bir mamlakatdagi ichki holat va olib borilayotgan 
iqtisodiy siyosatga bog‘liq.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda turmush darajasi pastligining 
asosi quyidagilar bilan belgilanadi:
— oziq-ovqatni yetarlicha iste’mol qilmaslik;
— aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlaming kamligi;
— uy-joy sharoitlarining nobopligi;
— yuqori darajadagi kasallanish;
— ta’lim darajasining pastligi;
— yuqori darajadagi bolalar o‘limi;
— umidsizlik kayfiyati.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon xo‘jaligidagi rolining 
ortib borishi 
uzoq muddatli tendensiyaga 
ega. Keyingi yillarda 
rivojlangan mamlakatlar nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’at- 
lariga ega bo‘lishgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror rivojlanish tenden- 
siyasi quyidagi sabablar bilan belgilanadi.
— budjet taqchilligining yuqori emasligi;
— boshqariladigan davlat qarzi;
— barqaror bank tizimi;
— past siklik ishsizlik;
— barqaror o‘sish sur’atlari.
Rivojlangan mamlakatlarda aksincha, budjet taqchiligining 
yuqoriligi, davlat qarzining kattaligi, bank tizimidagi muammolar, 
ishsizlik darajasining yuqoriligi. Rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy farqni bartaraf etishning 
strategik vositasi 
— bu sanoatlashtirish siyosatidir.
Ular amaliyotida 3 xil sanoatlashtirish dasturi qo‘llanilgan:
1. Sanoatning asos (bazis) tarmoqlarining rivojlanishi (Jazoir, 
Efiopiya, Misr, Vyetnam) orqali iste’mol tovarlari ishlab chiqa- 
rishini yo‘lga qo‘yish.
2. Import o‘mini qoplash siyosati — og‘ir sanoat tarmoq­
larining rivojlanishi, xorijiy kapitalni cheklash orqali milliy 
iqtisodiyotning rivojlanishi (Lotin Amerikasi mamlakatlari).
3. Eksportga yo‘naltirilgan siyosat — tovar ishlab chiqarishga 
ixtisoslashish (Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari).
324



Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin