yoki yoqilg‘i-energetika resurslarining jahon bozoridagi narxiga
qarab, bir yuqorilab, bir pasayib turadi. Iqtisodiy o ‘sish birdaniga
10—12 %ga qadar yuqorilab borsa, so‘ngra pasayib 2—3 %ga
qadar tushib ketadi.
0 ‘zbekistonda iqtisodiyotning jahon bozori konyunkturasiga
bog‘liq tomonlari bilan birgalikda, undan holi bo‘lgan sohalari
ham rivoj topmoqda.
Ular mamlakat ichki bozori uchun ishlaydi va tez sur’atlarda
rivojlanib boradi, tashqi bozorga
qaramlik kuchsizlanishi esa,
uning barqarorligini kafolatlaydi. Ammo, globalizatsiya sharoitida
eksportga ishlash zarur bo‘ladi, chunki eksporti yo‘q mam-
lakatning kelajagi bo‘lmaydi.
0 ‘zbekistonda iqtisodiy o ‘sishga, eng aw alo, zamonaviy
texnologik jihozlar bilan qurollangan yangi, ilg‘or ishlab
chiqarish korxonalarini barpo etish va ishga tushirish yo‘li bilan
iqtisodiyotga kapital qo‘yilmalami
jalb etish hajmini oshirish
orqali erishilmoqda.
0 ‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda chetellik yirik
kompaniyalar bilan hamkorlikda Asakada yengil avtomobillar,
Toshkent va Samarqandda avtobuslar, Samarqandda yuk avto-
mobillari ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, Buxoro neftni
qayta
ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi,
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining rekonstruksiya qilinishi
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 2006-yildan Q o‘ng‘irot soda
zavodida kalsiyli soda, Samarqand kimyo zavodida nitrokal-
siyfosfat o‘g‘iti ishlab chiqarilishi yo‘lga qo'yildi, 2010-yildan
Dehqonobod kaliyli o ‘g‘itlar zavodi mahsulot bera boshladi.
Mamlakatimizda industrial tarmoqlarni rivojlantirish orqali
iqtisodiy o ‘sishga mustahkam zamin yaratishda 0 ‘zbekiston
Respublikasi «Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi»
muhim rol
o‘ynamoqda. Jamg'arma iqtisodiyotda ustuvor vazifalami amalga
oshirishga xizm at qiladigan o ‘nlab strategik loyihalarni
moliyalashtirish ishlarini olib bormoqda.
Prezidentimiz ishlab chiqqan «Demokratik islohotlarni yana
da chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kon-
sepsiyasi» iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy
81
o'sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashga muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi.
Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda 2011-2015-
yillarga mo‘ljallangan to'rtta strategik dastuming amalga oshi-
rilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu dasturlar sanoat,
infratuzilma, transport va aloqa qurilishini rivojlantirish, moliya-
bank tizimini isloh qilish va barqarorligini
oshirish kabi
vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Dasturlaming asosiy vazifasi makroiqtisodiy barqarorlik,
yaqin yillarda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’atlarini
8 foizdan kam bo‘lmagan darajada ta’minlash, iqtisodiy o‘sish-
ning sifat ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash, ishlab chiqari-
layotgan tovar va xizmatlaming ichki hamda tashqi bozordagi
raqobatbardoshligini
oshirish, mamlakatning ishlab chiqarish
va resurslar salohiyatidan unumli foydalanish hamda yangi ish
o‘rinlarini yaratishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 11-
apreldagi «Angren» maxsus industrial zonasini barpo etish
to‘g‘risidagi farmoni ham xuddi ana shu yuqorida qayd etilgan
maqsad va vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
2008-yilning oxirida hukumatimiz rahbarining bevosita
tashabbusi bilan mintaqaviy va qit’alararo noyob logistika markazi
sifatida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zona (EIIZ) tashkil
etilgan edi.
Dostları ilə paylaş: