poyafzali va hokazo. Assortiment, mahsulot nomenklaturasini
konkretlashtiradi, detallashtiradi va iste’molchilarning aniq
talabini qondiradi.
Natural ko‘rsatkichlar sanoat mahsuloti ishlab chiqarish
hajmini aniq ifodalaydi. U konkret mahsulot ishlab chiqarishni
ifodalagani uchun ham unga bo‘lgan talab va ishlab chiqarishni
bir-biri bilan balanslash (muvofiqlashtirish) imkonini beradi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning hajmini aniqlash
uchun tovar va yalpi mahsulot ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Tovar mahsuloti
o‘z ichiga tayyor mahsulotlar qiymatini,
sotish uchun mo‘ljallangan yarimfabrikatlar qiymatini hamda
kapital qurilish uchun ishlatiladigan sanoat xarakteridagi
ishlaming qiymatini oladi.
Tovar mahsuloti
ko‘rsatkichi hajmiga shu korxonada ishlab
chiqarilgan va ana shu korxonaning o'zida boshqa mahsulot
ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan mahsulotlar kirmaydi. Bu
usul
Dostları ilə paylaş: