Fan-texnika taraqqiyoti natijasida xalqaro mehnat taqsimoti
va ixtisoslashuvining chuqurlashuvi mamlakatlar o‘rtasida savdo-
iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, bir hududda joylashgan
mamlakatlar o‘rtasida
integratsion aloqalarning
faollashuviga
olib kelmoqda.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, hududiy integratsiya
tashkilotlariga a’zo mamlakatlarning
globallashuv sharoitlariga
mosiashishi, xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan foyda
lanish samarali tarzda kechmoqda.
Shu sababli 0 ‘zbekiston Respublikasi turli xalqaro va
hududiy integratsion tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish orqali
mamlakatimizda mavjud tabiiy-iqtisodiy, mehnat va moliyaviy
resurslardan, xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan sa
marali foydalanishga, jahon xo'jalik tizimida o‘ziga xos o‘rin
egallashga harakat qilmoqda. Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stIigi, Markaziy Osiyo hamkorlik
tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik
tashkiloti
kabi xalqaro va hududiy integratsiya tashkilotlariga
a’zo bo‘lib kirdi.
Bu esa respubdikamiz uchun dolzarb hisoblangan ijtimoiy-
iqtisodiy muammolami hal etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ta’kidlash joizki, 0 ‘zbekiston
uchun Markaziy Osiyo dav-
latlari o‘rtasida mustahkam hamkorlik munosabatlari shakl-
langan.
Mamlakatlar iqtisodiyoti asosiy va yetakchi tarmoqlarining
o'xshashligi, ulaming yaxlit hududiy birlikka ega ekanligi, suv
va energetika manbalarining yagonaligi va ulardan birgalikda
foydalanish
zaruriyati, yagona transport va kommunikatsiya
tizimining mavjudligi, ekologik muammolarning o'xshashligi
mintaqa respublikalari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning doimiy
bo‘lishini ta’minlaydi.
Mintaqa xalqlarning diniy, madaniy, til, urf-odat, an’ana
va ma’naviy birligi esa hamkorlik aloqalarining yanada chuqurroq
va har tomonlama bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi
kunga kelib, mustaqillikni mustahkamlash, iqtisodiyotga bozor
munosabatlarini joriy qilish va jahon iqtisodiyoti tizimida o‘z
280
o‘rnini egallash g‘oyalari Markaziy Osiyo mamlakatlarining
iqtisodiy, ma’naviy va intellektual salohiyatlarini birlashtirishni
taqozo qilmoqda.
Mintaqa davlatlari orasida o‘zaro
manfaatdorlik va ixtiyo-
riylikka asoslangan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish
barcha respublikalarda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy
o‘sishni ta’minlovchi muhim shartlardan biridir.
Yuqoridagilami hisobga olgan holda mustaqillikning dastlabki
yillaridanoq, Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlari tomonidan
mintaqa mamlakatlari o ‘rtasida
hamkorlik munosabatlarini
rivojlantirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
0 ‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari
o‘rtasida 1994-yil aprelda
Dostları ilə paylaş: