‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

transmilliy kapitalning 
faoliyati milliy xo‘jaliklar 
tizimi rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Keyingi yillarda 
jahonning yalpi mahsuloti o ‘sish sur’atlariga nisbatan yalpi 
eksport hajmi o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lmoqda.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashib borishida 
ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning natijalarini ishlab chiqarishda 
qo‘llashning roli ortib bormoqda. Zamonaviy fan, texnika- 
texnologiya taraqqiyoti 
yangi turdagi tovarlar va xizmatlarni
ishlab chiqarish miqyosini shu darajada kengaytirish imkoniyatini 
bermoqdaki, natijada, bir tomondan, milliy bozorlar torligi 
muammosi kelib chiqmoqda, mintaqaviy bozorlarni kengaytirish 
va xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish zarurati 
yanada ortmoqda, ikkinchi tomondan esa, mamlakatlarning 
ilmiy-texnika sohasida o ‘zaro hamkorlik qilishlari dolzarb 
vazifaga aylanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimoti 
hozirgi davrda tarmoqlar bo‘yicha 
ixtisoslashishni emas, balki tarm oq ichi ishlab chiqarishga 
ixtisoslashishni taqozo etmoqda. Avtomobillar, kompyuterlar
271


va boshqa maishiy texnikalarni ishlab chiqarishda bir necha 
mamlakatlar o‘zaro kooperatsiya aloqalarini birgalikda tashkil 
etmoqdalar.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jadallashishiga axborot va 
kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi ham katta ijobiy turtki 
bo‘lmoqda.
Natijada, yangi texnika va texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar 
hamda yangiliklar dunyoning istalgan mintaqasiga yoki davlatiga 
qisqa muddatlarda yetib bormoqda va keng tatbiq etilmoqda, 
bu kapital va ishchi kuchining mobilligi darajasini ham oshir- 
moqda.
0 £tgan asming oxirgi o‘n yilliklarida xalqaro iqtisodiy muno- 
sabatlar rivojida moliya kapitalining roli ortdi. Jahon moliya 
bozori markazlarining mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy integ- 
ratsiyani rivojlantirishdagi ahamiyati ularning yirik xususiy va 
davlat investitsion loyihalarini amalga oshirishga qulay moliyaviy 
shart-sharoitlar yaratishi bilan bog‘liqdir.
Turli moliyaviy dastaklaming ortib borishi xalqaro moliyaviy 
tizimning takomiilashishiga va milliy chegaralardan tashqarida 
moliyaviy munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi.
Xalqaro valuta bozorining institutsional tarkibiy qismi bo"lgan 
banklar, valuta biijalari, brokerlik idoralari, boshqa moliyaviy 
muassasalar dunyoning istalgan nuqtasida faoliyat yuritishga 
ega bo‘lyaptiki, bu xalqaro iqtisodiy integratsiyaning yanada 
rivojlanishiga shart-sharoit yaratmoqda.
London, Nyu-York, Tokio, Frankfurt-Mayn, Singapur kabi 
jahon valuta bozori markazlari nafaqat o‘zlari joylashgan minta- 
qalarda, balki boshqa mintaqalarda ham integratsion aloqalaming 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy integratsiyaning chuqur- 
lashishi bir qator obyektiv omillaming ta’siri bilan izohlanadi. 
Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
- xalqaro mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va koope- 
ratsiyaning chuqurlashishi;
— ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashishi, axborot texno- 
logiyalarining keng joriy etilishi;
272


— mintaqaviy integratsion aloqalaming mustahkamlanishi 
va kengayishi;
— xo'jalik faoliyatining baynalmilallashuvi;
— transmilliy kompaniyalar va moliya-sanoat guruhlarining 
tashkil topishi.
Xalqaro mehnat taqsimoti alohida olingan mamlakatning 
mahsulot va xizmatlar turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisos- 
lashishini bildiradi. Mamlakatlararo ixtisoslashuv va kooperatsiya 
bo‘lganligi sababli milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvi sodir 
bo‘lmoqda.
Bu, o‘z navbatida, transmilliy korporatsiyalar, moliya-sanoat 
guruhlari va boshqa tashkiliy-hududiy tizimlar shakllanishiga 
olib kelmoqda.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining zamonaviy bosqichida kom­
pyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish evaziga 
ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi yangi sifat bosqichiga 
o‘tdi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi ilmiy va ilg‘or texnologik mahsu­
lotlaming ayirboshlanishi jadallashdi. Yangi texnologiyalarni 
ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro miqyosda yangi 
kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va markazlari, 
moliya-sanaot guruhlari shakllandi va rivojlandi.
Globallashuv jarayonida ilgari shakllangan integratsion 
birlashmalar faoliyati takomiliashgan bo‘lib, undan tashqari 
yangi tuzilmalar paydo boidi.
Agar Yevropa Ittifoqi, NAFTA, OPEK, MDH, BRIK, 
BRIKS kabi integratsion tashkilotlar faoliyati kengaygan yoki 
chuqurlashgan bo‘lsa, Jahon banki, Osiyo tiklanish va taraqqiyot 
banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabi xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlaming funksiyalari kengaydi, ularning milliy iqtiso- 
diyotlar rivojlanishidagi roli oshdi.
Globallashuv jarayonining keyingi bosqichida jahon bozori 
va uning segmentlarining ahamiyati ortmoqda.
Bular jahon tovar va xizmatlar bozori, kapital, qimmatli 
qog‘ozlar, mehnat, axborot hamda texnologiyalar, ilmiy ishlan- 
malar (patent va litsenziyalar), valuta va pul-kredit bozorlaridir.
273


Qayd etilgan bozorlar o‘zaro bog'langan va mintaqaviy hamda 
kontinental doirada murakkab amal qilish tizimini tashkil etadi. 
Natijada ishlab chiqarish va iqtisodiy sohadagi mehnat taqsimoti 
ana shu bozorlarning amal qilish xususiyatlari va yo‘nalishlari 
ta’sirida chuqurlashdi.
Globallashuv jarayonidagi jadal rivojlanish tendensiyasiga 
ega yo‘nalishlardan biri bu - transmilliy kompaniyalar fao­
liyatining kengayishi va milliy iqtisodiyotlar taraqqiyotidagi ta’siri 
kuchayganligidir. Transmilliylanish - bu xususiy firmalar 
doirasida amalga oshayotgan davlatlararo integratsiyalashish 
hisoblanadi.
BMT yondoshuviga ko‘ra, transmilliy kompaniyalar maqomi 
quyidagi kompaniyalarga beriladi:
- faoliyat turi va yuridik maqomidan qat’i nazar, ikki yoki 
undan ortiq mamlakatda o ‘z shu’ba korxonasiga ega kom­
paniyalar;
— o‘zlarining xorijiy firmalari faoliyatini muvofiqlashtirib, 
boshqarib turgan kompaniyalar.
Transmilliy kompaniyalar faoliyati milliy iqtisodiyotlarni 
geografik joylashuviga ko‘ra emas, balki takror ishlab chiqarish 
munosabatlarining o‘zaro mosligi va uyg‘unligidan kelib chiqib 
bir-biriga bog‘laydi.
Hozirgi kunda dunyoda 40 mingdan oshiq transmilliy 
kompaniyalar (TMK) faoliyat ko‘rsatadi, shundan 500 tasi jahon 
xo'jaligida, xususan, milliy iqtisodiyotlar taraqqiyotida salmoqli 
mavqeni egallaydi.
Mazkur 500 TMK dunyo ishlab chiqarishining qariyb 50 
foizi va savdosining taxminan 60 foizini nazorat qiladi. Jum­
ladan, bu TMK lar dunyo bug‘doy, kofe, makkajo'xori, tamaki, 
yog‘och materiallari, temir rudasi savdosining 90 foizini, mis 
va boksid savdosining 85 foizi, tabiiy kauchuk va neft xomashyosi 
savdosining 75 foizini nazorat qilmoqda.
Transmilliy kompaniyalarda yirik kapitalning jamlanishi 
bozordagi mavqeyini mustahkamlash bilan birga texnik va 
texnologik taraqqiyot sur’atlarini jadallashtirishga imkon ber- 
moqda.
274


Shu sababli yangi texnika va zamonaviy texnologiyalar 
patenti va litsenziyalari hajmining qariyb 80 foizi ular hissasiga 
to‘g‘ri kelmoqda.
Iqtisodiyoti rivojiangan mamlakatlarda har bir tarmoqda 2— 
3 TMK jahon bozorida hukmron mavqeni egallaydi. Masalan, 
yiliga 16 ming dona yo‘lovchi samolyoti sotiladigan va umumiy 
hajmi deyarli 1 trln. AQSH dollariga teng dunyo bozorida ame- 
rikaning «Boing» va Yevropaning «Eyrbus indastri» kompa- 
niyalari hukmron mavqega ega.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, integratsion jarayon- 
laming shakllanishi va rivojlanishi nisbatan uzoq davmi qamrab 
oladi.
Bu jarayonlaming amal qilish mexanizmi esa, mantiqiy 
ketma-ketlikda bosqichma-bosqich shakllanadi.
Integratsion munosabatlaming amal qilishi, asosan, quyidagi 
shakllarda namoyon bo‘ladi:
— tovar va xizmatlar xalqaro savdosi;
— ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik;
— xalqaro ilmiy-texnika hamkorligi;
— mintaqaviy integratsion birlashmalaming shakllanishi va 
rivojlanishi.
Xalqaro savdo dunyodagi barcha mamlakatlarning tashqi 
savdosini qamrab oluvchi jamlama tushuncha bo‘lib, xalqaro 
tovar-pul munosabatlari sohasi hisoblanadi.
Bu bozorda xaridor va sotuvchilar sifatida davlat, davlat 
korxonalari, transmilliy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, 
turli firmalar, alohida jismoniy shaxslar faoliyatda bo‘lishi 
mumkin.
Mamlakatlar o‘zaro integratsion aioqalarining asosini tovar 
va xizmatlar savdosi tashkil etadi.
Shu sababli ular mazkur savdo aloqalarini erkinlashtirish, 
o‘zaro qulay savdo shart-sharoitlari yaratish, protektsionistik 
vositalarga barham berish, tarifli savdo tartibini takomillashtirib 
borish, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish kabilar orqali 
integratsion munosabatlarini tartibga solish va rag‘batlantirishga 
harakat qiladilar.
275


Integratsiyaning muhim mexanizmlaridan yana biri ishlab 
chiqarishni tashkil etish, boshqarish va takomillashtirishdagi 
xalqaro hamkorlik hisoblanadi. Buning asosida alohida tovarlar 
guruhi, tovar yoki tovar qismini ishlab chiqarishda tarmoq va 
tarmoq ichi ixtisoslashuvi yotadi. Boshqacha aytganda, u yoki 
bu mamlakat yuqori mehnat unumdorligiga erishish, iqtisodiy 
manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va xarajatlarini imkon qadar 
kamaytirish uchun muayyan ishlab chiqarish yo'nalishiga 
ixtisoslashadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi 

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin