— uchinchi bosqichda
a’zo mamlakatlar hududida umumiy
bozor
shakllantirilib, bu amalda milliy bozorlarning o ‘zaro
qo'shilishini bildirdi;
— umumiy bozor qoidalariga ko‘ra, ishchi kuchi, kapital,
tovar va xizmatlaming milliy bozorlar o‘rtasida erkin hara-
katlanishi ta’minlandi, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy chegaralarga
barham berildi. Umumiy bozor tarixan birinchi marta Yevropada
shakllantirilgan bo‘lib, rasman bu bozorning barpo etilganligi
1957-yilda
tasdiqlangan;
— to‘rtinchi bosqichda iqtisodiy va valuta ittifoqi
doirasida
rivojlangan bo‘lib, bu tizimda davlatlar o‘rtasida moliya, pul
muomalasi va bank xizmati sohasida integratsiyalashuv ro‘y
bergan. Jumladan, Yevropa Ittifoqiga a’zo 15 davlatdan 12 tasida
yagona pul birligi — yevro 2001-yildan to £la amal qila boshladi
va milliy pul birliklari muomaladan chiqmoqda. Hozirda Yevropa
Ittifoqida yagona soliq tizimi, milliy budjetlar bilan yonma-
yon yagona budjet tizimi ham joriy qilingan.
— beshinchi bosqichda
davlatlar o‘rtasida
siyosiy butunlikni
ta’minlash tendensiyalari kuchayib, integratsion birlashmaga
a’zo davlatlar xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga
nisbatan yagona yondashuvini ishlab chiqadi.
Bu keyingi o‘n yillikda Yevropa Ittifoqining siyosiy tashkiliy
tuzilmalari (Yevropa parlamenti, Yevropa komissiyasi, YEXHT
kabilar) faoliyatida yaqqol namoyon bo'lmoqda.
Xalqaro integratsion aloqalarning yo'lga qo‘yilishi a ’zo
mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun moddiy,
moliyaviy, mehnat, ilmiy-texnik va innovatsion resurslardan
yanada kengroq va samaraliroq foydalanish imkoniyatlarini ham
yaratadi.
Bundan
tashqari, milliy bozorlarning yaqinlashishi va
qo‘shilib ketishi natijasida tovar ishlab chiqaruvchilari
miqyos
samarasidan foydalanadi, ijtimoiy va ekologik muammolarni
birgalikda hal etish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Jahon iqtisodiyoti rivojidagi keyingi davrda mehnat taqsi-
motining
yanada chuqurlashishi, axborot almashish tezligining
ortishi va ko'lamining kengayishi, aloqa va transport xizmat-
270
larining baynalmilallashuvi integratsion aloqalarni yangi, sifat
bosqichiga olib chiqmoqda.
Hozirgi davrga kelib, jahon iqtisodiyoti milliy xo‘jaliklar va
mintaqaviy integratsion birlashmalarning m a’lum m a’noda
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar,
transmilliy kompaniyalar, moliya-
sanoat guruhlari hamda milliy hukumatlar tomonidan tartibga
solinadigan munosabatlari tizimidan iborat bo‘lmoqda. Iqtiso
diyotning baynalmilallashuvi, jahon bozorlarining shakllanishi,
milliy xo‘jaliklaming bir-biriga yaqinlashishi va qo‘shilib ketishi
obyektiv tarixiy mazmun kasb etmoqda.
0 ‘tgan asrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar jadal rivojlandi
va milliy xo‘jaliklarning taraqqiyot yo‘nalishlariga jiddiy ta’sir
ko‘rsata boshladi. Tovar va xizmatlar savdosi,
kapital chiqarish
va kiritish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, ilmiy-texnika ham-
korligi va ishchi kuchi migratsiyasi kabi yo‘nalishlami qamrab
olgan tashqi iqtisodiy aloqalar miqdor va sifat jihatidan keskin
o‘sdi, ishlab chiqarishning mujassamlashuvi va baynalmilal
lashuvi doirasi kengaydi.
Ayniqsa,
Dostları ilə paylaş: