Globallashuvni obyektiv
zaruriyatga aylantirgan, jahon
iqtisodiyotida keyingi 25-30 yillarda chuqurlashgan hamda bir
vaqtning o‘zida bir nechta yoki o‘nlab davlatlarni qamrab olgan
muammolar
mavjud.
Ular xalqaro siyosiy
va iqtisodiy munosabatlarda, ijtimoiy
hayotda paydo bo‘lgan, inson va tabiat o‘rtasidagi munosa
batlarda shakllangan global muammolar hisoblanadi.
Jahonda termoyadro urushi xavfi,
terrorchilik va ekstre-
mizmning avj olishi, rivojiangan hamda rivojlanayotgan mam
lakatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi
tafovutlarning ortib borishi, dunyoning ba’zi mintaqalarida aholi
o ‘sish sur’atlarining yuqoriligi
va milliy davlatlarning bu
jarayonni yetarli darajada tartibga solish imkoniyatining chek-
langanligi, atrof-muhitning ifloslanishi,
inson hayoti uchun
eng zarur resurslar — oziq-ovqat, energiya manbalari, xoma-
shyolaming ba’zi mintaqalarda tanqisligi
ana shunday muam-
molardan hisoblanadi.
Globallashuv muayyan mamlakatdagi
Dostları ilə paylaş: