Bojxona bojlari va soliq stavkalarining yaqinlashtirilishi yoki
tenglashtirilishi hududiy doirada ishlab chiqarishni rag‘bat-
lantirib, miqyos samarasiga olib keladi.
Integratsion hududga kiruvchi mamlakatlarning birortasidagi
iste’mol hajmining ko‘payishi, ishsizlikning ortishi, daromadlar
miqdorining o‘zgarishi kabi tendensiyalar qolgan mamlakatlarga
ham o‘z ta’sirini ko'rsatadi.
Bu, o‘z navbatida, integratsion birlashma doirasida institut
sional mexanizmning shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi.
Yevropa Ittifoqining siyosiy-tashkiliy tuzilmalari (Yevropa par-
lamenti, Yevropa komissiyasi, EXHT kabilar), iqtisodiy-tashkiliy
tizimi (yagona pul birligi, yagona budjet, iqtisodiy qo‘mitalar)
faoliyati bunga yaqqol misol bo‘ladi (20-jadval).
0 ‘zbekiston a ’zo bo‘lib kirgan integratsion birlashma-
larning ham shakllangan va
rivojlanayotgan mexanizmi mavjud. YevrAzYeS, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Mus
taqil Daviatlar Ham do‘stligining huquqiy asoslari yaratilgan
bo‘lib, ular amal qilishining iqtisodiy mexanizmlari ham
rivojlanmoqda.
Biroq, aytish kerakki, bu integratsion tuzilmalar bosqichma-
bosqich rivojlanib borishi, milliy xo‘jaliklarning tub iqtisodiy
manfaatlariga to ‘la javob berishi va milliy davlatchilik asoslariga
zid bo‘lmasligi maqsadga muvofiq.
Aks holda, ular muvaffaqiyatli amal qilmaydi, daviatlar
o‘rtasidagi integratsion munosabatlar takomillashmaydi.
278
20-jadval Jahondagi ba’zi integratsion birlashmalarning tarkibi va shakllari Integratsiyala- shuv shakli Integratsion birlashmaning nomi Integratsion birlashmaning tashkil topish sanasi