foydalanish hamda sifatli, raqobatbardosh tovar va xizmatlarni
dunyo bozoriga taklif qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
11.2. Xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashish jarayonlari,
omil lari, shakllari va mexanizmi
Jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan bin uning
qamrovi kengayib borayotganligidir.
Bu jarayon rivojiangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari nafaqat
savdo-sotiq sohasida, balki boshqa ko‘lamlarda ham erkinlashib
borayotganligi, ularning milliy iqtisodlari tobora ko‘proq o‘z
qobig‘ini yorib, bir-biri bilan bog‘lanib ketayotganligi bilan ajralib
turadi. Ushbu jarayonlar quyidagi g‘oyat muhim ikki holat
natijasi hisoblanadi:
— bir tomondan,
amaliyotda tobora ko‘proq milliy bozorlar-
ning yaratilishi, milliy iqtisodlarning tashqi aloqalarga urg‘u
berishi;
— ikkinchi tomondan,
xalqaro xo‘jalik munosabatlarini
rivojlantirish va chuqurlashtirish yo‘lida uchraydigan transport,
kommunikatsiya sohalarida g‘ov-to‘siqlarni
darhol bartaraf
etuvchi texnologik innovatsiyalar.
1980-yillaming o‘rtalaridan boshlab jahon iqtisodi xalqaro
savdo va xalqaro moliyaviy muomalalar haddan tashqari yuqori
sur’atlar bilan o ‘sayotgan davrga qadam qo‘ydi.
1980-yildan 1996-yilgacha bo‘lgan davr ichida xalqaro savdo
oboroti hajmi bir yilda o‘rtacha 6,5
%
ga ortdi va 10 yil ichida
1,9 barobar ko‘paydi. Ushbu yillar mobaynida xalqaro xizmatlar
savdosi 2,4 martta ko‘paydi.
1985—1995-yillar ichida xalqaro
savdoning jahon yalpi
mahsulotidagi salmog‘i oldingi 10 yillikdagiga nisbatan 3 martta
va 1996—2010-yillarda esa qariyb 8 marta ko‘proq jadallashdi.
Bu milliy iqtisodlar kashfi tezlashganidan, ularning bir-biriga
muhtojligi kuchayib borganligidan dalolat beradi.
Xuddi ana shu davrda bevosita
chetel investitsiyalarining
o‘sishida jiddiy o‘zgarish yuz berdi, ularning jahon yalpi mahsu
lotidagi salmog'i ikki barobar ko‘paydi.
267
Ishlab chiqarish kuchlarining internatsionallashuvi va buning
oliy shakli bo‘lmish jahon iqtisodiyotining globallashuvidan iborat
umumiy jarayon dunyoning ko‘pgina mintaqalarida integratsiya
holatlarining rivojlanishi hamda integratsion birlashmalarning
yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: