‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

ishlab chiqarish 
kuch- 
larining sifat jihatidan yangi rivojlanish bosqichiga o‘tishi bilan 
bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy voqeliknning xalqaro doirada 
integratsiyalashishi hamdir. Globallashuv xo‘jalik yurituvchi 
birliklaming xalqaro miqyosda kengayishi va jahon iqtisodiyotida 
salmoqli mavqeni egallashi, tovarlar, xizmatlar, ish kuchi, yangi 
texnologiya va kapitalning xalqaro miqyosda erkin harakatlanishi, 
investitsiyalar, moliya-xo‘jalik, milliy qadriyatlar, madaniyat 
va san’at kabi yo‘nalishlarda hukumatlar, alohida olingan tash­
kilotlar, millat va elatlar faoliyatining milliy doirasidan chiqib, 
erkinlashtirilishi, inson kapitali, xususan, intellektual kapitalning 
dunyoning taraqqiy etgan markazlariga ko‘chib o ‘tishi jarayon- 
larini ham bildiradi.
Ug‘or texnologiyalarning jadal rivojlanishi va axborot alma- 
shuvining qulaylashishi, sovuq urush va siyosiy qutblashuvning 
barham topishi, transport xizmatining keng miqyosda taraqqiy 
etishi va m am lakatlar o ‘rtasida yuk tashish va y o ‘lovchi 
qatnovining ortishi kabilar ham jarayonni tezlashtirgan 
omillardan hisoblanadi.
265


Globallashuv 
jarayoni 
ijtimoiy hayotning deyarli barcha 
sohalarini qamrab olib, pirovardda alohida mamlakatlarni jahon 
hamjamiyatining turli mintaqalari bilan yaqindan bog‘lanishiga 
olib keldi. Bu, o‘z navbatida, yangi bozorlarning (kapital, valuta 
va sug‘urta bozori) ilg‘or yangi vositalar — turli 
axborot tizimlari,
internet, uyali aloqa orqali yanada uzviy integratsiyalashishini 
ham ta’minladi.
Globallashuv dunyodagi barcha mamlakatlarning iqtisodiy 
rivojlanish sur’atlari va yo‘nalishlariga sezilarli ta ’sir ko‘rsatdi. 
Bu ishchi kuchidan foydalanish, tovar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko'rsatish, inson omiliga kapital sarflash sohalarini 
keng qamrab oladi, natijada ishlab chiqarish samaradorligi oshadi, 
mehnat unumdorligi o‘sadi, raqobatning keskinlashish tenden- 
siyalari kuchayadi.
Globallashuvning iqtisodiy jihatlari bir qancha yo‘nalishlarda, 
xususan, xalqaro savdo, investitsiyalar moliyaviy va texnologik 
globallashuvda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Aytish mumkinki, iqtisodiyotni erkinlashtirish har qanday 
mamlakatning globallashuv jarayonida faol ishtirok etishi va 
undan yuqori darajada manfaat ko‘rishining asosiy shartlaridan 
biridir. Iqtisodiy erkinlik, jamiyatning yuqori darajada demok­
ratik fuqarolik jamiyatiga aylanishi globallashuvning muhim 
ijobiy natijalaridan hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv 0 ‘zbekistonning xalqaro 
mehnat taqsimotida qatnashishi va mintaqaviy integratsiya 
jarayonlarida faol bo‘lishini taqozo etadi.
Chunki, yangi shart-sharoitlar milliy iqtisodiyotning tashqi 
omillari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni, iqtisodiy 
o‘sishning dinamikligini ta’minlashni, 

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin