in tegratsiya
hisoblanadi. Jahonning
299
yetakchi davlatlari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar faol, integra
tsion guruhlar va ulaming a’zolari o‘rtasida yanada jadal sur’at-
larda rivojlanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi
muhim jihatlaridan biri iqtisodiyotga davlat aralashuvining
kamayishi, iqtisodiyotning erkinlashish jarayonidir.
Birinchi jahon umshidan XX asrning 80-yillariga qadar
rivojlangan mamlakatlarda davlat tom onidan iqtisodiyotga
aralashish darajasi davlat xarajatlari va iqtisodiyotda davlat sektori
ulushining o‘sishi shaklida jadal sur’atlarda ortib bordi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv va integratsiya jarayon-
larining chuqurlashishi natijasida aksariyat rivojlangan mam
lakatlarda davlat xarajatlarining YIM dagi ulushi qisqarib bordi.
Bundan tashqari, xususiylashtirish, transport, aloqa, ener
getika, kommunal xo‘jalik kabi tarmoqlarda davlat mulkini
xususiy kompaniyalarning boshqaruv ixtiyoriga topshirish
boshlandi.
XXI asrning boshlariga kelib rivojlangan mam lakatlar
iqtisodiyotining tarkibi postindustrial tarkibga ega bo‘la boshladi.
Iqtisodiyot tarkibida birlamchi (qishloq xo‘jaligi, qazib olish,
o‘rmon, baliqchilik), ikkilamchi tarmoqlar (sanoat, qurilish)
qisqargani holda uchlamchi tarmoqlar (xizmatlar sohasi) ulushi
osha boshladi.
XX asming birinchi yarmida transport, savdo maishiy xizmat,
ta ’lim iqtisodiyotning asosiy xizmatlar sohasidagi tarmog‘iga
aylangan bo‘lsa, ikkinchi jahon urushidan keyin xizmatlar
ijtimoiy soha — ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya
va sport, madaniyat, san’at, uy-joy kommunal xo‘jaligi ijtimoiy
ta’minot hisobiga keyinchalik esa moliya xizmatlari, axborot-
kommunikatsiya xizmatlari hisobiga jadal rivojlandi. Rivojlangan
mamlakatlarda moliya sektori iqtisodiyot holatini ifoda etuvchi
asosiy indikatorga aylanib bormoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat xarajatlarining ortishi
budjet taqchilligiga va davlat qarzlaming vujudga kelishiga olib
keldi. Yevropa mamlakatlarining aksariyatida davlat qarzi yalpi
ichki mahsulotga nisbatan 50 % dan oshadi, 2012-yilda Gretsiya,
300
Italiya, Islandiya, Belgiyada 100
%
lik ko‘rsatkichlardan oshib
ketdi.
Ushbu mamlakatlarda inflatsiya darajasi o‘zgarib turibdi.
Ijtimoiy soha rivojiangan mamlakatlarda aholining daro-
madlar bo‘yicha tabaqalashuvidagi farqning qisqarishi kuzatildi.
Aholi daromadlarining o‘sishi bilan bir vaqtda boy va kambag'al
qatlamlar daromadlaridagi farqlar qisqardi. Aholi daromad
larining keskin oshishi natijasida о‘rta sinfning shakllanishi
ijtimoiy tabaqalashuvning qisqarish sabablaridan biri hisob
lanadi.
Shuningdek, ish vaqti davomiyligi va ishsizlik darajasi
o ‘rtasida ham farq kuzatiladi. Aholi turm ush darajasining
yuqoriligiga qaramasdan bir ishchiga hisoblangan rasmiy ish
soatlari 1800 soat atrofida.
Ishsizlik darajasi 2012-yilda G ‘arbiy Yevropada Ispaniya
30 %, Gretsiya 26
%,
Italiya 20 % kuzatildi. Ishsizlik darajasi
va iqtisodiy o‘sish suratlari o'rtasida to ‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik
mavjudligini Yaponiya misolida ko'rishimiz mumkin. 2010-
yildagi iqtisodiy o‘sish suratlarining pastligiga qaramasdan, yapon
firmalari o ‘z ishchi, xizmatchilarini kamdan-kam hollarda ish-
dan bo'shatishadi.
Rivojiangan malakatlarda, xususan, G ‘arbiy Yevropa mam-
laktlarida demografik jarayonlarda umumiy aholi sonida keksa
yoshlilar (65 yoshdan oshgan) — demografik vaziyat — aholining
qarishi muammosi haqida bormoqda. Agar keksalar sonining
ulushi 12 % dan oshsa, ushbu mamlakatlar aholisi qariyotgan
hisoblanadi.
Masalan, G ‘arbiy Yevropada 15 %, AQSH 12 %, Yaponiya
15% ni tashkil etadi. Aholining qarishi pensiya to'lovlari,
keksalami parvarishlashni tashkil etish ularga tibbiy xizmat kabi
qo‘shimcha mablag‘lami talab etadi.
A holining qarishi m ahsulot ishlab chiqarish, xizm at
ko‘rsatish sohasiga jiddiy ta ’sir o‘tkazadi. G ‘arb iqtisodchilari
aholi qarishi muammosini iqtisodiy salohiyatning pasayishi bilan
baholaydi.
301
12.2. Jahon iqtisodiyotida xalqaro
korporatsiyalar
BMT Ekspertlarining fikricha, Transmilliy korporatsiyalar
(TMK) Jahon iqtisodining «dvigatellaridir». 100 ta eng yirik
xalqaro kompaniyalarning 40 % mulki (shu jumladan moliyaviy
mulki) boshqa davlatlar hududida joylashgan. Transmilliy korpo-
ratsiyalarning asosiy qismi AQSH, YI davlatlari, Yaponiya,
Rossiyada joylashgan. TMK jahon sanoat ishlab chiqarishining
40%igacha, xalqaro savdoning yarmini nazorat qiladi. TMK
korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yiliga
1 trln. dollardan oshib ketadi.
Xo‘sh, transmilliy korporatsiyalar nima, ularga qanaqa
kompaniyalar kiradi? An’anaviy ravishda xalqaro korporatsiyalar
faoliyatini o‘rganadigan BMT uzoq vaqt mobaynida ularga yillik
aylanmasi 100 mln dollardan oshuvchi va kamida 6 davlatda
filiali bo'lgan firmalarni qo‘shadi. Keyingi yillarda boshqa bir
ko‘rsatkich: rezident davlatdan tashqarida sotilgan mahsulotlar
miqdori kiritildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahonda Shveyt-
sariyaning «Nestle» firmasi (98%) ilg‘orlardan biri sanaladi.
BMT metodologiyasiga ko‘ra, xalqaro korporatsiyani uning
aktivlari strukturasiga qarab ham aniqlash mumkin. Transmilliy
korporatsiyalar ichida eng ko‘p xorijiy aktivga (moliya sektori
— transmilliy banklardan tashqari) Angliya — Gollandiya
konserni «Royal-Datch shell», keyin AQSHning 4 firmasi:
«Ford», «Jeneral-motors», «Ekson» va «IBM» ega. G ‘arb iqti
sodiy adabiyotlarida xalqaro monopoliyaning ko‘plab turlarini
uchratish mumkin: ko‘p milliy korporatsiyalar, baynalmilal
korporatsiyalar.
Rossiyalik iqtisodchilar quyidagi klassifikatsiyani beradi.
Transmilliy korporatsiyalar — bu xorijiy aktivga ega bo‘lgan
milliy monopoliyalar. Ularning ishlab chiqarish va savdo-sotiq
faoliyatlari bir davlat chegarasidan chiqib ketadi.
Korporatsiya deb AQSHda hissadorlik jamiyatini aytishadi.
Zamonaviy Transmilliy korporatsiyalarning ko‘pchiligi Amerika
kompaniyalarining ekspansiyasi vujudga kelganligi tufayli bu
302
termin kirib keldi. Transmilliy korporatsiyalarning huquqiy
rejimi filiallar va sho’ba korxonalari tashkil etish orqali turli
davlatlarda faoliyat yuritishni nazarda tutadi.
Bu kompaniyalar nisbatan mustaqil bo'lgan ishlab chiqarish
va tayyor mahsulotlami sotish, ilmiy tadqiqot, iste’molchilarga
xizmat ko'rsatish xizmatlariga ega. Umuman, ular yagona ishlab
chiqarish-sotish majmuyini tashkil etadi va bu majmuada
hissadorlik kapitalga faqat ta’sischi davlat egalik qiladi. Shu
bilan birga filial va shu’ba korxonalari aralash korxonalar bo‘lishi
va ularda milliy kapital ustunlik qilishi mumkin.
Ko‘pmilliy korporatsiyalar (KMK) — ishlab chiqarish va
ilmiy tadqiqotchilik asosida bir necha davlat milliy kor-
poratsiyalarini birlashtimvchi xalqaro korporatsiyadir. Bunga
1907-yildan buyon mavjud b o ‘lgan Angliya — Gollandiya
«Royal-Datch shell» konsemini ko'rsatish mumkin. Bu kompa-
niyaning hozirgi kapitali 60:40 nisbatda taqsimlangan. Ko'pmilliy
korporatsiyalarga mashinasozlik, elektron injeneriyaga ixtisos-
lashgan, Yevropada mashhur Shveytsariya-Shvetsiya A W (Asea
Brown Bovery) kompaniyasini ko'rsatish mumkin. Yevropaning
ilg‘or ko‘pmilliy кофога1з1уа1ап qatoriga Angliya — Gollandiya
kimyo-texnologiya «Yunilever» konsernini ham q o ‘shish
mumkin.
Transmilliy va ko‘pmilliy кофога151уа1аща xalqaro kompa
niyalar ichida ajralib turuvchi global korporatsiyalami (GK)
ham qo‘shish kerak. Ular 80-yillarda vujudga keldi va kuchga
kirib bormoqda. Global кофога1з1уа1аг zamonaviy jahon moliya
kapitalining butun qudratini namoyon qiladi. Globalizatsiyaga
ko‘proq kimyo, elektrotexnika, elektron, neft, avtomobil,
axborot, bank va boshqa bir necha sohalar moyil.
Transmilliy korporatsiyalar paydo boMishiga sabab nima?
Ular paydo bo‘lishining eng umumiy sababi milliy — davlat
chegaralaridan chiqib ketgan ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi asosida ishlab chiqarish va kapitalning baynal-
milallashuvidir. Ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvi
yirik kompaniyalar tomonidan xorijda o‘z bo‘limlarini tashkil
etishi va milliy кофоШ51уа1агшщ transmilliy кофога181уа1а^а
303
aylanishi orqali ekspansiya xarakteriga ega bo‘ladi. Kapital olib
chiqish xalqaro korporatsiyalarning shakllanishi va rivojlani
shining eng muhim omiliga aylanmoqda.
Transmilliy korporatsiyalar vujudga kelishining aniq sabablari
qatoriga haddan oshiq foyda olishga intilishni ko‘rsatish
mumkin. 0 ‘z navbatida, o‘tkir raqobat, bu kurashda tirik qolish
zaruriyati ham xalqaro miqyosda ishlab chiqarish va kapitalning
konsentratsiyasi va TMK paydo bo‘lishiga olib keldi.
Jahon xo‘jaligida ro‘y beruvchi iqtisodiy jarayonlarning
obyektiv natijasi sifatida vujudga kelgan transmilliy korpo
ratsiyalar qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. TMK xalqaro
mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo‘lib, uning rivojlani-
shiga o‘z hissalarini qo‘shadi.
Transmilliy korporatsiyalar kapitalining harakati, odatda,
korporatsiya joylashgan davlatda bo‘layotgan jarayonlardan
mustaqil ravishda ro‘y beradi.
Transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiyalar va yuqori
malakali personal talab qiluvchi yuqori texnologiyali, ilmtalab
sohalarga kirib boradi.
Bunda ushbu sohalarni transmilliy korporatsiyalar to
monidan monopoliya qilish tendensiyasi sezilmoqda. Kapitalistik
3
dunyo sanoat mahsulotining - qismi 2 mingga yaqin eng yirik
korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan. Ularning bir necha
yuztasi eng muhim mahsulotlaming 50 % idan 80% igacha
bo‘lgan qismini ishlab chiqaradi.
500 ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85 tasi
barcha xorijdagi investitsiyalarning 70 % ini nazorat qiladi. Bu
500 gigant elektronika va kimyoning 80 %, farmatsevtikaning
95 %, mashinasozlikning 76 % mahsulotini sotadi. G ‘arb
iqtisodchilarning prognozlariga ko‘ra, jahon xo‘jaligida 300—
600 transmilliy korporatsiyalar hukmronligi o‘rnatildi. Bunda
300 korporatsiya jahon yalpi mahsulotining 75 % ini nazorat
qiladi, o‘z ishlab chiqarishlari va xizmatlarini sezilarli ravishda
diversifikatsiya qiladilar.
304
Masalan, Shvetsiyaning «Volvo» avtomobil konsemi hozir-
dayoq nafaqat avtomobil chiqarmoqda. Bu transmilliy korpo
ratsiya Shvetsiyada 30 ta, xorijda bir necha o‘nta turli ixtisosli
yirik shu’ba korxonalariga ega bo'lib, katerlar uchun motorlar,
aviadvigatellar, mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. 0 ‘z navbatida,
AQSHning 500 eng yirik transmilliy korporatsiyalari o‘rta
hisobda 11 sohada, eng kuchlilari esa 30—50 sohada korxonalarga
ega. 100 ta ilg'or sanoat firmalaridan Angliyada - 96 ta, Germa-
niyada - 78 ta, Fransiyada - 84 ta va Italiyada - 90 tasi ko‘p
sohalidir.
Kuchli ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan transmilliy
korporatsiyalar ishlab chiqarishni, tovar bozorlarini samarali
rejalashtirishni ta’minlovchi ishlab chiqarish — savdo siyosatini
yurgizadi.
Rejalashtirish bosh kompaniya doirasida amalga oshiriladi
va shu’ba korxonalariga tarqatiladi.
Xalqaro korporatsiyalar vujudga kelishi va rivojlanishiga misol
qilib, o‘z qo‘lida jahon kundalik elektr jihozlari va sanoat
uskunalari bozorining 25%ini ushlab turgan «Elektrolyuks»
TMKni ko‘rsatish mumkin. 1912-yilda ikki shved kompa-
niyalarining birlashishi natijasida vujudga kelgan «Elektrolyuks»
20-yillardayoq Avstraliya va Yangi Zelandiya bozoriga chiqib,
u yerda o‘z ishlab chiqarishini tashkil qildi. Oxirgi o‘n yillikda
«Elektrolyuks» AQSHda uchinchi o'rinda turuvchi, «Vestin-
gauz», «Gibson» va boshqa markalar ostida kundalik texnika
ishlab chiqaruvchi «Uayt Konsolideyted» kompaniyasini, Italiya
va butun janubiy Yevropada eng yirik elektr tovarlari ishlab
chiqaruvchi «Zanussi» firmasi va shuningdek, GFR asosiy elektr
tovarlari ishlab chiqaruvchi «AEG» firmasini sotib oldi.
Bu uch firmani qo‘shib olganidan keyin «Elektrolyuks» 75
mamlakatda kundalik elektrotexnikani ishlab chiqarish, sotish
va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rivojiangan tizimga ega bo‘lgan,
o‘z sohasida jahonda lider kompaniyaga aylandi (14-chizma).
0 ‘z ekspansiyasini kengaytira borib, transmilliy korpo
ratsiyalar jahon bozorini o'zlashtirishning turli shakllaridan
foydalanadilar.
305
Bu shakllar ko‘p jihatdan shartnom aga asoslanadi va
hissadorlik kapitalida boshqa firmalarning qatnashishiga bog‘liq
emas. TMK iqtisodiyotining bunday shakllariga ko‘pincha
quyidagilar kiritiladi: 1) litsenziya berish; 2) franchayzing;
3) boshqaruv shartnomalari; 4) texnik va marketing xizmatlari
ko'rsatish; 5) korxonalarni «kalit ostida» topshirish; 6) vaqt
bo‘yicha cheklangan qo‘shma korxonalar tuzish haqidagi
shartnomalar va alohida operatsiyalami amalga oshirish bo‘yicha
kelishuvlar.
Litsenzion kelishuv — yuridik shartnoma bo‘lib, unga ko‘ra
litsenziar litsenziantga bir qancha muddatga m a’lum to ‘lov
evaziga ma’lum huquqlar beradi. Litsenziya berish transmilliy
korporatsiyaning ichki firma shartnomalari bo‘yicha ham,
texnologiya berishning tashqi kanallari bo‘yicha ham amalga
oshiriladi.
Franchayzing — uzoq muddatga mo‘ljallangan litsenzion
kelishuvdir. Bunda franchayzer klient firmaga m a’lum huquqlar
beradi. Bu huquqlar o‘z ichiga ma’lum to ‘lov evaziga savdo
markasi yoki firma nomidan foydalanish, shuningdek, texnik
yordam ko'rsatish, ishchi kuchi malakasini oshirish, savdo va
boshqarish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni oladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish — shartnomaga ko‘ra transmilliy
korporatsiyalar ushbu firma faoliyatining qandaydir maxsus
tomoniga bog'liq bo‘lgan texnik xizmatlarni amalga oshiradilar.
K o'pincha bunday shartnom alar m ashina va uskunalarni
remont qilish, «nou-xau«dan foydalanish bo'yicha maslahatlar,
avariyalami tugatish va sifatni nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Korxonani «kalit ostida» topshirish haqidagi shartnomalar.
Bunda transmilliy korporatsiya ma’lum obyektni rejalashtirish
va qurish uchun zarur bo‘lgan barcha (yoki asosiy ko‘pchilik)
faoliyatni amalga oshirish javobgarligini oladi.
Boshqaruv shartnomalari — shartnomaga ko‘ra korxonanani
m a’lum to ‘lov evaziga boshqa korxonalarga beriladi.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan xalqaro bozorlami
egallashning eng yangi shakllaridan biri xorijda maxsus inves-
titsion kompaniyalar tashkil qilishdir. Bu kompaniyalarning
306
vazifasi TMKning shu’ba va hamkorlikdagi korxonalarining
mahsulotlarini mintaqaviy bozorlarga chiqarishni rag‘batlantirish
uchun ulami investitsiyalashdir.
Bunday usuldan alkogolsiz ichimliklarni sotish bo‘yicha eng
yirik xalqaro kom paniyalar «Pepsi-kola» va «Koka-kola»
foydalanishadi.
Transmilliy korporatsiyalar zamonaviy jahon xo'jaligining
muhim ishtirokchilariga aylandi.
Sanoati rivojiangan daviatlar uchun aynan TMK larining
xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalaming xarak-
terini belgilab beradi.
M DH hududida ham TMKlar mavjud bo‘lib ular asosan
neft, gaz sohasida faoliyat yuritadi (12-chizma).
Bu daviatlar eksportida milliy kompaniyalaming o‘zlarining
xorijdagi filiallariga tovar yetkazib berishlari va xizmat ko'rsatish-
larining ulushi kattadir.
Transmilliy korporatsiyalarning sohaviy strukturasi ham
turli-tum andir. Xalqaro korporatsiyalarning 60 %i ishlab
chiqarisTi sohasida, 37 %i xizmatda va 3 %i qazib chiqarish va
qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat yuritadi.
Transmilliy korporatsiyalar investitsiyalarining mintaqaviy-
sohaviy yo‘nalishi juda xarakterlidir. Odatda, ular «yangi indust
rial daviatlar» nisbatan rivojiangan va rivojlanayotgan daviatlar
qayta ishlovchi sanoatiga kapital qo‘yadi. Bunda kapital oluvchi
daviatlar orasida investitsiyalar uchun raqobatchilik kurashi ro‘y
beradi. Shu jumladan TMKlar 3 ta yirik guruhga ham ajratiladi
(13-chizma).
Transmilliy korporatsiyalar u yoki bu davlatning xalqaro
iqtisodiy aloqalar tizimidagi taqdirini aniqlovchi omilga aylan-
moqda. TMKning faol ishlab chiqarish, investitsion, savdo
faoliyati tufayli ular ishlab chiqarish va mahsulotlarni taqsim-
lashning xalqaro tartibga soluvchisiga aylanmoqda va hatto BMT
ekspertlarining fikricha jahonda iqtisodiy integratsiyasiga sharoit
yaratmoqda. Ularning quyidagi turlari mavjud (14-chizma).
Transmilliy korporatsiyalarning jahon xo'jaligi va xalqaro
iqtisodiy munosabatlar tizimidagi faoliyatining yaxshi tomon-
307
|