5. 60 dan 70 yoshgacha bolganlar — bu qatlam vakillari
pensiya yoshiga yetgan aholi hisoblanib, ularning aksariyati
pensiyada bo‘ladi.
Lekin, ularning orasida o ‘z ish faoliyatlarini davom etti-
rayotganlari ham bo‘lib (ayniqsa, erkaklar), ular ham butunlay
nafaqaga chiqish va m ehnat faoliyatini yakunlash arafasida
bo‘ladilar.
6. Keksalar (70 va undan katta yosh) — ularning aksariyati
mehnat faoliyatidan chetlashgan bo‘ladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga ko‘ra,
aholi mehnat layoqati bo‘yicha uch guruhga ajratiladi (3-jadval).
Jumladan:
— mehnatga qobiliyatli yoshgacha (0—15 yosh);
— mehnatga qobiliyatli yoshdagi (16-54 yoshli ayollar, 16—
59 yoshli erkaklar);
— mehnatga qobiliyatli yoshdan kattalar (55 yosh va undan
katta ayollar, 60 yosh va undan katta erkaklar).
3-jadval Aholining yosh bo'yicha tarkibi Dunyo bo‘yicha % 0 ‘zbekiston bo‘yicha % 15 yoshgacha 29 15 yoshgacha 34 15 yoshdan 65 yoshgacha 64 15 yoshdan 65 yoshgacha 61 65 yoshdan kattalar 7 65 yoshdan kattalar 5 Manba. Almanax. 0 ‘zbekiston - 2010: iqtisodiy tadqiqotlar
markazi m a’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Ilm-ma’rifat potensiali — ilm -m a’rifatga xizmat qiluvchi
moddiy va insoniy resurslar, fan erishgan darajadir. Ilm -m a’rifat
potensialini unga sarflangan mablag‘lar hamda ilmiy pedagogik
kadrlar soni hamda malakasi belgilaydi.
Ilm -m a’rifat rivojiga qanchalik ko‘p mablag‘ sarflansa, uni
samarali ishlatish ta ’minlansa, iqtisodiy o ‘sish shunchalik
tezlashib, milliy boylik ko‘payadi (4-jadval).
44