1. Bolalar (15 yoshgacha) — mamlakat jami aholisining eng
katta qismini tashkil etib, ulaming aksariyati mehnat jarayonida
ishtirok etmaydi. Ammo ushbu guruh salmog‘i mehnat salohiya-
tining kelgusi va istiqbol ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Chunki
bu qatlamning yuqori chegarasidagi o'smirlar tez orada mehnat
resurslari saflga qo‘shiladi.
2. 0 ‘smir yoshlar (16—24 yosh) — mazkur guruhning katta
qismi iqtisodiy nofaol aholi tarkibiga kirib, ular maktab, akademik
litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan yoshlar,
tug‘ruq ta’tilidagi ayollar hisoblanadi. Shuningdek, ular tarkibida
iqtisodiyotning qator soha va tarmoqlarida band bo'lganlari ham
mavjud bo‘lib, mehnat faoliyati aksariyat holiarda boshlang'ich
ko'rinishga ega bo‘ladi.
3. 0 ‘rta yoshlilar (25—30 yosh) - ular o ‘zi jismoniy holati
va imkoniyatlari jihatdan yuqori ko'rsatkichga ega bo‘lib, meh-
natga layoqatli jam i aholining asosiy qismini qamrab oladi. Bu
guruh vakillari aniq hayot yo‘llarini tanlab olgan, o‘z oilasiga
ega bo‘lgan va jamiyatda ma’lum yutuqqa erishgan hisoblanadi.
Lekin ulaming barchasi ham iqtisodiyotda band bo‘lmaydi,
chunki bu tarkibda yosh bolali onalar va ayollar ham ko'pchilikni
tashkil etadi.
4. 31—59 yoshdagi aholi — ushbu guruhdagi aholi yuksak
mehnat salohiyatiga ega bo‘lib, hayotiy va ish tajribasining
yuqori ko‘rsatkichiga erishadi. Shu vaqtgacha olgan amaliy ko‘-
nikma va malakalarini ishlab chiqarish jarayonlariga safarbar
etadilar hamda mehnat jamoasida alohida o‘rin egallaydilar.
Bu toifa insonlar yoshlarga o‘m ak va maslakdosh bo‘ladi. Ushbu
yosh chegarasidagi kishilaming iqtisodiy faollik darajasi boshqa-
larga nisbatan yuqori hisoblanadi. Shuningdek, mazkur qatlam
ning yuqori qismida pensiya yoshiga yetgan ayollar hamda
mehnat faoliyatini yakunlash taraddudida bo‘lgan erkaklar ham
mavjud.
1
Q.X. Abduraxm onov. M eh n at iqtisodiyoti. — Т.: «M ehnat». 2009-
yil, 163-bet.
43