Reja: 4.1. Innovatsion texnologiyalar va ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli. 4.2. Modernizatsiyalash — davr talabi. 4.3. Lokalizatsiya. 4.4. Diversifikatsiyaning iqtisodiyotdagi o'rni. 4.1. Innovatsion texnologiyalar va ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli Hozirgi vaqtda innovatsiya tushunchasi keng qo‘llanilmoqda.
Innovatsiya inglizcha so‘z bo‘lib,
yangilik kiritish degan m a’noni
bildiradi, ya’ni tizim ichki tuzilishini o‘zgartirish deb ta’riflanadi.
Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib,
ijtimoiy-madaniy obyekt, sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan
ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir.
Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir
tizimda shakllangan yangicha yondashuvdir. Ular tashabbuslar
va yangiliklar asosida rivojlanib istiqbolli bo‘ladi.
Fan va texnikaning muttasil ravishda hamda o ‘zaro bog‘liq
holda rivojlanishi tufayli modemizatsiya jarayoni vujudga keladi.
Ijtimoiy talab va ehtiyojlarning o‘sishi ta ’sirida fan va texnika
jadallashadi. Bu, o‘z navbatida, tabiiy kuchlar va resurslarni
insonga xizmat qildirish, ishlab chiqarishda zarur m a’lumotlarni
aniq maqsadni ko'zlab qo‘llash imkonini beradi.
Fan-texnikani jadallashtirish tufayli: • mehnat unumdorligini oshirishga erishiladi;
• asbob-uskunalardan, moddiy resurslardan, xomashyo-
lardan oqilona foydalanish zarurati yangi texnologiyaning vujud
ga kelishini ta’minlaydi;
• ishlab chiqarishni samarali tashkil qilish imkoniyatlarini
yaratadi;
• texnika taraqqiyoti mutaxassislarning kasbiy mahoratini
o‘zgartiradi, shuningdek, yangi kasblar vujudga kelishini ta’minlaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti o'zaro bir-birini taqozo etadigan